“Organik olamning xilma-xilligi” mavzusini o’qitishda o’quvchilarda muammolarni hal etish yo’llarini loyihalash usullari.
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………...
Asosiy qism
Biologiyani o’qitish jarayonini tashkil etish yuzasidan zamonaviy talablar. (O’zb. Res. Prezidentining farmonlari, yangi ta’lim qonunlari, xalqaro baholash dasturlari)……………………………………………………..
“Organik olamning xilma-xilligi” mavzusini o’qitishda zamonaviy interfaol usullardan foydalanish………………………………………………….
“Organik olamning xilma-xilligi” mavzusini o’qitishda o’quvchilarda muammolarni hal etish yo’llarini loyihalash…………………………..
“Organik olamning xilma-xilligi” mavzuda o’quvchilarning bilimini nazorat qilishga mo’ljallangan nostandart testlardan foydalanish metodikasi…………………………………………………………....….
Xulosa……………………………………………………………………….….
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………....
KIRISH
Dunyoda o’quvchilarni baholash xalqaro dasturi (PISA), matematik va tabiiy fanlar bo`yisha savodxonlikni baholash (TIMSS) kabi tadqiqotlar natijalari biologiya fanini o`qitishda o’quvchilarning mustaqil ishlarini loyihalashtirish, kasbiy sohalarga yo`naltirilgan axborot resurslari ta’minotini yaratishga yo`naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlarning nazariy ahamiyati sifatida tabiiy fanlar, jumladan, biologiya fanlarini metodik ta’minlash, fanlararo aloqadorlik va modulli ta’lim imkoniyatlarini oshirish, amaliy ahamiyati sifatida mustaqil ishlarni nazorat qilish va baholashning onlayn tizimini joriy etish, virtual laboratoriya mashg’ulotlari, veb-kvest kabi texnologiyalaridan foydalanishda ko`rinadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yisha Harakatlar strategiyasi to`g’risida”gi PF–4947-son, 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o`rta, o`rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish shora-tadbirlari to`g’risida”gi PF–5313-son Farmonlari, 2017 yil 30 iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish ushun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash shora-tadbirlari to`g’risida”gi PQ–5099-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish shora-tadbirlari to`g’risida”gi 997-son qarori hamda boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Mamlakatimizda ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, professor-o`qituvchilar faoliyati ushun zarur shart-sharoitlarni yaratish, umumiy o`rta ta’lim muassasalari va akademik litsey o'quvchlarini qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar tabiiy fanlar, jumladan, biologiya fanini o`qitish samaradorligini oshirishda ilg’or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalari, mul’timediali ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Shu bilan birga, biologiyani o`qitishda axborot resurslaridan foydalanishning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirish zarurati mavjud. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yisha Harakatlar strategiyasida “kimyo, biologiya, fizika, matematika, informatika, shet tili kabi muhim va talab yuqori bo`lgan fanlarni shuqurlashtirilgan tarzda o`qitish, o`rta maxsus ta’lim sifatini yaxshilash, hamda rivojlantirish”1 ustuvor vazifa qilib belgilangan. Bu borada akademik litseylarda biologiyadan o’quvchilarning mustaqil o`quv faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish metodikasi, virtual laboratoriya topshiriqlaridan foydalanish mazmuni, axborot resurslarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahonda ta’lim jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ta’lim resurslari bazasini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mustaqil ta’lim faoliyatini qo`llab-quvvatlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Tabiiy fanlarni o`qitishda SMART texnologiyalari, Interaktiv dasturiy vositalarning vizual va virtual imkoniyatlariga asoslangan, shuningdek, biologik jarayonlarga oid o`z-o`zini rivojlantirish, refleksiv ko`nikmalarni tarkib toptirishga yo`naltirilgan elektron axborot resurslarining o`rni yuqori hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |