Organizmlarning ko’payishi. Jinssiz ko’payish



Download 1,57 Mb.
bet3/3
Sana05.01.2023
Hajmi1,57 Mb.
#897675
1   2   3
Bog'liq
Organizmlarning ko

Spermatogenez. Spermatozoid hujayrasining hosil bо‘lishida 4 davr tafovut etiladi:
1. Kо‘payish.
2. О‘sish.
3. Yetilish
4. Shakllanish (spermiogenez)
Organizmning embrional rivojidan boshlab jinsiy bez urug‘ naylarining eng tashqi zonasida joylashgan hujayralar – spermatogoniylarda muntazam ravishda mitoz yо‘li bilan kо‘payish rо‘y beradi. Muntazam kо‘payib turuvchi hujayralarning ikki toifasi – A va B spermatogoniylar farqlanadi. A toifadagi spermatogoniylarda rо‘y berib turgan kо‘payish (mitoz) jarayoni shu hujayra miqdorining kamaymasligini ta’minlab beradi. A spermatogoniylar о‘zak hujayra hisoblanadi. Shu hujayra­larning kо‘p marta bо‘linishi bilan V spermatogoniylar hosil bо‘ladi. Balog‘atga yetish bilan mana shu V spermatogoniylarda mitoz jarayon bir necha bor sodir bо‘lib, hosila hujayralar keyingi davrga о‘tadi. Shu toifa hujayralar о‘sish davriga tayyor hujayralar hisoblanadi.
О‘sish davri bilan meyozning boshlanishi sodir bо‘ladi. Profaza sо‘ngida yirik 1 – tartibli spermatotsit hosil bо‘ladi. Bu hujayralar urug‘ nayi devorining keyingi qismiga siljiydi. Meyozning birinchi bо‘linishi bilan, har bir shunday hujayradan gaploid xromosoma tо‘plamiga ega bо‘lgan ikkita 2 – tartibli spermatotsit hosil bо‘ladi va spermatogenezning yetilish davri boshlanadi. Shu bо‘linishdan, keyin, ketma-ket sodir bо‘lgan meyozning ikkinchi bо‘linishi natijasida, har bir 2 tartibli spermatotsit hujayrasi, urug‘ nayi tyoshigiga farq qismda joylashgan, ikkitadan spermatid hujayralari hosil qiladi. Bu hujayralar mayda, chо‘zinchoq bо‘ladi. Odamda meyoz bо‘linishning birinchi davri bir necha hafta davomida kechadi, 2- bо‘linish esa 8 soat davom etadi.
Spermatidalarning spermatozoidlarga aylanishi – spermio­genez jarayoni murakkab bо‘lib, dastavval spermatid yadrosi kichiklashadi, xromatin о‘ta zichlashib boradi, yadro bir tomonga sitoplazma esa, uni о‘rab boshqa tomonga siljiydi. Sitoplazma tuzilmalarining murakkab qayta joylanishi, sitoplazma «ortiqcha» qismining parchalanishi rо‘y beradi. Golji kompleksi yadro oldi qismiga joylashib, murakkab о‘zgarishlar natijasida akrosomaga aylanadi.
Spermatogenez mobaynida jinsiy hujayralar urug‘ nayi devoridagi oziqlantiruvchi hujayra – Sertoli hujayrasi bilan farqdan bog‘liq bо‘ladi. Ularning о‘zaro zich yotishi Sertoli hujayrasining oziqlantirish, degeneratsiyaga uchragan hujayralarni fagotsitoz qilish va boshqa faoliyatlarni bajarib, spermatozoid hosil bо‘lishida muhim ahamiyati borligini kо‘rsatadi.
Spermatogenez jarayonida har bir spermatogoniy gaploid xromosoma tо‘plami tutgan 4 ta spermatozoid hosil qiladi. Shu spermatozoidlardan ikkitasi X jinsiy xromosoma, ikkitasi esa Y xromosomaga ega bо‘ladi. Demak, erkak organizmi jinsiy hujayralari ikki xil xromosomali hujayra – geterogamet hujayra hisoblanadi. Spermatogenez jarayoni kо‘pgina hayvonlarda yilning ma’lum vaqtlaridagina sodir bо‘ladi. Boshqa vaqtlarda ularning jinsiy bezi urug‘ nayida, faqatgina, spermatogoniylar bо‘ladi.
Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish