O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


ERKAKLARNING TANOSIL A’ZOLARI


bet157/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

ERKAKLARNING TANOSIL A’ZOLARI
Erkaklar ichki tanosil a’zolariga moyaklar va ular ortig'i, urug' chiqarish 
yo'llari, urug' pufakchalari, prostata bezi, Kuper bezlari kiradi. Tashqi 
tanosil a’zolari erlik olati va yorg'oqdan iborat.
Moyaklar
(125, 126-rasmlar) bir juft bo'lib, yorg'oq ichida joylash­
gan. Moyaklar tanosil a’zolari ichida erkaklik urug'i — spermatozoid va 
erkaklik gormoni ishlab chiqarishi bilan alohida o'rin tutadi.
Moyaklar ichki tomonidan bir oz siqilgan, ellipssimon shaklli bo'lib, 
orqa qirg'og'iga uning ortig'i yopishib turadi. Moyak ustini yaxshi pishgan 
tuxumga o'xshash yaltiroq oqsil parda o'rab turadi. Pardaning ichki to­
monidan moyak ichki moddasiga o'sib kirgan to'siqlar ularni alohida 
bo'laklarga ajratadi. Bo'lakchalar old tomoni keng yoyilgan yelpig'ichga 
o'xshab tarqalgan, orqa tomoni esa yig'ilib, moyak devorlari oralig'i 
sohasiga ochiladi. Har bir bo'lakcha ichida urug' ishlab chiqaradigan 3— 
4 tadan kanalchalar bo'lib, ular bir-biri bilan qo'shilib, to 'g 'ri urug' 
kanalchalarini hosil qiladi.


125-rasm. Yo'rg'oq ichida moyakning 
ko'rinishi.
/-urug' tizimchasi; 2, 
3 -
moyak 
ortig'i; 
4
- ortiq dumi; 5 - moyak bilan 
ortiq o'rtasidagi bo'shliq; 
6
- moyakning 
g'ilof pardasi; 7 - tashqi urug' fassiyasi; 
8 -
ichki urug' fassiyasi; 9-moyakni 
ko'taruvchi muskul.
1
- urug' chiqarish yo'li; 2 - urug' yo'li; 
3
- ortiq; 
4
- tuxum oralig'i; 5 - to'g'ri 
kanalchalar
6
-urug' turi; 7 -urug' 
bo'lakchalari; 
8 -
urug' ishlab chiqaruv- 
chi kanalchalar; 9 - oqsil parda.
T o‘g ‘ri kanalchalar esa moyak de­
vori oralig'i sohasida o'zaro qo'shilib, 
urug' to'rini hosil qiladi. Kanalchalar 
to'ridan 12— 16 ta urug' chiqarish 
naychalari ajraladi va moyak ichidan 
chiqib, urug' chiqarish yo'li nomi bilan 
yuqoriga ko'tarilad i. Bu y o 'l qon 
tomirlar va nervlar bilan birgalikda biriktiruvchi to'qima pardasi bilan 
o'ralib, urug' tizimchasi sifatida chov kanali orqali qorin bo'shlig'iga 
o'tadi. Bu yerda urug' chiqarish yo'li qon tomirlardan ajralib, chanoq 
bo'shlig'ining yon devori tomon yo'naladi va qovuq tagida kengayib, 
urug' pufakchasi nayi bilan qo'shiladi va urug' otuvchi yo'lni hosil qila­
di. Urug' otuvchi yo'l prostata bezi orasidan o'tib, siydik chiqarish kana­
lining shu qismiga ochiladi. Urug' chiqarish yo'lining uzunligi 40— 45 
sm, devori — ichki shilliq qavati, o'rtasidagi muskul qavati va tashqi 
biriktiruvchi to'qima qavatidan tuzilgan.
Urug‘ tizimchasi
urug' chiqarish yo'li va moyakni oziqlantiruvchi 
arteriyalar va ulardan ketuvchi vena tomirlari, limfa tomirlari hamda 
nervlari birga ichki urug' fassiyasi o'rashidan vujudga keladi. Urug' 
tizimchasi moyakdan chov kanali orqali qorin bo'shlig'iga, undan urug' 
chiqarish yo'li qon tomirlari va nervlardan ajralgan holda urug' otuvchi 
kanalchalarga o'tadi.
Urug' pufakchalari
— bir juft, usti notekis, uzunligi 5 sm kengligi 3 
sm keladigan xaltacha bo'lib, ishlab chiqargan suyuqligi siydik yo'lini
12
-
177


tozalab, nordon sharoitdan neytral holatga o ‘tkazib beradi. Aks holda 
moyakdan kelayotgan urug' siydik yo‘lidan o ‘ta turib, nordon sharoitda 
otalantirish xususiyatini yo‘qotadi.
Urug‘ pufakchalarining devori ichki tomondan katak-katak joylashgan 
shilliq qavati, o'rta muskul qavati va ustki biriktiruvchi to'qima qavati­
dan tuzilgan.
Kuper bezlari.
Siydik chiqarish kanali so'g'oni bezlari yoki Kuper 
bezlari yumaloq, kattaligi no'xatdek bir juft bezlar bo'lib, siydik chiqarish 
yo'lining parda qismida, olat so'g'onining ustida joylashgan. Bezlarning 
ingichka naychalari olat so'g'onining moddasi ichidan o'tib, siydik chi­
qarish yo'liga ochiladi.
Bezlarning suyuqligi siydik chiqarish yo'lining devorini siydik ta’siridan 
saqlaydi.
Prostata bezi.
Qovuqning tagida siydik chiqarish nayini o'rab joylash­
gan. Tarkibida bez epiteliysidan tashqari siydik muskul tolalari va biriktiruvchi 
to'qimalar ham uchraydi. Prostata bezi qizg'ish rangda bo'lib, katta odamlarda 
uzunligi 3 sm, kengligi 4 sm, og'irligi taxminan 20 g. U 30—50 ta bezchalar 
yig'indisidan iborat. Ularning sekret chiqarish naychalari siydik chiqarish 
yo'lining prostata bezi ichidan o'tgan bo'lagiga ochiladi.
Prostata bezi suyuqligi spermatozoidlarni suyultirib, harakatini 
faollashtiradi. Bez muskullari siydik yo'lining prostata bezi qismini saqlab 
turish vazifasini bajaradi.
Sperma
— urug'; moyak bo'lakchalarida joylashgan buralma kanal- 
chalarda odam balog'atga yetgandan keyin ishlanadi. Yetilgan urug' be- 
vosita urug' to'riga, undan urug' chiqarish kanalchalariga o'tadi. Bu 
kanalchalardan urug' tizimchasi orqali urug' otuvchi yo'lga o'tib, so'ngra 
siydik chiqarish kanalining prostata bezi bo'lagiga ochiladi. Balog'atga 
yetgan odamda uning jinsiy jihatdan faol bo'lgan davrida hujayralari — 
spermatozoidlar moyakda doimiy yetilib turadi. Spermatozoidda boshcha, 
tana va dum bo'lib, bir minutda 3,5 mm gacha harakatlanish xususiyatiga 
ega. Erkak urug'ining ko'p miqdorda yetilib, ayol jinsiy yo'lida 2— 3 
kungacha otalantirish xususiyati bor. Spermatozoidlar, odatda, urug' chiqa­
rish yo'llari, urug' pufakchalari, prostata va Kuper bezlaridan ajralgan sekret- 
lar bilan aralashgan suyuq holatda bo'ladi. O'rtacha 1 sm3 da 60 000 gacha 
spermatozoid mavjud. Lekin har bir urug' ajralish jarayonida erkaklaming 
200 000 000 gacha urug'i chiqsa-da otalantirish uchun faqat bittasi yetarlidir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish