Polikondensatlanish reaksiyalari. Ko'pchilik sintetik yuqori molekulyar birikmalar polikondensatlanish reaksiyalari natijasida hosil bo'ladi. Bunday reaksiyalarda asosiy mahsulot yuqori molekulyar birikma hosil bo'lishi bilan bir qatorda ikkilamchi mahsulotlar (suv, HCl, NH3, spirt) ajralib chiqadi. Shuning uchun ham polikondensatlanish reaksiyasi yo'li bilan olinadigan yuqori molekulyar birikmalarning molekulyar og'irliklari dastlabki olingan monomerlarning molekulyar og'irliklari yig'indisidan kichik bo'ladi. Makromolekulalarining tuzilishiga qarab polimerlar chiziqsimon, tarmoqlangan va fazoviy tuzilishga ega bo'lgan polimerlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |