O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


-rasm. Yurakka boruvchi vegetativ


bet275/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

200-rasm. Yurakka boruvchi vegetativ
nervlar sxemasi.


tilgan miya sohalaridan chiqqandan so‘ng yo‘l-yo‘lakay vegetativ nerv 
tugunlarida to'xtab, so‘ngra ishchi a’zolarga boradi.
4. 
Vegetativ nervlar miyelinli pardalar bilan o'ralgan. Shuning uchun 
ular ingichka bo'ladi. Periferik nervlar miyelinli bo'lib, ancha yo'g'on, 
katta diametrlidir.
Shunday qilib, vegetativ nerv sistemasiga yagona nerv sistemasining 
moddalar almashinuvi funksiyasi va ichki a’zolaming trofik vazifalarini 
idora qiladigan qismlari kiradi.
Vegetativ nerv sistemasi ularning joylanish o'rni va vazifasiga qarab 
ikkita (simpatik va parasimpatik) qismga ajratilgan. Simpatik qism 
funksiyasi jihatidan parasimpatik qismga qarama-qarshi turadi. Jumladan, 
simpatik nervlar biror ishni tezlashtirsa, parasimpatik nervlar sekinlashti- 
radi yoki aksincha bo'ladi.
Endi simpatik va parasimpatik nervlarga alohida to'xtalamiz.
SIMPATIK QISM
Vegetativ nerv sistemasining simpatik qismi markazi orqa miyaning 
birinchi ko'krak segmenti bilan uchinchi bel segmenti orasidagi kulrang 
moddaning yonbosh shoxlarida joyJashgan. Yonbosh shoxlarida joylashgan 
hujayralardan boshlangan nerv tolalari orqa miyaning oldingi nerv ildizi 
bilan umurtqa teshiklaridan o'tadi. Bu yerda simpatik nerv tolalari oldingi 
nerv ildizidan (oldingi nerv ildizining orqa nerv ildizi bilan qo'shilishi 
oldida) ajralib, umurtqa pog'onasi yonboshida joylashgan simpatik tugunlar 
zanjiriga oq qo'shuvchi tolalar nomi bilan qo'shiladi.
Kulrang qo'shuvchi tola umurtqa pog'onasi yonida joylashgan simpa­
tik tugunlardan boshlanib, o'z yaqinidagi orqa miya nerviga qo'shilib, 
ishchi a’zolar (tomir, bez va muskullar)ga tarqaladi.
Simpatik poya umurtqa pog'onasining ikki yonboshida (umurtqa 
tanalari yonida) joylashgan alohida nerv tugunlarining o'zaro tolalari bilan 
qo'shilib joylashgan tugunlar zanjiridan iborat. Simpatik poya joylashgan 
o'rniga qarab bo'yin, ko'krak, bel va chanoq qismlariga bo'linadi.
Bo'yin qismi umurtqa pog'onasining ikki yonboshida joylashgan uchta 
(ustki, o'rta va pastki) tugunlardan iborat bo'lib, ular tugunlararo tolalar 
bilan qo'shilgan. Bo'yin tugunlaridan shu yerda joylashgan qon tomirlar 
devori bo'ylab tarqaluvchi, bo'yinda joylashgan a’zolar va bezlarga, yurakka 
boruvchi nerv tolalari chiqadi. Bu tolalar qon tomiri devorida a ’zolarga 
borib, nerv chigalini hosil qilib tarqaladi.
Umurtqa pog'onasi ko'krak qismining ikki yonboshida 11— 12-juft 
tugunlar turadi. Bundan tashqari, har bir tugun oq qo'shuvchi tolalar 
orqali miya kulrang moddasi bilan qo'shilsa, kulrang qo'shuvchi tola 
orqali esa har bir tugun nervlar bilan qo'shilib, ishchi a’zolarga boradi. 
Shu bilan birga tugunchalardan chiqqan nerv tolalari yig'ilib, ichki a’zo-


larga boruvchi katta va kichik qorin nervlarini hosil 
qiladi. Bu nervlar 
ko'krak qafasidan diafragma orqali qorin bo'shlig'iga o'tib, quyosh chigalini 
hosil qilishda qatnashadi. Bu nervlardan juda ko'p mayda tolalar chiqadi. 
Ular aorta, traxeya, bronx va o'pkalarga borib, nerv chigallarini tashkil 
qiladi. Bu chigallarga joylashgan o'rniga qarab nom beriladi (aorta, o'pka 
chigali va h.k.).
Yuqorida aytganimizdek, quyosh chigali ichki a’zolarga boruvchi katta 
va kichik qorin nervlari (tugun oldi — preganglionar tolalar)dan tashqari, 
o'ng va chap adashgan nervlar, uch shoxli arteriya poyasi atrofida 
joylashgan ikkita yarim oy shaklli tugunlardan tashkil topgan. Tugunlardan 
chiqqan (postganglionar) tolalar qorin aortasidan chiquvchi arteriya devori 
atrofida chigallar hosil qilib (chigallar ana shu arteriyalar nomi bilan 
ataladi), so'ngra a’zolarga tarqaladi. Har bir a’zoga borib, ularning devori 
ichida joylashgan chigalni hosil qilib, keyin tarqaladi. Ular me’da, jigar 
ichidagi (a’zolar devorining tarkibidagi) intramural nerv chigallari deb 
ataladi va h.k. Postganglionar tolalar qon tomirlarni siqib, toraytirish, 
me’da-ichaklar harakatini esa sekinlashtirish vazifasini o'taydi. Shuning 
uchun ham bu chigal «qorin miyasi» deb ataladi.
Bel qismida 
4
— 5 ta tugun bo'lib, ular umurtqa pog'onasining ikki 
yonboshida joylashib, nerv tolalari bilan o'zaro qo'shilishdan tashqari, 
ko'ndalang tolalar orqali qarama-qarshi tomondagi bel tugunlari bilan 
ham birlashadi.
Chanoq qismida bir-biriga yaqin joylashgan 
4
— 5 juft tugundan faqat 
bir jufti dum qismiga to'g'ri keladi, qolgan 4 jufti dumg'aza sohasida. 
Tugunlar o'zaro va qarama-qarshi joylashgan tugunlar bilan qo'shilgan.
Bel tugunlaridan chiqqan postganglionar tolalar qorin bo'shlig'ida 
joylashgan qon tomir, ichki a’zolarni innervatsiya qilishda qalnashsa, 
dumg'aza qismidan chiqqan nervlar chanoq bo'shlig'idagi qon tomir va 
a’zolarga alohida chigallar hosil qilib tarqaladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish