Organik kimyo fanining vazifalari
1. Tirik organizmdagi moddalarni sintez qilish (oqsil moddalarni sintez qilish).
2. Sun'iy moddalarni sintez qilish.
Organik kimyo manbalari
O’simliklar dunyosi (eng boy manba) - sellyuloza, kraxmal, shakar, spirt, sirka kislotasi, efir moylari, o’simlik moylari.
2. Tirik bo’lmagan o’simliklar dunyosi – ko’mir, torf, slanes, neft, gaz.
3. Hayvonot dunyosi – yog’, oqsil, oziq-ovqat mahsulotlarini olish mumkin.
Rivojlanish tarixi
Vitalistlar nazariyasi (ya'ni tirik organizmlarda uchraydigan moddalarni sun'iy ravishda olish mumkin emas degan nazariya).
Moddalarni klassifikasiya qilishda birinchi nazariya radikallar nazariyasi. Bu nazariyaga binoan organik moddalar ikki qismdan iboratdir. Asosiy qism radikal va qo’shimcha.
Radikal qism reaksiyalar davomida o’zgarmas deb qabul qilindi. Lekin tezda ma'lum bo’lishicha radikal ham o’zgarishi mumkin ekan. Masalan, CH3COOH yoki C2H3O (radikal) OH(qo’shimcha) ya'ni CH3COCl yoki CCl3COOH .
Radikaldagi vodorodlar o’rnini xlorning olishi bilan radikal o’zgardi. Buni birinchi marta Dyuma tomonidan aniqlandi.
Tiplar nazariyasi. Bu nazariyaga binoan asos qilib o’zgaradigan qism qabul qilindi va ma'lum anorganik moddalarga o’xshatildi. Masalan;
suv tipi. ; ; ; .
Demak bular ham suv singari reaksiyalarga kirishadi. Masalan, natriy metali ta'sirida vodorod ajralib chiqadi.
Yoki ammiak tipi:
; ; ;
NH3 CH3NH2 (CH3)2NH (CH3)3N
Metan tipi: ; ;
СH4 CH3-CH3 CH3-CH2-CH3
Lekin shunday murakkab tuzilishli organik moddalar borki ularning tarkibida bir nechta tiplar uchraydi. Ularni bu nazariya bo’yicha nomlash qiyin bo’ladi.
XIX asrning 60 yillariga kelib molekulyar og’irlikni aniqlashda atom og’irlikning ishlatilishi, atomlarning molekulada o’zaro bog’langan holda bo’lishining aniqlanishi, hamda Shotland kimyogari A.Kuper va nemis kimyogari A.Kekulening organik birikmalarda uglerod elementining doimo to’rt valentli bo’lishini kashf etganliklari yangi nazariyaning yaratilishiga zamin bo’ldi. Shu ma'lumotlarga asoslanib rus olimi Butlerov (1861 y.) organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasini yaratdi.1823 yilda nemis kimyogari Yu.Libix tomonidan aniqlangan organik moddalarda izomeriya hodisasining sabablarini Butlerovning nazariyasi to’g’ri tushuntirib berdi. A.M.Butlerov molekulaning kimyoviy xossalari molekuladagi atomlarning joylashishiga bog’liq ekanligini isbotladi. Masalan,
Metan metil spirt chumoli kislota
Metan va metil spirtida to’rttadan vodorod bor, ammo metil spirtidagi gidroksil gruppaning vodorodi qolgan vodorodlarga nisbatan reaksiyaga tez kirishadi. Metil spirtidagi gidroksil gruppa vodorodi chumoli kislotadagi gidroksil gruppa vodorodidan farq qiladi, buni quyidagi reaksiyalarda ko’ramiz:
СН3ОН + NaOH
A.M.Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
Organik modda molekulasini tashkil qiluvchi atomlar bir-biri bilan ma'lum izchillikda bog’lanib, doimo bir-biriga ta'sir qilib turadi.
Moddalarning fizik va kimyoviy xossalari molekulalarning tarkibi hamda ularning tuzilishiga bog’liq. Molekulasining tarkibi, molekulyar og’irligi bir xil bo’lib, ammo kimyoviy tuzilishi va xossalari har xil bo’lgan moddalar "izomerlar" deyiladi.
Kimyoviy tuzilish - molekuladagi atomlarning birikish tartibidir. Har bir molekula o’ziga xos yagona kimyoviy tuzilishga ega.
Organik moddalarning kimyoviy tuzilishi ularning xossalarini o’rganish va klassik kimyoviy
reaksiyalar orqali aniq tuzilishga ega bo’lgan moddalarni hosil qilish orqali aniqlanadi.
Organik moddalarda uglerod elementi doimo to’rt valentli bo’lib, boshqa elementlar bilan birikishdan tashqari o’zaro ham birikib to’g’ri, tarmoqlangan va xalqasimon zanjirlar hosil qila oladi.
Butlerov tomonidan kashf etilgan bu nazariya moddalarning aniq tuzilishini ko’rsatadi. Bu nazariya yordamida o’sha vaqtda ma'lum bo’lgan va yangi topilgan moddalarni to’la klassifikasiyalash mumkin bo’ldi, yangi moddalarning sintez yo’llari ko’rsatildi.
Organik moddalarni klassifikasiyalashda quyidagilar asos qilib olindi:
1. Uglerod organik moddalarda doimo to’rt valentli.
2. Agar organik moddalar tarkibida uglerod atomlari soni ko’p bo’lsa, ular zanjirsimon bog’li birikmalar hosil qiladi. Bunga uglerod skeleti deyiladi. Uglerod skeleti har xil bo’lishi mumkin:
1. Uglerod skeleti to’g’ri yoki tarmoqlangan zanjirli birikmalarda bo’lishi mumkin, bunga asiklik birikmalar deyiladi.
yoki
Asiklik birikmalar to’yingan va to’yinmagan birikmalarga bo’linadi.
To’yinmagan birikmalarda uglerod atomlari o’zaro qo’sh va uch bog’lar orqali birikkan bo’ladi.
b)
Karbosiklik birikmalar. Bunga uglerod atomlaridan tashkil topgan xalqa shaklidagi zanjirli birikmalar kiradi. Ular ikkiga bo’linadi:
II. a) alisiklik birikmalar, b) aromatik birikmalar, tarkibida C6H6 gruppa benzol xalqasi bo’ladi.
v). Geterosiklik birikmalar. Bu sinfga xalqada ugleroddan boshqa element (kislorod, azot, oltingugurt va boshqalar) atomlari ham bo’ladigan xalqasimon (siklik) birikmalar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |