Son kanali. Mushak va tomir lakunalari normada bo`sh, oraliq yo`q. Son kanalining ichki
teshigi bo‟lib – son halqasi, tashqi teshigi esa qiyshiq chuqurcha (sonning keng fassiyasidagi teshik,
undan v.saphena magna o‟tadi) hisoblanadi.
Son kanali uch qirrali shaklga ega: oldingi devori – son serbar fassiyasining o`roqsimon
chekkasi va chov bog‟lami, orqa devorini – son fassiyasining chuqur varag‟i, tashqi devorini – son
venasining medial devori va fassial qin tashkil qiladi.
Son kanali sohasidagi tomirlarning anomal joylashuvi katta amaliy ahamiyatga ega. Ko‟pincha
kanalning lateral devoridagi son venasini operatsiya paytida tikib qo'yish, uni yirtib yuborish
holatlari kuzatiladi. Undan tashqari 10-25 % holatlarda a.obturatoria a.hypogastrica ning tarmogi
bo‟lib, son churrasi bo'ynida yopishgan bo‟lishi mumkin. Son churrasini ajratishda, ayniqsa ular
qisilgan holatlarda shu arteriyani shikastlash mumkin. Bunday holatlarda juda katta mikdorda qon
yukotilishi (“corona mortis” – “ajal toji”) mumkin.
Son churralari joylashuviga ko‟ra tomir – lakunar, jimbernat – bog‟lam, va mushak –
muskulyar turlarga ajratish mumkin.
Son churrasining eng ko‟p uchraydigan, ya‟ni tipik turi tomir – lakunar turi hisoblanadi. Son
churralari aksariyat churra hosil bo‟lishiga anatomik moyillik tugdiradigan omillari bo‟lgan
ayollarda kuzatiladi, chunki ulaning chanog'i katta alohida qiyalikka ega, son halqasi o‟lchamlari
katta, oval teshik katta va uning yuqori shoxi kattalashgan bo‟lishi mumkun.
Diagnostikasi. Son churralari Pupart bog‟lamidan pastroqda son oval chuqurchasi zonasida,
qov dumbokchasidan pastda lateral joylashgan kichikroq shish borligi bilan xarakterlanadi. U
chovda og'riq bo‟lishi yoki qabziyat bilan birga kechadi. Qorin bo‟shlig‟iga kiritib bo‟lmaydigan
churra ichida ko‟pincha charvi bo‟ladi.
Churraning hamma tipik sipmtomlari – kuchanishda kattalashadigan va yotganda yo‟qoladigan
bo‟rtma, yo'tal turtkisi bo‟lganda, Pupart bog‟lamining medial yarmidan pastdagi tipik joylashuvida
diagnoz qo'yish oson. Juda semiz va tula xotinlarda churraning munosabatini aniqlash qiyin bo‟ladi.
Bundan tashqari, son churralarining differensial diagnostikasini Urug‟ tizimchasi lipomasi, oval
chuqurcha limfadeniti, son venalarining varikoz kengayishi, xavfli usma metastazi, son tomirlari
anevrizmasi bilan o'tkazish kerak.
Davolash. Son churralari faqatgina operativ usulda davolanadi. Operatsiyalarning hamma
usullarini ikki turga ajratish mumkin:
I. Chov kanali tomonidan o‟tkaziladigan operatsiyalar.
II. Son tomonidan bajariladigan operatsiyalar.
Qorin bo‟shlig‟iga kiritib bo‟lmaydigan katta o‟lchamli son churralarida T-simon kesmalardan
ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |