112-rasm. Qorin parda.
/ - o ' p k a ; 2 - diafragma; J - j i g a r
boylami; 4 - charvi cho'ntagi; 5 - jigar-
me'da boylami; 6 - charvi qopchasi; 7 -
me‘da osti bezi; 8 - charvi ildizi; 9 -
o'n ikki barmoq ichak; 1 0 - yonbosh
ichak; / / - « S» simon ichak; 1 2 -
bachadon; 1 3 - to'g'ri ichak; 1 4 -
bachadon to'g'ri ichak oralig'idagi
qorin parda cho'ntagi; 15 - orqa teshik;
/ 6 - q i n ; 1 7 - siydik chiqarish yo'li;
18 - qovuq; 19 - qovuq bilan bachadon
oralig'idagi qorin parda cho'ntagi; 2 0 -
qorin devorini qoplab turuvchi qorin
parda varag'i; 2 / -kat ta charvi; 2 2 -
k o'n d alan g chambar ichak; 2 3 -
yo'g'on
ichak
qisqichi; 24 - par
da qopchig'i; 25 -m e'd a; 26 -jigar.
bachadon va qin orqali tashqi
m uhit bilan aloqada bo'lad i.
Seroz parda qorin b o ‘shlig‘ini
ikki b o ‘shliqqa: qorin parda
bo'shlig'i va qorin pardaning ta
shqi bo'shlig'iga ajratadi.
Qorin
b o 's h lig 'i tepadan diafragm a,
oldindan serbar muskullar bilan, orqadan umurtqa pog'onasi va uning
ikki yonboshida joylashgan muskullar bilan chegaralanadi. Past tomon
dan chanoq bo'shlig'i bilan qo'shilib ketadi. Qorin parda bo'shlig'ining
orqa devori sohasida qorin parda qoplamagan bo'shliq bor. Bu bo'shliq
orqadan qorin fassiyasi, oldindan qorin pardaning pariyetal varag'i
bilan
chegaralanib turadi. Qorin pardaning tashqi b o'shlig'ida yog' to'qim alari,
buyrak, buyrak usti bezi va siydik yo'li joylashgan. Qorin parda bu
a’zolam ing faqat oldingi yuzasini qoplagan. Qorin pardaning visseral
varag'i qorin bo'shlig'ida joylashgan a ’zolami turlicha o'rab turadi. Jum
ladan, a’zolami m e’da, ingichka ichak va h. k. hamma tomondan o'raydi.
Bunday a ’zolar intraperitoneal a ’zolar deyiladi. A ’zolar qorin
(jigar,
ko'tariluvchi, tushuvchi chambar ichaklar va h.k.), parda bilan uch to
mondan o'ralib tursa, bunday a’zolar mezoperitoneal a ’zolar deb ataladi.
Qorin parda tashqarisida joylashgan a ’zolar (buyrak, buyrak usti bezi,
siydik yo'li, me’da osti bezi va h. k.) ekstraperitoneal a’zolar bo'lib, ular
seroz parda bilan faqat bir (old) tomondan o'ralib turadi.
Seroz parda
suyuqlik ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik qorin parda yuzasini namlab turgani
uchun qorin parda b o 'sh lig 'id ag i a ’zolar ishqalanmay harakat qiladi.
Qorin pardaning pariyetal v arag'i a ’zolarga o'tishda yoki aksincha a’zo
lardan qaytib, pariyetal varaqqa o'tish d a ikki varaq o'zaro qo'shilib
dublikat hosil qiladi. Bu dublikat boylam lar nomi bilan ataladi. Seroz
p a rd a jig a rd a n m e ’d ag a o 'tib , jig a r-m e ’da b o y lam in i, m e ’dadan
ko'ndalang chambar ichakka o 'tib m e’da-ko'ndalang chambar ichak boy-
lamlarini vujudga keltiradi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, jigam i
ushlab
turuvchi toj boylam jigam i diafragmaga yopishtirib turadi. Bu boylam
jigam ing o 'ng va chap tomonidan uchburchakli boylamlarga o'tadi.
Qorin parda ichaklar uchun tutqichlar hosil qiladi. Q orin parda
bo'shlig'ida joylashgan ingichka ichak seroz parda bilan hamma tomon
dan (interperitoneal) o'ralgan bo'lib, uning orqa tomonidagi ichak tutqich
qorin bo'shlig'ining orqa devoriga borib yopishadi. Qorin parda ingichka
ichakdan tashqari, ko'ndalang chambar, «S» simon chambar va ko'richaklar
uchun ham tutqich hosil qiladi. Tutqichlar oralig'ida yog' to'qim alari,
limfa tugunlari va qon tomirlar joylashgan. Charvilar ham
seroz pardaning
dublikatidan vujudga keladi. Katta charvi qorin pardaning to'rtta varag'idan
hosil bo'ladi, ulardan ikkitasi oldingi va ikkitasi orqa varaqdir.
Oldingi varaq me’daning oldingi va orqa yuzasini o'rab, katta egrilikdan
boshlanib, ko'ndalang chambar ichak ham ingichka ichak oldidan pastga
tomon yo'nalib, qaytib yuqoriga ko'tariladi va katta charvining orqa varaqlari
nomi bilan ko'ndalang chambar ichakka borib, uni o'raydi, so'ngra cham
bar ichak tutqichi bo'lib, qorin bo'shlig'ining orqa devoriga yopishadi.
Katta charvining me’da bilan ko'ndalang chambar ichak oralig'idagi qismi
me’da-ko'ndalang chambar ichak boylami deb ham ataladi.
Kichik charvi jigar-m e’da
boylami bilan jigar, o 'n ikki barmoq ichak
boylamlari qo'shilishidan vujudga keladi.
Qorin bo'shlig'i ko'ndalang chambar ichak va uning tutqichi yorda
mida yuqori va pastki qavatlarga bo'linadi. Bulardan tashqari, qorin parda
a’zodan a’zoga yoki qorin devoriga o'tishida burmachalar,
chuqurchalar,
kanallar va xaltachalarni vujudga keltiradi. Bular qorin b o 's h lig ’ida
bajariladigan jarrohlik operatsiyalarida m a’lum amaliy ahamiyatga ega
bo'ladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: