Iqtisodiy oqibatlar: Orol dengizi sathining keskin tushib ketishi va katta maydonda dengiz tagining ochilib qolishi dengiz suvi sho‘rligining ortishi, chang bo‘ronlarining kuchayishi va Amudaryo, Sirdaryo deltalaridagi to‘qayzorlarning yo‘q bo‘lishi, butun tabiiy geografik vaziyatning o‘zgarib ketishi, so‘zsiz, ekologik zararli oqibatlardan tashqari juda katta iqtisodiy zararlar ham keltirmoqda. Masalan, Qizil O‘rda sellyuloza–qog‘oz kombinati qamishdan karton va qog‘oz ishlab chiqarish uchun loyihalashtirilgan edi. Hozir esa xom-ashyo qolmadi, endi, Sibirdan temiryo‘l orqali yog‘och keltirilmoqda. Xuddi shunday Mo‘ynoq va Orol baliq konserva kombinatlarini saqlab turish uchun bir vaqtlar Atlantika okeanidan muzlatilgan baliqlar keltirilar edi. Orol dengizi atrofidagi baliqchilik xo‘jaligi ham batamom tugatildi. Bu zonadagi 2 ta baliq kombinati 10 ta baliq zavodi va 17 ta baliqchilik jamoa xo‘jaliklari bor edi.
2.OROL DENGIZI QURISHI VA UNING OQIBATLARI
Keyingi yillarda janubiy Orolbo‘yida qator shaharlar va aholi manzilgohlari, cho‘llanish jarayonining salbiy oqibatlarining ta’siri tufayli moddiy zararga chalinmoqda. Ya’ni, katta zarar keltiruvchi – termitlar (Turkiston termitlari) tez tarqalmoqda Uning muhim sabablaridan biri cho‘llanish hamda tuproqlarning sho‘rlanishidir. Aholi mazkur hashoratlar keltirgan zarar tufayli o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqdalar. Bundan tashqari qadimiy madaniy-tarixiy yodgorliklarga ham zarar keltirilmoqda.
Termitlar
1970 yillarda faqat Orol shahrida, baliq ovlash xo‘jaligining yo‘qolishi, dengizda kema yurishi va u bilan bog‘liq bo‘lgan kemalarni sozlash markazlarining yo‘q bo‘lishi natijasida 5000 kishi ishsiz qoldi. Dengizning qarama-qarshi qirg‘og‘idagi Mo‘ynoq shahrida ham xuddi shunday vaziyat vujudga kelgan edi. Ayrim ma’lumotlar bo‘yicha Orol dengizi qurishining asorati yuz mingta ish o‘rnining yo‘qolishiga olib keldi.
Ijtimoiy oqibatlar:
Orolbo‘yida ekologik vaziyatning yomonlashuvi va uning ijtimoiy-ekologik oqibatini natijasida ekologik omilga asoslangan aholi migratsiyasi vujudga keldi. Birgina Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq hududidan bir necha ming oilaning ko‘chib ketishiga olib keldi, bu esa aholisining o‘tgan asrning 70–yillaridan 80–yillari o‘rtasiga qadar ikki martaga qisqarishiga (45 mingdan 22 ming kishigacha (hozirgi aholisi 30 ming kishi) olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |