Orfografiya nima? Orfografiyaning asosiy imlo qoidalarini ayting


Shakliy an’anaviy (tarixiy an’anaviy) tamoyilga asoslanadigan imlo qoidalarini ayting



Download 44,18 Kb.
bet3/5
Sana25.02.2022
Hajmi44,18 Kb.
#462992
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ona tilidan qo\'llanma

7. Shakliy an’anaviy (tarixiy an’anaviy) tamoyilga asoslanadigan imlo qoidalarini ayting. Shakliy an’anaviy tamoyil (bu tarixiy an’anaviy tamoyil deb ham yuritiladi). Bu tamoyilga ko`ra boshqa tillardan o`zlashgan so`zlar hozir ham o`tmishdagi shakliga muvofiq yoki o`zi mansub bo`lgan tildagi shaklini o`zbek imlosida ham saqlagan holda yoziladi. Bu tamoyil asosida quyidagi kabi imlo qoidalari ishlab chiqilgan: 1. Manfaat, matbaa, mutolaa, taajjub, taassurot kabi arab tilidan o`zlashgan so`zlarda bitta cho`ziq a talaffuz qilinsa ham, arab imlosini saqlagan holda yozuvda ikkita a yoziladi.
2. Mubolag`a, muzokara, munosabat, muhokama kabi arabcha so`zlarning urg`usiz bo`g`inida a og`zaki nutqda qisqa i tarzida aytilsa ham, an’anaga ko`ra a yoziladi.
3. Tadbir, tatbiq so`zlarining birinchi bo`g`ini oxiridagi d va t undoshlari bir xil t tovushi tarzida talaffuz qilinsa ham, yozuvda d va t undosh harflari saqlanadi.
4. Zachyot, syujet, rejissyor, sentyabr so`zlari og`zaki nutqda zachot, sujet, rejissor, sentabr tarzida talaffuz qilinsa ham, kirill alifbosida rus tilidagi shakli saqlanadi.
5. Rayon, mayor, Nyu-York so`zlaridagi yo harfiy birikmasi og`zaki nutqda yo` tarzida talaffuz qlinsa ham, yozuvda o`sha tildagi an’ana saqlanadi.
Bu tamoyil mumtoz adabiyot tiliga ham tatbiq etiladi. Qadimda hozirgi-kelasi zamon qo`shimchasi –r (-ar) ning –ur shakli ishlatilgan. Bu shakl ba’zan hozirgi she’riyatda ham saqlanadi.

  1. Grafik tamoyil nimani belgilab beradi?

Grafik tamoyil. Bu tamoyil asosidagi imlo qoidalari tovush bilan uning yozuvdagi shakli o`rtasidagi munosabatlarni ifodalashga asoslanadi. Masalan, sirg`aluvchi j tovushi bilan qorishiq portlovchi j tovushlari yozuvda bitta shakl – harf bilan berilishi (jo`ja-gijda kabi), sayoz til orqa –ng tovushini ifodalovchi harflar birikmasi ng va n va g tovushlarini ifodalovchi n va g harflari yonma-yon kelganda ham n va g talaffuz etilishi grafik tamoyil asosida belgilangan: ko`ngil, singil, senga, ingliz kabi. Morfologik tamoyil o`zbek orfografiyasining etakchi tamoyili bo`lib, imloga doir ko`pgina qoidalar ana shu tamoyilga asoslanadi.

Download 44,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish