Aim.uz
Orqa miya nerv sistemasining tuzilishi
REJA;
1. Orqa miyaning umumiy tuzilishi.
2. Orqa miya reflektor va O’tkazuvchi vazifasi.
ORQA MIYA. Orqa miya umurtqa kanalida birinchi Bo’yin umurtqasi bilan II bed umurtqasi oralig’ida joylashgan bo’lib, katta odamda vazni 30 — 40 g, uzunligi 45 sm ga teng. Yangi tug’ilgan bolada 6—10 g, o’zunligi —15 sm. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi. Orqa miyaning kundalang kesigida kulrang modda kattalak; shaklida joylashadi, atrofida oq. modda bo’ladi. Kulrang moddaning oldingi, Yen va orqa shoxlari bor. Oldingi shoxda harakat neyronlari joylashgan, bu Yerdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar bo’ladi, ularga sezuvchi, ya`ni markazga intiluvchi nervlar kiradi. Orqa miyada Bo’yin, ko’krak, bel, dumgaza segmentlari joylashgan. Orqa miyaning xar bir segmenti bir juftdan 31 juft nerv tolasi chiqadi. Ular gavda, qo’l, oyoq. muskullari va terini nerv bilan taminlaydi. Orqa miya uch kavat parda bilan qoplangan.
Orqa miya reflektor va O’tkazuvchi vazifasini bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning harakat reflekslariga: tirsak, tizza, panja reflekslari misol bo’ladi. Orqa miyaning O’tkazuvchanlik vazifasi undagi ko’tariluvchi va tushuvchi O’tkazuvchi yo’llar orqali amalga oshadi.
2-rasm.
Orqa miyaning ko’ndalang kesimi. 1-oqmodda; 2-kulrangmodda; 3-orqashoxdanchiqqansezuchinerv; 4-oldingishoxdanchiqqanharakatlantiruvchinerv; 5—sezuvchivaharakiitlanliruvchinervlarningqopshilishidanhosilbo’lganaralashnervtolalari.
orqa miyaning asosiy funksiyalaridan biri - qo’zg’alish nio’tkazishdir. Orqa miya qirqib qopyilsa, bu muhim funksiya buzilib, bir qancha jiddiy o’z garishlar kelib chiqadi.
Orqa ustun mustaqil oson harakatlanadigan segmentlardan tashkil topgan bo’lib ularning har biri oson harakatlanadigan va qimirlamaydigan bo’g’imlar orqali birlashgan. Mustaqil harakatlanadigan segmentlar funksional qizm hisoblanadi. U ikki qo’shni umurtqa suyagi biriktirilgan diskdan iborat. O’rta umurtqa diski mustaqil harakatlanadigan segmentda muhim ahamiyat kasb etadi. U tashqi zich tolalik to’qima doirasidan iborat. Qo’shimcha sifatida shuni aytishismiz mumkin-ki, usmurtqa, ko’ndalang jarayon va umurtqa ustuni bir biri bilan kuchli paylar sistemasi orqali bog’langan. Ularning jahatlarining yo’nalishlardagi o’zgarishlari har bir umurtqa segmentini harakatlanlanishini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |