Orqa miya nerv sistemasining tuzilishi
REJA;
1. Orqa miyaning umumiy tuzilishi.
2. Orqa miya reflektor va O’tkazuvchi vazifasi.
ORQA MIYA. Orqa miya umurtqa kanalida birinchi Bo’yin umurtqasi bilan II bed umurtqasi oralig’ida joylashgan bo’lib, katta odamda vazni 30 — 40 g, uzunligi 45 sm ga teng. Yangi tug’ilgan bolada 6—10 g, o’zunligi —15 sm. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi. Orqa miyaning kundalang kesigida kulrang modda kattalak; shaklida joylashadi, atrofida oq. modda bo’ladi. Kulrang moddaning oldingi, Yen va orqa shoxlari bor. Oldingi shoxda harakat neyronlari joylashgan, bu Yerdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar bo’ladi, ularga sezuvchi, ya`ni markazga intiluvchi nervlar kiradi. Orqa miyada Bo’yin, ko’krak, bel, dumgaza segmentlari joylashgan. Orqa miyaning xar bir segmenti bir juftdan 31 juft nerv tolasi chiqadi. Ular gavda, qo’l, oyoq. muskullari va terini nerv bilan taminlaydi. Orqa miya uch kavat parda bilan qoplangan.
Orqa miya reflektor va O’tkazuvchi vazifasini bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning harakat reflekslariga: tirsak, tizza, panja reflekslari misol bo’ladi. Orqa miyaning O’tkazuvchanlik vazifasi undagi ko’tariluvchi va tushuvchi O’tkazuvchi yo’llar orqali amalga oshadi.
Orqa miyaning ko’ndalang kesimi. 1-oqmodda; 2-kulrangmodda; 3-orqa shoxdan chiqqan sezuchi nerv; 4-oldingis hoxdan chiqqan harakat lan tiruvchi nerv; 5—sezuvchi va harakiitlanliruvchi nervlarning qopshilishidan hosil bo’lgan aralash nerv tolalari.
orqa miyaning asosiy funksiyalaridan biri - qo’zg’alish nio’tkazishdir. Orqa miya qirqib qopyilsa, bu muhim funksiya buzilib, bir qancha jiddiy o’z garishlar kelib chiqadi.
Orqa ustun mustaqil oson harakatlanadigan segmentlardan tashkil topgan bo’lib ularning har biri oson harakatlanadigan va qimirlamaydigan bo’g’imlar orqali birlashgan. Mustaqil harakatlanadigan segmentlar funksional qizm hisoblanadi. U ikki qo’shni umurtqa suyagi biriktirilgan diskdan iborat. O’rta umurtqa diski mustaqil harakatlanadigan segmentda muhim ahamiyat kasb etadi. U tashqi zich tolalik to’qima doirasidan iborat. Qo’shimcha sifatida shuni aytishismiz mumkin-ki, usmurtqa, ko’ndalang jarayon va umurtqa ustuni bir biri bilan kuchli paylar sistemasi orqali bog’langan. Ularning jahatlarining yo’nalishlardagi o’zgarishlari har bir umurtqa segmentini harakatlanlanishini belgilaydi.
Orqa miyaning reflektor faoliyati va markazlari. Orqa miyaning ikkinchi asosiy funksiyasi lining reflektor faoliyatidir. Spinal baqaning reflekslari bilan tanishganimizda buni ko’rgan edik. Muhim funksiyalarning reflektor markazlari orqa miyada joylashgan.
Masalan, orqa miyaning Bo’yin boplimida diafragma nervining markazi; Bo’yin va Ko’krak boplimida qopl, Ko’krak , orqa va qorin muskullarining markazlari; bel boplimida oyoq muskullarining markazlari; dumgpaza boplimida - siydik chiqarish, defekasiya va jinsiy faoliyat markazlari bor.
Ter chiqarish markazlari, shuningdek tomirlarni toraytiruvchi va kengaytiruvchi markazlar ham orqa miyadadir.
Biror markazning qayerda joylashganligini aniq bilish tibbiyot amaliyoti uchunjuda katta ahamivatga egadir, chpunki muayyan muskullar gunihi faoliyatining buzilganligini yoki ayrim funksiyalarning buzilganligini tekshirib, orqa miyaning qaysi boplimi zararlanganlgini yoki qaysi boplimining funksiyasi buzilganligini bilsa bo’ladi.
Ayrim reflekslarning yoylari orqa miyaning qatpiyan muayyan qismlaridan o’tadi. Shunday qilib retseptordan kelib chiqqan qo’zg’alish markazga intiluvchi nerv orqali orqa miyaning muayyan qismiga boradi. Orqa miyadan oldingi ildizlar bilan birga chiquvchi, markazga intiluvchi tolalar gavdamizning qatpiyan muayyan qismlarini innervatsiya qiladi. Orqa miyadan o’tadigan pastga tushuvchi va yuqoriga ko’tariluvchi yo’llar reflektor markazlarni bir-biri bilan va bosh miya bilan bog’laydi.
Muskullar tonusning borligi baqalar ustida qilingan tajribalarda isbot etilgan. Bu tajribalarda spinal baqa (bosh miyasi olib tashlangan baqa) shtativga osib qopyiladi. Shu baqaning keyingi oyoqlariga eptibor berilsa, ular garchi osilib tursa ham bir qadar bukilganligini ko’rish mumkin.Shunday baqaning bir tomonidagi orqa miya ildizlari qirqib qopyilsa. o’sha tomondagi muskullar tonusi yo’qoladi va baqa oyogpi shalpillab osilib tushadi.
Orqadagi ildizlardan o’tadigan sezuvchi yoki markazga intiluvchi yo’llar qirqib qo’yilgan da tonusning yo’qolishi, muskullar tonusi refleksdan iborat ekanligini va reflektor yoy zararlanganda tonus yo’qolishini ko’rsatadi. Ana shu refleksning yoyi bilan tanishaylik.
Muskullarning vaziyati o’zgartirilganda yoki cho’zilganda ularning retseptorlarida qo’zg’alish kelib chiqadi. bu qo’zg’alish markazga intiluvchi tolalar orqali orqa miyaga o’tadi. Qo’zg’alish to’lqinlari orqa miyadan muskullarga kiradi va ularni qo’z gpab, hamisha malum darajada tarang holda ushlab tutadi, ya’ni muskullar tonusini vujudga keltiradi. Muskullarning tarangligi va vaziyati uygpoqlik va uyqu davrida to’xtovsiz o’zgarib turganligidan orqa miyaga uzluksiz impulslar kirib turadi, shuning natijasida muskullarda o’zgarib turadigan, lekin umr Bo’yi saqlanadigan tonus vujudga keladi.
Shunday qilib, refleks yoyi muskullarda boshlanadi, muskullardagi retseptorlar (proprioretseptorlar) refleks yoyining bosh qismi hisoblanadi. So’ngra, markazga intiluvchi tolalar va orqa miyaga keladi. Orqa miyada qo’zg’alish markazdagi refleks yoyining keyingi qismi markazdan qochuvchi nerv va uning muskuldagi oxirlaridir.
Reflektor tonus yurishda, qopl-oyoqni harakatlantirishda va gavda vaziyatini saqlashda gpoyat muhim ahamiyatga ega. Gavdani yoki ayrim organlarni uzoq vaqt muayyan vaziyatda tutish, masalan kitob opqiganda yoki xat yozganda boshni engashtirish nerv markazlari bilan muskullar tonusi tufayligina mumkin bo’ladi. Harakatlarimizning tekis. uygpun bo’lishi uchun muskullar tonusining ahamiyati muhim. Bu, mehnat jarayonlarida va boshqa harakatlarda ayniqsa muhimdir, Shu refleks yoyining qanday boplmasin biron qismi buzilgan boplmasin biron qismi buzilgan bo’lsa, harakatlarimiz uygpun boplmasdan, uzuq-yuliq bo’lgan bog’luredi.
Odamda orqa miya markazlarining tonusini va muskullar tonusini bosh miya nazorat qiladi.
Orqa miyadagi ba`zi reflektor funktsiyalar xomilaning ona kornida rivojlanayotganida yuzaga keladi. Xomila 2 — 3 oylik bo’lganida harakatlana boshlaydi. Yangi tugilgan bola oyoq panjasining tagi ta`sirlansa 2 — 3 minutdan so’ng oyoq, panjasida bukish refleksi hosil bo’ladi. Bu refleks bola tugilgandan so’ng 6 oy utgach yo’qolib ketadi.
Bola 9—10 oyligida yura boshlaydi. Orqa miyadagi harakat markazlari ishi ortadi, nervlar miyenlashishi z yoshgacha davom etadi .
Nerv sistemasi asosan tashqi mupitdan ichki organlardan keladigan turli axborotlarning kabul kiladi va ularni markaziy nerv sistemasiga Yetkazib beradi.
Nerv sistemasi organizmdagi barcha organlarni bir-biri bilan bog’lab organizmning bir butunligini taminlaydi. Organizmni tashqi muhit bilan bog’laydi xamda uni tashqi muhitga moslashtiradi. Nerv sistemasi yordamida atrof muhitdan turli signallar qabul qilinadi ular analiz va sintez kilinib, turli reaktsiyalar bilan javob qaytariladi.
Nerv sistemasi ichki sikretsiya bezlarida ishlab chikariladigan turli gormonlarning qon orkali organizmga ko’rsatadigan tasirini va moddalar almashinuvini boshkarib turadi, o’sish, rivojlanishga tasir etadi. Bundan tashqari nerv sistemasining oliy bo’limlarida ruxiy funktsiyalar amalga oshiriladi. Idrok etish, fikrlash nutk va Yokazolar oliy nerv faoliyati bilan boshkarib turiladi.
Nerv sistemasi markaziy (bosh va orqa miya), periferik (chetda joylashgan) nervlar, ularning oxirgi apparatlaridan tashkil topgan qisimlarga bo’linadi. Markaziy nerv sistemasida nerv hujayralari (neyron tanalarining periferik qismi asosan nervlardan, ya`ni tolalar boglamidai iborat bo’lib, bu tolalarning tanasi (nerv hujayrasi) nerv sistemasining markaziy qismida joylashgan.
Nerv sistemasi shartli ravishda ikkita simpatik va vagetativ nerv sistemasiga bo’linadi. Skelet muskullarini va ba`zi ichki organlarini (til, hiqildoq, xalkum va hokazolarni) ta`minlab turadigan nervlar somatik nervlar sistemasi, bo’lib asosan organizmni tashqi muhit bilan bog’laydi va skelet muskullari harakatini boshqaradi.
Vegetativ nerv sisgemasi ichki organlarni (me`da, ichaklar, nafas olish, siydik-tanosil organlarini, ichki sekretsiya bezlari, teri, yurak va kon gomirlarini) nerv bilan ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |