339
Pereeterifikatsiya jarayoni muvozanat reaktsiyasi hisoblanadi. Muvozanatni o’nga
siljitish uchun olinishi maqsad qilingan efir tarkibigi spirtdan mo’l miqdor foydalanish talab
etiladi yoki reaktsiya mahsulotlaridan biri reaktsion aralashmadan haydaladi. Sanoatda asosan
keyingi usul qo’llanilib reaktsiyani oxirigacha yetkaziladi.
Pereeterifikatsiya reaktsiyasining yaqqol namunasi sifatida, polivinil spirti olishni
ko’rsatish mumking. Bu polimer, vinil spirtidan olinishi mumkin emas, chunki vinil spirti
beqaror va mavjud emas. Lekin uning efiri – vinilatsetat barqaror; uni sirka kislota va
atsetilendan simob sulfat ishtirokida sintez qilinadi.
Vinilatsetilenni polimerlab polivinil spirti ishlab chiqariladi.
Polivinilatsetat molekulasida minglab atsetat guruhlari bo’lsada, ularning har biri efirlar
uchun xos bo’lgan reaktsiyalarga kirishishi mumkin. Masalan, sulfat kislota ishtirokida
polivinilatsetat va metil spirti (t
qay
=65
o
S) teng miqdordagi metilatsetat va polivinil spirti
muvozanatida saqlanishi isbotlangan; agar reaktsion aralashma 57 – 59
o
S xaroratda qizdirilsa,
aralashmaning past xaroratda qaynovchi komponenti – metilatsetat (t
qay
=57
o
S) haydaladi va
reaktsiyaning oxirigacha borishini ko’rish mumkin.
Bunda hosil bo’luvchi polivinil spirti suvda eruvchi qoplama sifatida ishlatiladi va ba’zi
polimerlarni sintez qilishda oraliq mahsulot hisoblanadi.
Murakkab efirlar ammonolizi.
Murakkab efirlarni ammiak bilan qayta ishlash odatda
etil spirti erituvchiligida amalga oshiriladi va amidlar hosil bo’lishi bilan yakunlanadi. Bu
reaktsiya elektronlarga taqchil bo’lgan uglerod atomi bo’yicha asos – ammiakning nukleofil
xujumidir, natijada oksialkil
-OR
′
guruhi
NH
2
-
guruhiga almashinadi.
Murakkab efirlarning Grinyar reaktivi bilan reaktsiyalari.
Karbon kislotlarning
Grinyar reaktivi bilan reaktsiyalari uchlamchi spirtlar olishda muhim ahamiyatga ega. Aldegid
va ketonlar bilan reaktsiyasi kabi, nukleofil (asos) alkil yoki aril guruhi Grinyar reaktividagi,
karbonil guruhidagi elektronlar taqchil uglerod atomiga birikadi. Alkoksi-guruhining keyingi
eliminirlanishi keton hosil bo’lishiga olib kelar edi (ayrim sharoitlarda ketonlar hosil bo’lishi
aniqlangan). Lekin, bizga ma’lumki ketonlar Grinyar reaktivi bilan oson ta’sirlashadi va
uchlamchi-spirtlar hosil qiladi: biz kuzatayotgan holatlarda Grinyar reaktivining birikishidan
uchlamchi-spirtlarni hosil bo’lishini ko’rish mumkin.
CH
3
– C
O
OCH
Do'stlaringiz bilan baham: