Eten Marselning Flandriya shaharlariga 1358 yil 11 iyuldagi maktubidan - Eten Marselning Flandriya shaharlariga 1358 yil 11 iyuldagi maktubidan
- Aziz senorlar va qadrdon do’stlar. Bizga ma’lumki, sizning oblastlaringiz: Flandriya, Artua, Buloni, Chingur, Ponte, Gennegau, Korbi, Bovezi, Vermandua va boshqa joylarda dvoryan tabaqalari dvoryan bo’lmaganlarni har tomonlama siqib qo’yganliklarini siz yaxshi bilasiz... Dvoryanlar qo’llariga qurol ushlab, urush, talash va o’ldirish maqsadida Somm va Uaz tomonida paydo bo’ldilar. Vaholanki, ularning ko’plariga hech qanday yomonlik qilinmagan bo’lsada, bari bir ular shafqatsizlik bilan qo’lga tushgan barcha mulklarni taladilar, yo’q qildilar, shaharlarga o’t qo’ydilar va bu joylardagi yaxshi kishilarni rahimsizlik bilan do’pposladilar... hali hozirgacha ular qat’iylik bilan o’z vahshiyliklaridan qaytmayaptilar; yo’lda uchragan savdogarlarning mol-mulklarini tortib olib, o’zlarini o’ldirmoqdalar yoki katta to’lov evaziga bo’shatmoqdalar. Har bir dvoryan bo’lmagan shahar aholisini yoki qo’shni mamlakat aholisini, yoki dehqonlarnm o’ldirmoqdalar va oxirgi narsasigacha talab olmoqdalar.
- Kimki xudoning va dinning ashaddiy dushmanlari bo’lmish bu qotil va talonchilarga qarshi kurashda muruvvatli xalqimizga, dehqonlarga va savdogarlarga yordam bersa, xudo oldida saratsinlarga (arablarga) qarshi salb yurishida qatnashgandek hurmatga sazovor bo’ladi.
Aziz senorlar va qadrdon do’stlar. Ba’zi bir dvoryanlar va ularnnng tarafdorlari bu zolimlarning bovezidagi bizning ustimizdan qilgan vaxshiyliklarini oqlamoqchi bo’ladilar. Bunga sabab qilib shuni ko’rsatadilar, ya’ni bovezi va uning chekka o’lkalaridagi ayrim kishilar dvoryanlarning mol-mulkini talab, uylariga o’t qo’yib, bolalarini, xotinlarini o’ldirganlar. Bu ishda ularga biz, shaharliklar yordam bergan emishmiz. Bu ish yuzasidan shuni ma’lum qilishga ruxsat etgaysiz: bovezidagi yuqorida nomlangan ishlar bizning ishtirokimizsiz va xohishimizsiz boshlangan, biz bovezi chekkasidagi ayrim kishilarning bu noma’qul ishiga qo’shilishdan ko’ra, o’lishni afzal ko’rganmiz. Aksincha, biz bu xunrezlikka chek qo’yish uchun ishonch yorliqlari bilan 300 askarimizni yuborganmiz. Bizning bu noma’qulchiliklarni to’xtatish haqidagi takliflarimizga ko’nmaganliklari va ishlarini davom qildirganliklari uchun ularning bu ishlariga qarshi qaratilgan, ya’ni 60 qishloqda o’ldirish, o’t qo’yish, talon-torojni man qiluvchi, ya’ni dvoryan oilalari xotin va bolalarining xavfsizligini ta’minlovchi buyrug’imizga asosan bizning kishilarimiz ularni tark qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |