Orqali bartaraf etish



Download 413,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana01.01.2022
Hajmi413,63 Kb.
#291849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Boboqulov T 3 son

3. Tadqiqot metodologiyasi. 

Davlat  rahbari  tashabbusi  bilan,  so’nggi  yillarda,  mahalliy  bank  tizimida  sog’lom 

raqobat  muhitini  shakllantirish  maqsadida  banklar  faoliyatida  davlat  ishtiroki  bosqichma-

bosqich  qisqartirilishi  hamda  2021-yildan  to‘liq  erkinlashtirilishi  belgilandi.  Bu  banklarning 

o’z  taklif  etayotgan  maxsulotlari  va  xizmatlarini  jahonda  rivojlangan  banklar  amaliyoti 

andozalariga  tayangan  holda  diversifikatsiyalash,  ko‘proq  mijozlarni  jalb  etishda  nafaqat 

moliyaviy  jihatlarni  hisobga  olish,  balki  iqtisodiy  psixologiya  (behavioral  economics) 

tamoyillaridan  foydalanishga  undaydi.  Statistik  jihatdan  olib  qaralganda,  oxirgi  yillarda 

davlat budjetidan tijorat banklariga belgilangan davlat dasturlarni moliyalashtirish uchun 8,4 

trillion so'm (taxminan, 1,2 mlrd AQSh dollari), aylanma mablag‘lar uchun 400 million AQSh 

dollari,  shuningdek,  ustav  kapitalini  oshirish  uchun  1,7  milliard  AQSh  dollari  ajratildi. 

Umuman  olganda,  so‘nggi  ikki  yil  ichida  banklar  kapitalizatsiyasini  oshirish  uchun  3,3 

milliard  AQSh  dollari  miqdoridagi  davlat  mablag‘lari  berildi,  lekin  afsuski,  banklarning  bu 

mablag’lardan  samarali  foydalana  olmaganligi  davlat  tomonidan  belgilangan  talablarning 

yetarli darajada bajarilmaganligida, aniqroq aytganda, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish, 

yangi  ish  o’rinlarini  yaratishga  ko’maklashish,  mijozlar  va  bank  daromadlarini  ko’paytirish 

borasidagi  masalalar  hanuz  o’zining  to’la  yechimini  topmayotganligida  ko’rindi  va  davlat 

rahbari tomonidan tanqidlarga sabab bo’ldi. (Mirziyoyev, 2019) 




12                                                     www.economyjournal.uz 

 

Bugungi  kunda,  respublikamiz  banklari  duch  kelayotgan  dolzarb  muammoni  Bazel 



Qo’mitasi  tomonidan  ajratilgan  foiz  xatarlari  tarkibidagi  “asosiy  risk”  sifatida  baholash 

mumkin.  Bu  holat  asosan  turli  xil  moliyaviy  instrumentlar  o’rtasidagi  korrelyatsion 

munosabatlarning  buzilishi  natijasida  bank  kreditlari  va  depozitlari  bo’yicha  foiz 

darajalarining o'zgarishi sababli kelib chiquvchi xatar hisoblanadi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, 

bugungi  kunda  banklarga  qo’yilgan  depozitlarning  70  foizi  qisqa  muddatli  bo‘lgani  holda, 

kreditlarning 90 foizi uzoq muddatga berilgan. Ayrim banklarda joriy xarajatlar daromadga 

nisbatan  60-70  foizni  tashkil  etmoqda.  (Mirziyoyev,  2019)  Bu  holatda,  kreditlar  qayta 

moliyalashtirish  darajasiga  asosan,  depozitlar  esa  davlat  qisqa  muddatli  obligatsiyalari 

(DQMO)ning  daromadlilik  darajasiga  asosan  qayta  baholanishini  alohida  e’tiborga  olish 

lozim.  Zero,  qayta  moliyalashtirish  darajasi  va  DQMOning  daromadlilik  darajasi  o’rtasidagi 

korrelyatsion  munosabatlarning  buzilishi  to’g’ridan-to’g’ri  bank  marjasiga  ta’sir  qiladi. 

Yuqoridagi  ko’rsatkichlar  shuni  ko’rsatadiki,  respublikamiz  banklari  eng  ko’p  oqsayotgan 

jihat bu mijozlarni va resurslarni uzoq muddatli jalb etish masalasidir. Ushbu izohni Global 

Findex  Data  tomonidan  o’tkazilgan  tadqiqotlarga  asoslanib,  O’zbekiston  va  Yevropa-

Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisining moliya institutlarida o’rtacha jamg’arish darajasini 

solishtirma hisoblarda ko’rib chiqamiz (1-jadval): 




Download 413,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish