O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


bet276/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

PARASIMPATIK QISM
Parasimpatik nervlar bosh miyaning o'rta va uzunchoq miya bo'lagi- 
dan va orqa miyaning dumg'aza qismidan chiqadi. Parasimpatik tugun 
oldi (preganglionar) nervlar ko'zni harakatlantiruvchi nervlar (III juft), 
yuz nervi (VII juft), til-yutqin nervlari (IX juft) tarkibida tarqaladi. 
Jumladan, ko'zni harakatlantiruvchi nerv tolalari tarkibidagi parasimpatik 
preganglionar tolalar ko'z soqqasining orqasida joylashgan kiprik tuguni- 
ga borib tugaydi. Tugundan chiqqan postganglionar tolalar kiprik mus­
kullari va ko'z qorachig'ini toraytiruvchi muskullarga borib, ko'z qora- 
chig'ini toraytiradi va kiprik muskullari orqali ko'zni moslashtiradi 
(akkomodatsiya). Yuz nervi tarkibida boruvchi preganglionar parasimpa­
tik tolalar a’zolarga yaqin joylashgan tugunlarga boradi. Ulardan chiqqan


postganglionar tolalar esa ko'z yoshi beziga, pastki jag' osti, til osti 
bezlariga borib tarqaladi.
Til-yutqin nervi tarkibidagi preganglionar parasimpatik tolalar quloq 
oldi tugunida tugaydi, u yerdan boshlangan postganglionar tolalar quloq 
oldi beziga tarqaladi.
Parasimpatik nervlar bezlarning sekret chiqarishini tezlashtiradi.
Adashgan nerv tarkibidagi preganglionar parasimpatik tolalar juda 
ko‘p a’zolarga (o‘pka, yurak, qizilo'ngach, me’da, ingichka ichaklar, 
yo‘g ‘on ichakning ko'p qismi, jigar, buyraklar, me’da osti beziga) bora 
turib, ulaming yaqinidagi tugunlarda tugaydi. Postganglionar tolalar mazkur 
tugunlardan boshlanib, shu a’zolarga boradi.
Orqa miyadan chiquvchi preganglionar parasimpatik tolalar II, III va
IV dumg'aza segmentlaridan boshlanib, ulaming oldingi nerv ildizlari orqali 
chanoq bo'shlig'iga chiqib, nerv chigalini hosil qiladi.
Postganglionar tolalar ana shu nerv chigalidan boshlanib, sigmasimon 
va to'g'ri ichaklar, qovuq va jinsiy a’zolar devori ichidagi tugunlarga 
borib tarqaladi.
Vegetativ nerv sistemasi organizmning trofik funksiyasiga va tomirlami 
harakatlantirishga ta’sir etadi. Jumladan, yurak va boshqa a’zolardagi 
moddalar almashinuvini idora etadi. Ammo simpatik va parasimpatik 
nervlar vazifasi jihatidan ichki a’zolaming ishlariga qarama-qarshi ta’sir 
ko'rsatadi. Jumladan, simpatik tolalar ko'z qorachig'ini kengaytiradi, so'lak 
bezlari faoliyatini pasaytiradi. Yurak qisqarishini (urishini) tezlashtirib, 
qisqarish kuchini oshiradi, me’da va ichaklar harakatini (peristaltikasini) 
kamaytiradi va me’daning shira chiqarish qobiliyatini pasaytiradi, o'pka- 
bronxlarni esa kengaytiradi.
Parasimpatik nervlar, aksincha, ko'z qorachig'ini toraytiradi, so'lak 
bezlari ishini kuchaytiradi, yurakning qisqarish kuchini pasaytiradi, qisqarish 
sonini kamaytiradi. Me’da shirasining ajralishini tezlatadi, me’da va ichak - 
larning qisqarish (peristaltika) faoliyatini oshiradi va o'pka bronxlarini 
toraytiradi.
Olimlarning ma’lumotlariga qaraganda, ko'pgina qon tomirlar, teri 
muskullari va ter bezlari, skelet muskullari va buyrak usti bezlari faqat 
simpatik tolalar bilan ta’minlangan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish