O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


TOM IRLARDA QON OQISHI VA BOSIMI


bet233/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

TOM IRLARDA QON OQISHI VA BOSIMI
Qon aylanish sistemasida yurak markaziy a ’zo bo'lib, qonni vena qon 
tomirlari orqali qabul qilib, arteriya qon tomirlariga muntazam o'tkazib 
beradi. Qonning normal oqishi uchun qon tomirlarda qon miqdori doimo 
bir xil bo'lishi, qon bosimi va oqish tezligi esa arteriya, vena tomirlarida, 
kapillarlarda har xil bo'lishi shart.
Jumladan qon bosimi arteriyalarda 80— 120 mm (simob ustuni bo 'y i­
cha), venalarda 50— 100 mm va kapillarlarda 20 mm bo'ladi. Qonning 
oqish 
tezligi esa aortada hamma qon tomirlardan tez, ya’ni 0,5 m/s 
bo'lsa, kapillarlarda juda sekin — 0,5 mm/s ni tashkil etadi. Venalarda 
qonning oqishi yana tezlashib, 0,5 m/s ga teng bo'ladi. Qon oqish tezligining 
turli qon tomirlarda turlicha bo'lishi, ularning hajmiga bog'liq. Masalan, 
aortaning uzunligiga nisbatan 
kapillarlarning yig'indi yo'li 600— 800 
marta katta. Shu bilan birga aortaning diametri o'rtacha 3 sm bo'lib, 
kapillarlarning ko'ndalang kesimi esa aortaga nisbatan 100 000 marta 
kichkina, shuning uchun qon kapillarlarda juda sekin oqadi. Jumladan, 1 
sm’ qon bir dona 
kapillarda bir yil mobaynida oqadi. Kapillarlarda 
qonning sekin oqishi moddalar va gaz almashinuvi jarayonlarining osongina 
bajarilishi uchun qulaylik tug'diradi. O 'rta va kichik diametrli arteriyalar 
hamisha ikkita yo'ldosh venalar bilan birga joylashgan arteriya diametri- 
ga qaraganda ikki baravar keng bo'lgani uchun ularda qon oqish tezligi 
ham ikki baravar sekinroq va bosimi pastroq (50— 100 mm) bo'ladi.
Arteriya bilan vena qon tomirlari o'rtasidagi bosimning farqi yurak 
orqali bajariladi. Yurakning har bir siqilishi (sistolasi) da otilib chiqqan 
(60— 80 mg) qonning bir qismigina arteriola va kapillarlardan o'tadi.


Chunki ulaming diametrlari haddan tashqari kichkina (3— 35 mkm) bo'lgani 
uchun sistola vaqtida chiqqan qonning ham m asi ham arteriola va 
kapillarlardan o'tib ulgurmaydi. Binobarin, bosimning yuqori yoki past 
bo'lishi yurakning sistola kuchi bilan arteriya, arteriola va kapillarlarning 
qarshilik kuchiga bog'liq. Yurak nechog'lik kuch bilan qisqarsa-yu, arte­
riola va kapillarlar torayib, qonning hammasi o'tib ulgurmasa, unda qon 
bosimi ko'tariladi. Odam tinch holatda bo'lganda qonning bir qismi jigar, 
taloq va terida (qon depolarida) saqlanadi. Jismoniy mehnat qilgan vaqt­
da depodan qon chiqib, qon aylanish doirasida qon miqdori ko'payadi. 
Qon bosimi ko'tarilib, muskullaming qon bilan ta’minlanishi kuchayadi. 
Odam darmonsizlanganda (ich ketganda yoki qattiq terlaganda) qonning 
yopishqoqligi ko'payadi, harakati esa pasayadi. Bu vaqtda yurakning ishi 
kuchayib, qon bosimi ko'tariladi. Sistola vaqtida yurakdan qon arteriyaga 
chiqib, ulaming devorlarini cho'zib, kengayishiga olib keladi. Diastola 
vaqtida esa kengaygan katta arteriya tomirlari torayib, qonga qarshilik 
ko'rsatadi, shu boisdan diastola vaqtida qon oqishi to'xtam aydi. Ammo 
qon bosimi arteriyada sistola va diastola vaqtida o'zgarib turadi. Shuning 
uchun sistola vaqtidagi yuqori bosimga maksimal yoki sistolik bosim, 
diastola vaqtidagi pasaygan bosim minimal yoki diastolik bosim deyiladi. 
O 'rta yoshli odamlarda maksimal bosim 110— 120 mm yoki 130 mm 
bo'lsa, minimal bosim 70— 80 mm, ba’zida 85—90 mm bo'ladi. Maksi­
mal bosim bilan minimal bosim oralig'idagi farq ko'pincha 30— 40 mm 
ga teng. Turli sabablarga ko'ra (buyrak kasalligi, qon tomirlarning sklerotik 
o'zgarishi, keksalik va b.q.) qonning maksimal bosimi 130 mm va undan 
oshsa, unga gipertoniya (qon bosimining oshishi), 100 mm dan kamaysa, 
gipotoniya deyiladi. Arteriya qon tomirlari yurakdan uzoqlashgan va ular 
diam etri toraygan sari qon bosimi ham o 'zg arib boradi. Jum ladan, 
arteriyalarda bosim 110— 120 mm 
ga teng bo'lsa, arteriolalarda 60—
70 mm ga, kapillarlarda 30 mm 
ga, venalarda esa 15 mm ga teng.
Q o 'l-o y o q v e n a la rid a
bo sim
(simob ustuni bo'yicha) 5— 8 mm 
bo'lsa, yurak yaqinidagi venalar­
da undan ham past. Arteriya bosi­
mi k o 'p in c h a m axsus o 'lc h o v
( R iv a - R o c h c h i 
a s b o b i)

sfigmomanometr yordamida aniq­
lanadi. Buning uchun qon bosimini 
o 'lch ash asbobining (172-rasm ) 
serbar rezina manjeti bilan bilak 
b o 'g 'im in in g yuqorisidan o 'rab , 
so'ngra rezina balloncha orqali (uni

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish