Xulosa
ХVIII asrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ikki o'ta muhim jarayon ro'y
berdi.ХVI asrda boshlangan agrar inqilob yakunlandi; g'ov tutish va
dehqonlarni erlardan haydab chiqarish ulkan ko'lamda amalga oshirildi. G'ov
tutishlarga qarshi kurashganlar qattiq jazolanardi. Ko'plab xonavayron
bo'lgan dehqonlar, yollanma qishloq ishchilari va qishloq xunarmandlari
shaharlarga ish qidirib kelardilar, qashshoqlar va daydilar safiga
qo'shilardilar.Dehqonlar va mayda xunarmandlarning xonavayron bo'lishi
oqibatida arzon ishchi kuchi bozori paydo bo'ldi, bu esa, o'z navbatida,
yollanma mehnatning rivojlanishiga ko'maklashdi. Qishloq xo'jaligida
dehqonlarning mayda egaliklari o'rniga o'rta va yirik fermerlik xo'jaliklari
shakllandi. Xonavayron dehqonlarning qo'plari Shimoliy Amerikadagi
mustamlakalarga yo'l oldi.Mamlakatda moliyaviy doiralarning qudrati oshib
bordi. 1694 yilda Ingliz bankiga asos solindi. Ushbu muassasaning zayomlari
va pul operasiyalari tufayli ХVIII asrda sertarmoqli moliyaviy tizim vujudga
keldi.ХVIII asr sanoatida ham sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi. Mayda
ishlabchiqarish o'rnini manufakturalar egalladi. Ingliz sanoatining qiyofasini
o'zgartirib Yuborgan ixtirolar qilindi.
Sanoat tarmoqlaridan to'qimachilik,
metallurgiya, ko'mir sanoatlari tezkor sur'atlarda rivojlandi.Mamlakatda
yangi sanoat markazlari yuzaga keldi – Manchester, Birmingem, Liverpul va
boshq. Sanoatning rivojlanish fabrikalarida ishlaydigan yollanma ishchilar
qatlamini shakllantirdi. Fabrikalardagi mehnat o'zining og'irligi va bir xilligi
bilan ajralib turardi. Ish kuni 14-18 soatdan iborat bo'lib, maosh o'ta kam
miqdorda to'lanardi. Fabrikalarda ko'plab ayollar va bolalar mehnat qilardilar.
Yangi mashinalarning ixtiro qilinishi ko'plab ishdan bo'shatishlarga olib
kelardi. Mashinalarni sindirish va majaqlab tashlash (luddchilik) ishchilar
noroziligining dastlabki shakllaridan biri edi. ХVIII asrning ikkinchi yarmida
stachka (ish tashlash) harakati yuzaga keldi. Ishchilar asta-sekin birlashdilar
va o'z huquqlari uchun kurashni boshladilar.
Iqtisodiy o'sish talablariga mos
24
ravishda iqtisodiy nazariyalar ham paydo bo'ldi. Adam Smit davlatning
iqtisodiy boyishi, erkin raqobat va qiymat nazariyalarini yoqlab chiqqandi.
Yangi siyosiy ta'limot ham Yuzaga keldi. T.Men, Dj.Pristli, U.Goldvinning
qarashlari radikal-demokratik yo'nalishga ega edi.
Butun ХВИИИ asr
davomida Angliya Fransiya bilan qizg'in kurash olib bordi. O'sha davr kishilari
bu kurashni «ikkinchi Yuz yillik urush» deb atadilar. 40-yillarda savdo
raqobati Amerikaga ko'chib, Kanada uchun urushga aylandi. 1760 yilga kelib
inglizlar Fransiyaning Kanadadagi asosiy tayanch nuqtalari – Dyuken, Kvebek
va Monrealni egallab oldilar, 1763 yili esa fransuzlarni Kanadadan umuman
siqib chiqardilar.
ХVIII asrda hokimiyat tulaligicha ikki palata - lordlar palatasi
va jamoalar palatasidan iborat parlament qo'lida edi. Jamoalar palatasi aholi
tomonidan saylansa-da, mamlakatning 5,5 mln. aholisidan faqat 250 ming
kishigina saylov xukukiga ega edi. Kupgina yirik sanoat shaharlari
parlamentda yoki buto'nlay uz deputatlariga ega emas yoki deputatlar soni
juda kam edi. Masalan, 500 ming aholiga ega bo'lgan London shahri 4 ta
deputatlik o'rnigagina ega edi. Asr oxiriga kelib qirolning parlamentda
ko'pchilik o'ringa ega bo'lgan partiyalar vakillaridan vazirlarni tayinlashi odat
tusiga kirdi. Bu paytda parlamentda o'ringa ega bo'lgan asosiy partiyalar
ikkita - tori va vigi edi.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |