1.17. Modda miqdori 0,25 mol bo‘lgan kaliy sulfat (K2SO4) necha gramm keladi?
Yechish. Masalani yechish uchun (1.4) formuladan foydalanamiz: m=vM=0,25.174=43,5 g.
1.18. 0,1 mol karbonat angidrid (CO2) necha g keladi? (Javob: 4,4 g).
1.19. 0,5 mol kalsiy fosfat [Ca3(PO4)2] necha g keladi? (Javob: 155 g).
1.20. 17,2 g gips (CaSO4.2H2O) da nechta oltingugurt va kislorod atomlari bor?
Yechish. Masalani yechish uchun avvalo (1.4) formula asosida modda miqdori topiladi. so‘ngra modda miqdori Avogadro soni va moddadagi atomlar soniga ko‘paytiriladi:
mol.
N(S)=v.6,02.1023=0,1.6,02.1023=6,02.1022.
N(O)=.6,02.1023=0,1.6.6,02.1023=3,612.1023.
1.21. 234 g kalsiy digidrofosfat [Ca(H2PO4)2] dagi kalsiy, vodorod, fosfor va kisdorod atomlarining sonini toping.
(Javob: Ca-6,02.1023; H -24,08.1023, P-12,04.1023, O-48,16.1023).
1.22. Massasi 48 kg bo‘lgan ozonda nechta kislorod atomi bor? (Javob: 1,8·1027).
1.23. 84 t alyuminiy ftoriddagi ftor atomining sonini toping. (Javob: 1,8·1030).
1.24. Ag2O ning qancha massasida Ag3PO4 ning 41,86 g massasidagicha kumush atomi bo‘ladi?
Yechish. Ag3PO4 ning modda miqdori mol ni topamiz. Shuncha miqdor moddaga to‘g‘ri keladigan atomlar soni: NAg=0,1.6,02.1023=3.6,02.1022=1,806.1023.
(1.4) va (1.5) formulalardan modda miqdorining har bir formuladagi qiymatini tenglashtirib, ni hosil qilish va undan moddaning massasini
g
topish mumkin.
1.25. Ammoniy nitratning qancha massasida 8,5 g natriy nitratdagicha azot atomi bo’ladi? (Javob: 4,0 g).
1.26. Natriy fosfatning qancha massasida 0,34 g fosfindagicha fosfor atomi bo‘ladi? (Javob: 1,64 g).
Kimyoning asosiy qonunlari
Kimyoning asosiy qonunlarini bilishdan oldin kimyoviy reaksiyalar ya’ni kimyoviy jarayonlarda qanday reaksiyalar borishini va ularni qanday turlarga bo’linishini bilish zarur. Kimyoviy reaksiyalar o’ziga xos belgilarga asoslanib quyidagicha sinflanadi:
Dastlabki va hosil bo’luvchi moddalar tarkibiga kiradigan elementlar atomlarida oksidlanish darajasi o’zgarishi bo’yicha–oksidlanish– qaytarilish reaksiyalari;
Dastlabki va hosil bo’luvchi moddalarning soni va tarkibi jihatidan – ajralish, o’rin olish, birikish, almashinish reaksiyalari;
Reaksiyalar va sistemalar orasida issiqlik almashinshi jihatidan ekzotermik (issiqlik chiqishi) va endotermik (issiqlik yutilishi) reaksiyalar;
Reaksion jarayoning yo’nalishi jihatdan qaytar va qaytmas reaksiyalar.
Modda tarkibining doimiylik qonuni
Moddalar o’zaro ta’sirlashganda boshqa xil murakkab moddalar hosil bo’lish ham ularning miqdoriy nisabatlariga bog’liq. Masalan temir sulfid molekulasi bir atom temir bilan bir atom oltingugurtning birikishidan hosil bo’lgan. Ularda atom massalarining nisbati Ar(Fe):Ar(S)=56:32 ekanligi FeS formuladan ko’rinib turibdi. Bu massa nisbatlarni eng kichik butun sonlarda belgilasa, 7:4 bo’ladi. Temir sulfid tuzini boshqa usul bilan ham olish mumkin, masalan natriy sulfid va femir(II)xlorid ta’sirlashuvidan: Na2S + FeCl2 → FeS + 2NaCl
Avvalgi usulda ikkita oddiy moddaning birikishidan temir sulfid hosil bo’lgan bo’lsa; ikkinchi usulda u ikkita murakkab moddalar tarkibidagi elementlar atomlarining qayta guruhlanishidan hosil bo’ladi.
Shunga qaramay, har ikki usul bilan olingan temir sulfid tarkibidagi elementlar-ning massa nisbatlari bir xil – 7:4.
Suv molekulasi formulasi H2O dan ikki massa qism vodorod bilan 16 massa qism kislorod birikkanligi ko’rinib turibdi:
2H2 + O2 = 2H2O yoki Ar(H) + Ar(H):Ar(O)=1 + 1:16=2:16.
Bunda eng kichik massa nisbatlar 1:8 bo’ladi. Suv molekulasi faqat vodorod va kislorod molekulalarining ta’sirlashuvidangina emas, balki boshqa kimyoviy reaksiyalar paytida ham hosil bo’ladi. Masalan tabiiy gaz yonganda:
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O
Bu misollardan quyidagicha xulosa qilish mumkin. Har qanday sof modda qayerda va qanday usul bilan olinishidan qat’iy nazar bir xil o’zgarmas tarkibga ega bo’ladi.
Karrali nisbatlar qonuni
Do'stlaringiz bilan baham: |