Fruassara «Xronika»si ritsarlarni maqtab, dehqonlarga nisbatan nafrat ruhida yozilgan. Jana de Venett «Xronika»si bo’lsa, dehqonlarning qo’llariga qurol olib harakat olib borganligini ayblasa ham. dehqonlarning og’ir ahvoliga achinish ruhida yozilgan. Yana Parij qo’zg’olonchilarining boshlig’i Eten Marselning xati ham saqlangan. Umuman Jakeriya haqidagi hujjatlarning ko’pi bizgacha etib kelgan, lekin ular turli xil shaklda turli vaqtda yozilgan, ko’pincha bir-biriga qarama-qarshi, bir voqeaning o’zi turlicha yoritadilar. Fruassara «Xronika»si ritsarlarni maqtab, dehqonlarga nisbatan nafrat ruhida yozilgan. Jana de Venett «Xronika»si bo’lsa, dehqonlarning qo’llariga qurol olib harakat olib borganligini ayblasa ham. dehqonlarning og’ir ahvoliga achinish ruhida yozilgan. Yana Parij qo’zg’olonchilarining boshlig’i Eten Marselning xati ham saqlangan. Umuman Jakeriya haqidagi hujjatlarning ko’pi bizgacha etib kelgan, lekin ular turli xil shaklda turli vaqtda yozilgan, ko’pincha bir-biriga qarama-qarshi, bir voqeaning o’zi turlicha yoritadilar. Verson Villanlari haqidagi poema»dan Verson Villanlari haqidagi poema»dan (XIII asr o’rtalari) Villanlar hech qanaqa gap-so’z qilmasdan va qarshilik ko’rsatmasdan tosh tashishlari zarur.Deyarlik har kuni ularning mehnatiga zarurat bor. Novvoyxonalarda ham, tegirmonda ham villanlar hamma vaqt xizmat qilishga majburdirlar.Bularning barchasi yaramas yangilik o’ylab topgan Osber Peneldan tashqari barcha villanlar bajarmoqdalar: villanlar uni senorni talash uchun o’zlarining homiysi va yo’l-boshchisi qilib saylaganlar, bu ish uchun ular uyatdan o’ladilar! Villanlar o’tloqzorlardagi pichanlarni o’rishlari, ularni g’aram qilib qo’yishlari va undan keyin ularni xo’jayinning hovlisiga xo’jayin ko’rsatgan joyga tashib berishlari zarur. Bundan keyin ular tegirmon zovurlarini o’z belkuraklari bilan tozalashlari zarur. Mana shunday ishlarni villan bajarishga majburdir.Avgust kelishi bilan yangi ish boshlanadi. Villanlar barshchina majburiyatiga binoan etilgan donni o’rib dallaning o’rtasiga g’aram qilib to’plab qo’yishlari va xo’jayin omborlariga tashib berishlari lozim. Bu xizmatni villanlar o’z avlod-ajdodlari kabi bolaligidan boshlab bajaradilar...villanlar, o’z dalalaridagi donni hech qachon tashib olish imkoniyatiga ega emaslar... uning shaxsiy hosili yomg’ir tagida qoladi, villan esa dalada qolib ketgan o’z doni haqida qayg’uradi, lekin ilojini qila olmaydi, xo’jayin donini omborga keltirganda, biror bog’ don yo’lda tushib qolgan bo’lsa undan jarima olinadi. Villan o’z otlarini donni tushirguncha bog’lab qo’yadi, lekin villanning otiga bir tutam em berishmaydi, villanni donni o’lchab oluvchi ko’rsa u ham undan yo’qotgan bog’ni talab qilib, xafa qiladi. Umuman uch-to’rt prikazchikka to’lashi talab etiladi, biri qabul qiluvchi. ikkinchisi tushirtiruvchi, uchinchisi — o’lchovchi — kambag’al bechoraga esa faqat ko’z yoshi tegadi. Villan donni topshirib bo’lib, o’z taqdiridai o’zi xafa bo’lib, o’ziga-o’zi achinib oxiri ketadi.So’ngra «yaylovda» yarmarka vaqti va cho’chqa bolalarini olib boradigan sentyabrdagi Bibi Maryam kuni etib keladi. Agar villanda sakkizta cho’chqa bolasi bo’lsa undan eng yaxshi ikkitasini senorga olib borib beradi, chunki yomonrog’ini senor olmaydi, buning ustiga qolgan har bir cho’chqa bolasiga bir denedan berishi lozim.Villan o’zining yerini sotishda bahoning o’n uch ulushini senorga berishi zarur, shunday qilmasa yerini sotishi mumkin emas. So’ngra villanlar yana barshchina majburiyatini to’lashlari lozim edi. Ular senor yerini haydab, omborda urug’lik keltirib, ekib, sochib, mola bostirib beradilar. Har bir villan hissasiga bir akr yer to’g’ri keladi. Shulardan keyin rojdestvo kunidan 3 hafta avval bo’ladigan Aidreev kuniga villanlar xo’jayin dasturxoniga non olib borishlari lozim bo’lgan. Rojdestvo kuniga tovuq olib borishi lozim edi.Agar villan qizini senorning mulkidan tashqariga uzatsa, senor boj — «kyulaj» olardi. Villanlar yerni haydab, ombordan urug’lik keltirib ekib, mola bostirib berishardi. Har bir villan bir akr yerni arpa uchun tayyorlardi. Shundan keyin o’rmonga o’tinga borishga tayyorgarlik ko’rish uchun otlarni temirchiga olib borib oyoqlariga taqa qoqtirardi Buning badaliga villan har kuniga ikki dene haq olardi...
Do'stlaringiz bilan baham: |