rida kengayib, kattalashib boradi. Ayni vaqtda o'pkani o ‘ragan (visseral)
plevra bilan ko'krak qafasining ichki yuzasini qoplagan (pariyetal) plevra
varaqlari oralig'idagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan 5—9
mm simob
ustuni hisobida kam bo'lgan manfiy bosim vujudga keladi. Shuning uchun
ham nafas olganda o'pkaning kengayib, nafas chiqarganda torayishi —
o'pka sirkulatsiyasi ro'y beradi.
Nafas olish va chiqarish uzunchoq miyaning IV qorincha tubida jo y
lashgan nafas markazida bir me’yorda paydo bo'ladigan qo'zg'alish bilan
bog'liq. Qo'zg'alish markazda orqa miya orqali diafragma va qovurg'a
oraliq nervlar vositasida nafas muskullarini qo'zg'atib qisqartiradi. Nati
jada diafragma qisqarib pastga tushadi, tashqi qovurg'aning oraliq mus
kullari qisqarib, qovurg'alarni yuqoriga ko'taradi, to'sh suyagini esa oldinga
surib, ko'krak bo'shlig'ini kengaytiradi va nafas olishga — havoning
nafas yo'llari orqali o'pkaga erkin yo'nalishiga sharoit tug'iladi. Nafas
chiqarganda esa ichki qovurg'a oraliq muskullari qisqaradi,
diafragma
esa qorin bo'shlig'idagi a’zolaming bosimi ostida yuqoriga ko'tarilib,
ko'rak qafasi torayib, ilgarigi holatga qaytishini ta’minlaydi. Natijada
o'pka hajmi ham kamayib, uning ichidagi bosim birmuncha ortadi va
havo bronxlar orqali alveolalarga boradi. Alveola devorlari yupqa va nam
bo'lgani uchun kislorodning qonga, karbonat angidridning, aksincha,
venadan alveolalarga o'tishiga imkon beradi. Bunday diffuziyaning yo'na-
lishi va tezligi gazning parsial bosimi (gaz aralashmasi
umumiy bosimining
ana shu gazga to'g'ri keladigan qismi) yoki tig'izlikka (gazning suyuqlikda
erigan holati) bog'liq. Parsial bosimni aniqlash uchun quyidagilarga ahami-
yat berish kerak. Masalan: atmosfera bosimi simob ustuni bo'yicha 760
mm bo'lib, tarkibida 20,96% kislorod, 0,3% karbonat angidrid va 79,01%
azot bo'ladi. Endi har bir gazning parsial bosimini o'lchash mumkin.
Masalan: 760 mm havo bosimini uning tarkibidagi 20,96% kislorodga
ko'paytirib, 100 ga taqsimlansa:
X=760-20,96 : 100=150 mm
ga(simob ustuni hisobida) teng bo'ladi. Bu kislorodning parsial bosimi
bo'ladi. Qolgan gazlaming parsial bosimi ham shu yo'l bilan aniqlanganda
C 0 2ning parsial bosimi 0,2 mm ga, azotning parsial bosimi 600,8 mm ga
teng bo'ladi. Alveolalarda kislorodning parsial bosimi 102 mm ga(simob
ustuni hisobida), karbonat angidrid 40 mm ga, azot 571 mm va suv
bug'lari 47 mm ga barobardir. O'pkaga keladigan
venoz qon tarkibida
kislorod tig'izligi 40 mm ga, C 0 2 tig'izligi 47 mm ga teng. Binobarin,
alveolalardagi kislorodning parsial bosimi vena qonidagiga nisbatan ko'proq
bo'lgani uchun kislorod alveolalardan kapillarlarga so'rilib o'taveradi.
Karbonat angidrid gazining tig'izligi esa vena qonida ko'proq bo'lgani-
dan alveolalarga diffuziyalanib o'tadi. Tirik odam hujayralarida kislorod
ning sarflanishi doimiy bo'lgani tufayli kislorodning alveoladagi parsial
bosimi bilan vena qonidagi kislorodning tig'izligi hech qachon teng
bo'lmaydi. Odam o'lgandan so'ng alveoladagi parsial bosim bilan vena
qonidagi tig'izlik farqi yo'qolib tenglashadi. Ba’zi kasalliklarda o'pka
ventilyatsiyasi buzilib, alveolalarda va qon tarkibida karbonat angidrid
ortadi. Natijada nafas olish ritmi buzilib, odam hansiraydi. Bu vaqtda
bemorga albatta sof kislorod berish lozim bo'ladi (120-rasm).
Odam tinch nafas olganda har bir 500 ml havodan 325 ml alveolaga
boradi. Qolgan 175 ml keyingi nafas olganda qo'shilib 500 ml bo'ladi.
Nafas chiqarganda esa oldin havo yo'lidagi 175
ml qoldiq havo, keyin
alveoladagi havo chiqadi. Shunday qilib, havo yo'lida doimo 175 ml
iligan havo bo'ladi. Shuning uchun chuqur nafas olganda oldin iligan,
keyin esa sovuq havo yo'nalishi se-
ziladi, tinch nafas olganda esa bilin-
maydi.
Qonda C 0 2 ko'payganda kislorod
parchalanib, to'qimalarga so'riladi,
karbonat angidrid esa, aksincha, to'qi
malardan kapillarlarga so'rilib, vena
qoni bo'lib yurakka, undan o'pkaga
borib nafas bilan havoga chiqib
ketadi. Qondagi C 0 2 ning 10% igina
gemoglobin bilan birikadi. Qolgan
qismi suv bilan (C 0 2+H20= H 2C 0 3)
birikib, karbonat kislotaga aylanadi.
Suv bilan birikmagan C 0 2 natriy va
kaliy
ionlari bilan birikib, natriy va
kaliy bikarbonatlar bo'lib o'pkaga
boradi. O 'p k a kapillarlaiida esa
parchalanib, yana C 0 2 ga aylanib,
alveolalarga o 'tadi, kislorod esa,
aksincha, alveolalardan qonga o'tib,
gemoglobin oksigemoglobinga ayla
nadi. Normada qonda o'rtacha 15 g
gemoglobin bo'lib, har bir gramm gemoglobin 1,34 ml kislorodni birikti-
rish qobiliyatiga ega. Gemoglobin kisloroddan tashqari gazlar (jumladan
is gazi) bilan ham birika oladi. Havoda is gazi kislorodga nisbatan kamroq
bo'lsa ham gemoglobin tezroq birikadi. Ayni vaqtda hujayralarga kislo
rod tashilish jarayoni to'xtaydi. Shuning uchun o'z vaqtida chora ko'ril-
masa (toza havoga olib chiqilmasa, boshqa kerakli yordam ko'rsatilma-
sa), organizmda kislorod yetishmasligidan odam bo'g'ilib halok bo'ladi.
Odam suv ostiga tushgan sari bosim orta borishi bilan qon va to'qi
malarda gazlarning erishi kuchayadi. Shular ichida azotning erishi xavfli.
Lekin erigan gazlar uning sog'lig'iga unchalik ta’sir qilmaydi. Odam suv
Download
Do'stlaringiz bilan baham: