1.55. K2S.xH2O da suvning miqdori 45 % bo‘lsa, uning formulasi tarkibidagi x qanchaga teng. (Javob: x=5).
1.56. Natriy gidrofosfat (Na2HPO4.xH2O) kristallgidrati tarkibida 65,67 % kislorod bo‘lsa, kristallgidrat tarkibidagi x ning qiymati nechaga teng?
Yechish: Moddaning molekulyar massasini quyidagi formulalar yordamida hisoblaymiz:
Mr=1Ar(Na)+Ar(H)+Ar(P)+2Ar(O)+x[3Ar(H)+4Ar(O)]:
va Mr=142+18x.
Bu ikkala qiymat teng bo‘lganligi uchun ularni
tarzda yozib, tenglamani yechsak: x=7 bo‘ladi.
1.57. Elementlarning massa ulushlari bo‘yicha kristallgidratlar tarkibidagi x ni aniqlang:
MgBr2xH2O, Br=54,79 %;
b) MgCl2xH2O, Cl=34,98 %;
c) Fe(NO3)3xH2O, N=10,4 %;
d) Al2(SO4)3(NH4)2SO4xH2O, S=14,11 %.
(Javob: a, b 6; c 9; d 24).
1.58. Kristallgidrat tarkibidagi vodorodning massa ulushi bo‘yicha x ni aniqlang:
Na2HPO4xH2O, H=6,98 %;
b) NaH2PO4xH2O, H=3,85 %;
c) (NH4)2C2O4xH2O, H=7,04 %;
d) Al2(SO4)3(NH4)2SO4xH2O, H=6,18 %;
e) MgSO4xH2O, H=5,69 %.
(Javob: a 12; b 2; c 1; d 24; e 7).
1.59. Kristallgidrat tarkibidagi kislorodning massa ulushi bo‘yicha x ni aniqlang:
Li2SO4xH2O, O =62,5 %; b) Cr2(SO4)3xH2O, O=67,04 %;
c) MgSO4xH2O, O=71,54 %; d) Na2SO4xH2O, O=69,56 %;
e) Mg(NO3)2xH2O, O=75 %; f) FeSO4xH2O, O=63,31 %;
g) Fe2(SO4)3K2SO4xH2O, O=63,69; h) Fe(NO3)2xH2O, O=66,67 %;
i) Fe(NO3)3xH2O, O=68,57 %; j) Fe(NO3)3xH2O, O=71,29 %;
k) Al2(SO4)3K2SO4xH2O, O=67,44 %;
l) Al2(SO4)3(NH4)2SO4xH2O, O=70,56 %;
m) Bi(NO3)3xH2O, O=46,19 %; n) FeCl2.xH2O, O=32,16 %.
(Javob: a 1; b 18; c, f 7; e – 6; d 10: g, k, l 24: h, i 6: j 9; m 5; n 4).
Ekvivalentlar qonuni
Ekvivalentlar qonuning mohiyatini quyidagicha qisqacha ifodalash mumkin: agar ma’lum massalardagi ikki elementning har ikkalasi ham bir xil muayyan massadagi uchinchi element bilan qoldiqsiz reaksiyaga kirishsa, unda ular o’zaro ta’sirlashganda ham qoldiqsiz reaksiyaga kirishadilar. Boshqacha aytganda elementlar bir-birlari bilan har qanday miqdorda emas, balki ma’lum (ekvivalent) massalarda birikadilar.
Element bir og’irlik qism vodorod yoki 8 og’irlik qism kislorod bilan qoldiqsiz birikadigan yoki birikmalarda ularning o’rnini oladigan miqdori uning ekvivalenti deyiladi. Elementning ekvivalentiga son jihatdan teng qilib gramm hisobida olingan miqdori gramm-ekvivalent deyiladi.
Ekvivalentlar qonunini moddaning atom tuzilishidan kelib chiqqan holda ham izohlash mumkin. Molekulalar tarkibini bilgan holda, masalan, HCl va NaCl holatida 1 mol atom vodoro1,0079g massasi 1 mol atom Na ning 22,98977 g miqdoriga ekvivalentligini anglash qiyin emas. H2O va HCl holatida 1 mol atom vodorodga to’g’ri keladigan 7,999 g kislorod va 35,453 g xlor massalari ekvivalent massalari ekanligini ko’rish mumkin.
Kimyoviy birikmalarda elementlar ekvivalentlari o’zgaruvchan qiymatlarga ega bo’lishi ham mimkin; Bu holatda element ekvivalenti qanday kimyoviy birikma hosil bo’lishi va bunda kechadigan kimyoviy o’zgarish turiga bog’liq. Masalan elementlardan H2S hosil bo’lishida (H2 + S = H2S ) oltingugurtning ekvivalent massasi 16 g/mol, yani ekvivalenti ½ mol. SO2 hosil bo’lishida esa (S + O2 =SO2) uning ekvivalent massasi 8 g/mol, ekvivakenti ¼ molni tashkil qiladi. Bundan ko’rinib turibdiki element ekvivalenti yoki ekvivalent massasi to’g’risida elementning biror bir birikmasiga asoslanib xulosa chiqarish mumkin. Mantiqiy ravishda quyidagi qoidaviy xulosaga kelish mumkin: elementning ekvivalent massasi uning atomi molyar massasining birikmasidagi valentligiga nisbatiga teng.
Kislotalar ekvivalenti – ularning tarkibida metalga almashina oladigan bir ekvivalent vodorod saqlagan miqdoridir. Masalan HCl, HNO3, CH3COOH kislotalar ekvivalentlari qiymat jihatdan molyar massalariga teng va tegishlicha 36,46; 63,01 va 60,03 g ga teng, chunki ularda metalga almashadigan bir mol vodorod atomi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |