Struktura birliklari-makromolekulada ko'p marta takrorlanadigan atomlar guruhi.
Polimerlanish darajasi-makromolekula hosil qilishini ko'rsatadigan son. Polimerlanish reaksiyasi-quyi molekulyar moddalarning bir-birlari bilan o'zaro birikib yuqori molekulyar birikma hosil qilish reaksiyasi.
Zanjirli polimerlanish-nisbatan tez amalga oshadigan polimerlanish. Bosqichli polimerlanish-nisbatan sekin amalga oshadigan polimerlanish. Radikal polimerlanish-faol markaz erkin radikallarning hosil bo'lishi bilan boradigan polimerlanish.
Ionli polimerlanish-faol markaz katalizator ishtirokida ion hosil bo'lishi bilan boradigan polimerlanish.
Sopolimerlanish-ikki yoki undan ortiq monomerlarning birgalikda polimerlanish reaksiyasi.