O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


bet147/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

P L E V R A
Plevra
— o'pkani qoplagan seroz parda. U ikki varaqli bo'lib, o'pka 
ustidan o'rab turgan varag'iga ichki (visseral) varaq va ko'krak bo'shlig'i 
devorining ichki tomoniga yopishgan varag'iga pariyetal varaq deyiladi. 
Visseral varaq o'pka to'qimasiga yopishib, uning bo'laklar oralig'idagi 
yoriqlar ichiga ham kiradi. Visseral varaq o'pka darvozasiga kelganda 
qo'sh qavatli boylamni hosil qilib, pariyetal varaqqa aylanadi.
Pariyetal varaq joylashgan o'rniga qarab, qovurg'a, diafragma va ko'ks 
oralig'i qismlariga ajraladi. O'pkalar uchini qoplab turgan qismi plevra 
gumbazi bo'lib, u birinchi qovurg'adan 3— 4 sm yuqorida joylashgan. 
Pariyetal va visseral varaqlar orasidagi plevra bo'shlig'ida ma’lum miq- 
dorda suyuqlik bo'ladi. Bu suyuqlik plevralaming bir-biriga qaragan 
yuzalarini ho'llab, nafas olish va chiqarishda ularning ishqalanishini 
kamaytiradi. Plevra bo'shlig'ida manfiy bosim bo'lganligi uchun ko'krak 
qafasining germetik butunligi buzilgan vaqtda plevra bo'shlig'iga havo 
kirib, uni ezadi, nafas olish qiyinlashadi. O 'ng va chap o'pkalar orasida 
ko'ks bo'shlig'i joylashgan. Ko'ks bo'shlig'ini orqa tomondan umurtqa 
pog'onasining ko'krak qismi, oldingi tomondan to'sh suyagi, ikki yon 
tomondan ko'ks oralig'i, plevra, pastdan diafragma, tepadan ko'krak 
qafasining yuqori teshigi chegaralab turadi. Ko'ks oralig'i kekirdak va 
bronxlar vositasida oldingi va orqa qismlarga bo'linadi. Oldingi ko'ks 
oralig'ida yurak va uning xaltasi, ayrisimon bez, aorta ravog'i, o'pka 
arteriyasi stvoli va diafragma nervi joylashgan. Orqa ko'ks oralig'ida 
qizilo'ngach, ko'krak aortasi, limfa yo'li, venalar va nervlar bo'ladi.
O'pka va plevra chegaralari.
O'ng va chap o'pkaning uchlari birinchi 
qovurg'adan 3—4 sm yuqorida bo'ladi, so'ngra o'm rov-to'sh bo'g'im i


orqali past tomonga yo‘nalib, to'sh suyagining dastasi bilan tanasi qo'shi- 
ladigan joyda o'pkalarning oldingi chegaralari boshlanadi. O'ng o'pka­
ning oldingi chegarasi shu joydan to'sh suyagining tanasiga parallel holda 
pastga yo'nalib, VI qovurg'aning tog'ay qismiga borganda pastki chega- 
raga o'tib ketadi. Chap tomonda yurak joylashgan.Shuning uchun chap 
o'pkaning oldingi chegarasi IV qovurg'aga borganda chapga qarab chekinadi 
va VI qovurg'aning tog'ay qismiga borganda pastki chegaraga o'tib ketadi. 
O'pkalarning pastki chegarasi o'mrov suyagining o'rtasidan o'tkazilgan 
vertikal 
chiziqda VI qovurg'aga, qo'ltiq chizig'i bo'ylab IX— X 
qovurg'alarga va umurtqa pog'onasi sohasida XI qovurg'aga to'g'ri keladi.
Plevralaming oldingi va orqa chegarasi deyarli o'pka chegarasida bo'ladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish