Organik kimyo


UGLEVODORODLARNING TABIIY MANBALARI



Download 388 Kb.
bet9/29
Sana30.08.2021
Hajmi388 Kb.
#159898
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
ORGANIK KIMYO -10 sinf

UGLEVODORODLARNING TABIIY MANBALARI
1. Uglevodorodlarning tabiiy manbalarini ko'rsating.

J: Neft, tabiiy gazlar, toshko'mir

2. O'zbekistonning gaz zaxirasi qancha?

J: 2 trillion kubometr

3. O'zbekistonda ... neft konlari mavjud.

J: 160 dan ortiq

4. Neft va gaz mavjud O'zbekistonning 5 ta asosiy mintaqasini aniqlang.

J: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G'arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg'ona

5. Ko'kdumaloqda qanday turdagi zavod mavjud?

J: Neft va gazni qayta ishlaydigan

6. Koks nimadan olinadi?

J: Toshko'mirdan

7. Koks substansiyaning tarkibi ...

J: Uchuvchan moddalar, ugierod va kul

8. "Toshko'mir smolasining ajralish haroratini ko'rsating.

J: 25° - 79°C

9. Toshko'mirni fraksiyalashda 170°C da qaysi fraksiya ketadi?

J: Yengil moy fraksiyasi

10. Fenol va naftalin tutuvchi o'rta moy fraksiyasi boradigan haforatni aniqlang.

J: 170° - 230°C

11. Naftalin va uning gomologlarini tutuvchi fraksiya qanday nomianadi, uning haroratini ko'rsating.

J: Og'ir moy; 230° - 270°C

12. Antratsen moyi fraksiyasi mahsulotlari va haroratini aniqlang.

J: Antratsen, fenantren; 270° - 350°C

13. Toshko'mir smolasi haydalishining oxirgi bosqichida qoladigan modda nima?

J; Рек, ya'ni kuyindi

14. Ammiak suvi qayerda ishlatiladi?

J: Mineral o'g'it olishda

15. Gazsimon, suyuq va qattiq aglevodorodlarning aralashmasidan iborat moysimon, rangi sariq yoki och qo'ng'ir rangdan qora ranggacha. yoqimsiz hidli, suvdan yengil suyuqlik. Gap

qaysi modda ustida ketmoqda?

J: Neft

16. Neft tarkibida oz miqdorda uchraydigan moddalar qaysilar?

J: Naften kislotalar, S va N tutgan birikmalar

17. Benzin fraksiyasida tarkibida qancha uglerod tutgan moddalar ajratiladi?

J: C4-C12 gacha

18. Benzin fraksiyasida beriladigan harorat qancha?

J: 35° - 195°C

19. Neftning ikkinchi fraksiyasiga tegishli parametrlami ko'rsating

J: C9-C16 uglevodorod tarkibli moddalar chiqadi, 200° - 300°C da boradi, kerosin fraksiyasi deb nomlanadi

20. Neftni 300 gradusdan yuqori temperaturada fraksiyalash qanday ataladi?

J: Mazut fraksiyasi

21. Raketa dvigatellari uchun yoqilg'i...

J: Kerosin

22. Mazut foydalaniladigan sohalar...

J: Bug' qozoni uchun yoqilg'i, vazelin, parafin olishda xomashyo

23. Mazutni haydashda tarkibidagi uglevodorodlar parchalanib ketmasligi uchun nima qilinadi?

J: O'ta qizigan bug' bilan haydaladi

24. Mineral moyiarolinadigan manba ...

J: Mazut

25. Neftni haydashdan qolgan qoldiq nima deyiladi?

J: Neft kuyindisi, рек, gudron

26. Yo'l qoplamalari tayyorlashda ishlatiladigan modda nima?

J; Gudron

27. Neftni to'g'ridan to'g'ri haydashda benzinning chiqish unumini aniqlang.

J: 5 -14%

28. Benzin unumi qanday oshiriladi?

J: Neft krekinglanadi

29. Neftni krekinglashda benzinning unumi qanchagacha oshib ketadi?

J: 65-70% gacha

30. Neftni krekinglab benzin olishda chiqadigan gazlar qaysi uglevodorodlar oilasiga kiradi?

J: To'yinmagan

31. Neftda erigan yoki qazib olinadigan joylarda tabiiy uchraydigan gazlar qanday ataladi?

J: Yo'ldosh gazlar

32. Qanday gazlar yo'ldosh gazlar sifatida uchraydi?

J: Metan, etan, propan, butan

33. Qora rangli, moysimon, suvdan biroz yengil va unda erimaydigan uglevodorodlar aralashmasidan tashkil topgan suyuqlik nima?

J: Neft

34. Boku neftida (1) Grozniy va Farg'ona neftida (2) ... ko’p bo'ladi.

J: 1) sikloparafinlar; 2) to'yingan uglevodorodlar

35. Hamma neft tarkibida uchraydigan elementlarni ayting.

J: N, S, О

36. Tarkibi asosan suyuq uglevodorodlardan iborat bo'lgan neft nima deyiladi?

J: Parafin asosli neft

37. Tarkibida asosan qattiq uglevodorodlar bo'ladigan neft qanday ataladi?

J: Asfalt asosli

38. Qaynash temperaturasiga asoslanib haydash nima deyiladi?

J: Fraksion haydash

39. Neft haydalganida nechta fraksiyaga ajratiladi?

J: 3 ta

40. Birinchi fraksiya qanday ataladi?

J: Gazolin fraksiyasi (40 - 150‘C)

41. Gazolin fraksiyasida tarkibida qancha С atomi tutgan moddalar ajraladi?

J: C5-C11

42. Gazolin fraksiyasida qanday benzinlar olinadi?

J: Yengii, o'rta va og‘ir benzinlar

43. Gazolin yoki petroley efiri deb nomlanadigan benzin qaysi?

J: Yengii benzin

44. Yengii benzin necha gradusda ajraladi?

J: 4 0 -7 0 ‘C

45. Asosan erituvchi sifatida ishlatiladigan benzin qaysi?

J: Yengii benzin

46. Haqiqiy benzin deb ham ataladigan benzin ajralib chiqadigan haroratni ko'rsating.

J: 70 - 120’C

47. O'rtacha benzin ... ham deyiladi.

J: Haqiqiy benzin

48. 7 0 - 120'C haroratda olingan fraksiyalash mahsuloti qanday maqsadda ishlatiladi?

J: Dvigatel yonilg'isi sifatida

49. Og'ir benzin ... ham deyiladi.

J: Ligroyin

50. Ligroyin ajralib chiqadigan haroratni ko'rsating.

J: 120-140 C

51. Qaysi fraksiyalash mahsulotidan dizei yoqilg'isi olinadi?

J: Og'ir benzindan

52. Neftni haydashdagi ikkinchi fraksiya qanday ataladi?

J: Kerosin fraksiyasi

53. Kerosin fraksiyasida beriladigan haroratni aniqlang.

J: 150 - 350'C

54. Kerosin fraksiyasida ajraladigan moddalar tarkibidagi С atomlari sonini aniqlang.

J- С916

55. Neft haydashning uchinchi fraksiyasi qanday ataladi?

J: Qoramoy (mazut) fraksiyasi

56. Haydashning qaysi bosqichida tarkibida 16 tadan ko'p С atomi tutgan moddalar ajrala boshlaydi?

J: Mazut fraksiyasida

57. Qoramoy fraksiyasining nozik jihati nimada?

J: U haydalganida parchalanib ketishi mumkin

58. Qoramoyni haydashda parchalanib ketishining oldini olish uchun qanday usul qo'llaniladi?

J: Suv bug'i bilan yoki vakuumda haydaladi

59. Mazutdan olinadigan mahsulotlarni aniqlang.

J: Solyar moylar, vazelin, parafin

60. Qoramoy fraksiyasidan keyin ...

J: Gudron qoladi

61. Asfalt tayyorlashda ishlatiladigan neft mahsuloti nima?

J: Gudron

62. Gazolin fraksiyasida umumiy neft hajmining necha foizi benzinga aylanishi mumkin?

J: 5 - 20%

63. Benzin unumini oshirish uchun nima qilinadi?

J: Neft krekinglanadi

64. Kreking necha xil bo'ladi?

J: 2 xil: termik va katalitik kreking

65. Termik krekingga mos sharoitlarni ayting.

J: 450 - 500'C da bosim ostida boradi, sekin sodir bo'ladi, tarmoqlanmagan uglevodorodlar hosil bo'ladi, termik kreking benzinini uzoq saqlab bo'lmaydi

66. Termik kreking jarayonida ajraladigan sanoat uchun muhim kreking gazi qaysi?

J: Izopropilen

67. Kreking gazidan (izopropilendan) nima olinadi?

J: Sintez yo'li bilan yuqori sifatli motor yonilg'isi olinadi

68. Kreking jarayonida benzin miqdori…..

J: 2 baravar oshadi

69. Bug‘ fazali kreking sharoitini ko'rsating.

J: Past bosim, 550 - 600'C harorat

70. Katalitik kreking uchun mos sharoitiarni ko'rsating.

J: 450'C da atmosfera bosimida katalizator ishtirokida boradi, ancha tez kechadi, uglevodorodlar parchalanishidan tashqari izomerlanish ham yuz beradi, undan olingan

benzinni uzoq vaqt saqlasa bo'ladi

71. Katalitik krekingda katalizator sifatida qaysi moddalar ishlatiishi mumkin?

J: AlCI3, alyumosilikatlar

72. Katalitik benzinning termik turg'unligiga sabab nima?

J: Zanjir tarmoqlanishi

73. Katalitik kreking benzini uzoq vaqt saqlanishiga sabab nima?

J: Tarkibida to'yinmagan uglevodorodlar kam bo'ladi

74. Benzinning detonatsiyaga chidamliligi nima bilan o'lchanadi?

J: Oktan soni bilan

75. Neftni aromatlashda qanday moddalar hosil bo'ladi?

J: Aromatik uglevodorodlar

76. Tabiiy gaz tarkibidagi etanning hajmiy ulushi qancha?

J: 2 - 20%

77. Tabiiy gazda qo'shimcha sifatida juda oz miqdorda bo'ladigan moddalami toping.

J: H2S, N2, C02, va suv bug'i

78. Neft bilan birga uchraydigan gazlar qanday ataladi?

J: Yo'ldosh gazlar

79. Yo'ldosh gazlarda ... ozroq bo'ladi.

J: Metan


80. Uglevodorodning nisbiy molekulyar massasi qancha katta bo'lsa, ...

J: Tabiiy gazda metan shuncha kam bo'ladi

81. Piroliz qaysi modda ustida amalga oshiriladi?

J: Toshko'mir

82. Piroliz nima?

J: Toshko'mirning havosiz joyda 1000 - 1200‘C gacha qizdirilishi

83. Toshko'mir smolasidan olinadigan mahsulotlar qaysilar?

J: Benzol, toluol, ksilol, fenol, naftalin, piridin

84. Toshko'mir smolasidan olinadigan azotli geterosiklik birikma qaysi?

J: Piridin

85. Koks gazi qanday hosil bo'ladi?

J: Toshko'mirni pirolizlaganda

86. Koks gazining takibi qanday?

J: H260%, CH425%, C025%, N022%, C2H2, 2%

87. Koks gazi tarkibida deyarli teng hajmda bo'ladigan gazlar

qaysilar?

J: N02 2% va C2H4 2%


Download 388 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish