KINDIK ChURRALARI
Kindik halqasi orqali chiqadigan churralarga kindik churralari, deyiladi. Kindik churralari
hamma churralarning 6-8 % ini tashkml qiladi. Ular quyidagi guruhlarga bo‟linadi:
1) kindik tizimchasining tug‟ma churralari (embrional churralar);
2) Bolalardagi orttirilgan kindik churralari;
3) kattalarda uchraydigan kindik churralari.
Anatomik ma’lumotlar. Qorin oldingi devori strukturasida kindik sohasini anotamik kuchsiz
joy deb hisoblash mumkin. Embrional davrda kindikning shakllanishi murakkab jarayondir.
Normada antinatal davrning 6-oyidayoq kindik halqasi hosil bo‟ladi, uning o‟lchami asta-sekin
kichrayib boradi va tugilishdan bir necha kun o‟tgach tushgan kindik o'rniga ichiga botgan
yamokcha holida uzil kesil berkilib qoladi. Bu sohada aksariyat qorin oldingi devorining tug‟ma
rivojlanish nuqsonlari, shuningdek katta yoshdagi odamlarda churralar kuzatiladi.
Hatto normal sharoitlarda kindik sohasi birmuncha beqaror strukturalarga ega – teri, kindik
fassiyasi va qorinpardasi bilan birikkan bo‟ladi.
Kindik halqasi serbar va fassiyasi sust rivojlanganda churralar paydo bo‟lishi uchun sharoit
vujudga keladi. Kindik halqasining mushak pardasi bo'lmagan faqat kindik venasi o‟tadigan yuqori
qismi pastki qismidan kuchsiz bo‟ladi. Kindik fassiyasining to‟rtta biriktiruvchi to‟qimali tortmalar
bilan mahkamlanganligini eslatib utish lozim: bitib ketgan kindik venasi, kindik arteriyalari va
obliterasiyalangan siydik yo‟li bor. Biroq fassiya yaxshi rivojlangan qorinning to‟g‟ri mushaklari va
uni kindik halqasi diametrini toraytiradigan qin aponevrozi bo‟lgandagina mahkam bo‟ladi. Shuning
uchun kindik churrasi odatda qorinning to‟g‟ri mushaklari sust rivojlangan ayollarda (80 %) va
bolalarda kuzatiladi.
Katta yoshdagi odamlarda kindik churrasini to‟g‟ri va qiyshiq turlariga bo‟ladilar. Kindikning
to‟g‟ri churrasi ko‟ndalang fassiyaning kindik halqasida taranglashib yupqa bo‟lib qolgan holatida
yuzaga chiqadi. Bu holatda qorin bo‟shlig‟i a‟zolari kindik halqasi orqali qisqa yul bilan teri tagi
yog' qatlamiga chiqadi. Qiyshiq churralarida kindik halqasidagi ko‟ndalang fassiya qalinlashgan
bo‟lib, qorin bo‟shlig‟ida bosim kuchayganda ichki a‟zolar kindik halqasidan yoki yuqori qismidan
yoki pastki qismidan churra xalta ko‟ndalang fassiya va qorinning oq chizig‟i orasidan o‟tib kindik
kanali hosil qiladi va kindik halqasi orqali teri tagi yog' qatlamiga o‟tadi. Kindik churrasida uning
xaltasi teri, teri tagi yog' qatlami va ko‟ndalang fassiya bilan qoplanadi. Churra hosilasi bo‟lib
ko‟pchilik holatlarda charvi, ingichka va yo'g'on ichak sirtmoqlari tashkil qiladi.
Churra pardalari holatiga ko‟ra:
1. Asoratlangan – churra pardalarining yirtilishi, yiringli parchalanishi va ichak okmalari.
2. Asoratlanmagan (pardalari o'zgarmagan).
Kindik churralari bo‟lgan bolalarning taxminan 65 % ida boshqa rivojlanish nuqsonlari (yurak,
oshqozon-ichak trakti, siydik tanosil tizimi) bilan birga uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |