O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


bet178/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

Nazorat uchun savollar
1. Ichki sekretsiya bezlariga qaysi bezlar kiradi?
2. Ichki sekretsiya bezlarining tashqi sekretsiya bezlaridan farqi nima?
3. Q alqonsim on bezning tuzilishi va vazifasi.
4. Q alqonsim on bez orqa tanachalarining tuzilishi va joylash gan o'rni.
5. A yrisim on bezning tuzilishi va vazifasi.
6. M iyaning pastki ortiq bezi tuzilishi va funksiyasi.
7. Ortiqsimon tananing tuzilishi va funksiyasi.
8. Buyrak usti bezi, p o'stloq m iya qism larining tuzilishi va funksiyasi.
9. A yollar jin siy a'zolarin ing gorm oni va funksiyasi.
10. Erkaklar jin siy a'zolarining gormonlari.
11. M e'da osti bezin in g inkretor qism i va uning funksiyasi.
ORGANIZMNING ICHKI MUHITI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA
Organizmning ichki muhiti qon va limfa to'qimalaridan tashkil topgan 
bo'lib, organizmni himoya qilish va trofik (oziqlantirish) vazifasini bajaradi.
Trofik to'qimalar organizmga kirib qolgan mikroblar va yot oqsillar 
bilan kurashishda muhim rol o'ynaydi.


Qon
organizmning ichki muhiti suyuqlik va qon tanachalaridan tuzilgan 
bo'lib, ichki muhit hujayralarini yuvadi va ularga moddalar almashinuvi 
uchun zarur bo'lgan oziqlami yetkazib beradi.
Organizmning ichki muhiti tashqi muhitdan maxsus tuzilma — baryer 
(teri, shilimshiq qobiqlar, hazm sistemasining epiteliy)lari orqali ajralib 
turadi. Organizmning tashqi muhiti tinmay o'zgaruvchan bo'lsa, ichki 
muhiti o'zining tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari (osmatik bosimi, 
reaksiyasi va harorati) jihatdan o'zgarmaydi. Ichki muhitning bunday 
doimiyligi organizmning yashashi uchun zaruriy omildir. Jumladan atrof- 
muhit haroratining har qanday o'zgarishidan qat’i nazar, organizm ichki 
muhiti haroratining doimiyligi organizmdagi a’zolar va sistemalar hayot 
faoliyatining doimiy bo'lishini ta’minlaydi.
Qon a’zolaming hujayralari bilan (ko'mik va taloqdan tashqari) bevosita 
qo'shilm aydi, a’zolar qon plazmasidan ajralgan to'qim a suyuqligi 
(interstitsial suyuqlik) bilan oziqlanadi. Interstitsial suyuqlik tarkibida har 
bir a’zoning o'ziga xos suyuqligi bo'ladi.
Qon tarkibi bir xilda saqlanib turishi uchun u doimiy aylanib yurishi 
shart. Yurakning to 'xtab qolishi qonning aylanmay qolishiga va 
organizmning darhol halok bo'lishiga olib keladi.
Qon kichik qon aylanish sistemasi orqali o'pkaga borib to'qimalardan 
olib kelgan karbonat angidrid gazini ajratadi va nafas olish jarayonida 
o'pkaga yetkazilgan kislorodni (katta qon aylanish doirasi) arteriya qon 
tomirlar orqali to'qimalarga, a’zolarga tarqatadi. Oziq moddalar esa hazm 
sistemasi orqali qonga shimiladi. Oziq moddalar yetishmovchiligi jigar va 
yog' kletchatkasidagi zaxiralar hisobiga to'ldiriladi. Qondagi ortiqcha va 
hayot uchun keraksiz hamda zararli moddalar esa organizmdan ajratish a’zolari 
orqali chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, qon transport vazifasini bajaradi.
Qonning tarkibiy qismi organizmning normal va kasallik sharoitlariga 
qarab o'zgarib turadi, binobarin qon organizmning oynasi hisoblanib, 
kasallikni uning tarkibiy qismini tahlil qilish orqali aniqlanadi.
Qon moddalar almashinuvi jarayonida (muskullar, jigarda) isib, issiqlikni 
boshqa a’zolarga tarqatadi va issiqlik teri orqali tashqariga chiqib ketadi. 
Natijada organizmdagi (sog'liq paytida) gavda haroratining doim bir xilda 
bo'lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, qon organizmga kirib qolgan 
kasallik tug'diruvchi mikroblarni yo'qotishda, organizmning kasalliklarga 
qarshi birdamligi (immunitet)ni hosil qilishda muhim himoya vazifasini 
bajaradi. Uchdan bir qism qonni yo'qotish organizmning nobud bo'lishiga 
olib keladi.
Odatda, eritrositlar gemoglobini kislorodni o'pkadan to'qimalarga, 
ulardan esa karbonat angidridni o'pkaga yetkazib berish vazifasini bajaradi. 
Bunga qonning nafas funksiyasi deyiladi. To'qimalarga kerakli bo'lgan


oziq moddalar hazm a’zolari sistemasidan qonga shimilib hujayralarga 
tarqaladi. Bunga qonning oziqlantirish funksiyasi deyiladi. Hazm qilingan 
moddalar energiyasi organizm talabini qondirmasa, qo'shimcha oziq 
moddalar, ya’ni yog* to'qimalari va jigardagi glikogenlar sarflanadi.
Qonda oqsil va natriy tuzlari miqdorining ortishi to'qimalarda suv 
to'planishiga olib keladi. Jumladan, qon tarkibida oqsilning kamayishi 
to'qim alarda suv miqdorining ko'payishi — odamning ko'pchishi 
(shishishi)ga olib keladi.
Qon hayotiy moddalar almashinuvida vujudga kelgan zararli chiqindi 
(siydik kislotasi, ter va h.k.) moddalarni ajratish a’zolari (buyrak, ter 
bezlari va h.k.) orqali organizmdan chiqarib yuborishda vositachilik rolini 
o'ynaydi.
Ichki sekretsiya bezlarining mahsulotlari (gormonlar) qon orqali 
organizmga tarqaladi (qonning gumoral vazifasi). Odam organizmida (vazni 
70 kg odamda) o'rtacha 4,5—5 
I
qon bo'ladi. Qon suyuq qism (plazma), 
qizil qon tanachalari (eritrositlar), oq qon tanachalari (leykositlar) va 
trombositlar (qon plastinkalari)dan iborat. Qon plazmasi 55%, shaklli 
elementlar esa 45% ni tashkil etadi. Qonning doimiy qizil rangda bo'lishini 
(plazmaning sarg'ish rangda bo'lishidan qat’i nazar) qizil rangli eritrositlar 
ta’minlaydi. Katta yoshdagi odamlarda qonning solishtirma og'irligi 1,050—
1,060, plazmaniki 1,025— 1,034, eritrositlamiki esa 1,090 bo'ladi.
Agar suvning qovushqoqligini 1 deb hisoblansa, qonning yopishqoq- 
ligi suvga nisbatan o'rtacha 5, plazmaniki 1,7— 2,2 ga teng.
Qonning osmatik bosimi moddalar (oqsillar, turli tuzlar)ning qondan 
to'qimalarga, to'qimadan qaytib qonga o'tishi bilan paydo bo'ladi. Osmatik 
bosim doimiydir. Shaklli elementlami plazmadan ajratish uchun qonga 
geparin qo'shib (geparin qonni ivishdan saqlaydi) shisha idishga quyilsa, 
bu elementlar plazmadan og'irroq bo'lgani uchun idish tubiga cho'kadi. 
To'q qizil (eitrosit) cho'kma ustida esa och sariq mikositlar cho'kmasi 
yupqa parda shaklida ko'rinadi. Qon shaklli elementlarini plazmadan 
sentrifugalash yo'li bilan ham ajratish mumkin.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish