O'razalieva Lobar “Jahon tarixi” fanidan tayyorlagan Mavzu



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana06.07.2022
Hajmi0,92 Mb.
#750719
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5242311178826291957

1.2
 
Sanoat to'ntarilishi sharoitlarida Buyuk Britaniyaning 
siyosiy rivojlanishi. 
Butun ХVIII asr davomida Angliya Fransiya bilan qizg'in kurash olib bordi. 
O'sha davr kishilari bu kurashni «ikkinchi Yuz yillik urush» deb atadilar. 40-
yillarda savdo raqobati Amerikaga ko'chib, Kanada uchun urushga aylandi. 
1760 yilga kelib inglizlar Fransiyaning Kanadadagi asosiy tayanch nuqtalari – 
Dyuken, Kvebek va Monrealni egallab oldilar, 1763 yili esa fransuzlarni 
Kanadadan umuman siqib chiqardilar.Hindistondagi kurash esa shiddatliroq 
bo'lib, uzoqroq davom etdi. Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi hali ХВИИ 
asrdayoq Bombey (Mumbay) ni egallab, bir nechta mustahkamlangan 
portlarni barpo qildilar. Fransuzlar ham bir nechta dengiz bazalari va 
mustahkamlangan punktlarni qurdilar. Boburiylar imperiyasi qulagandan 
so'ng paydo bo'lgan hind knyazliklari o'rtasidagi ziddiyatdan foydalanib, 
ikkala davlat ham ularning ichki ishlariga faol aralasha boshladi. Fransuzlar 
bilan inglizlar o'rtasida ochiq urush ХВИИИ asr o'rtalarida boshlanib, inglizlar 
Hindistonning shimoli-sharqi – Bengaliyani tortib oldi. Keyinchalik esa 
Bengaliya, Bixar, Madras va boshqa bir qator viloyatlar ham inglizlar qo'liga 
o'tdi. Qator yirik hind knyazliklari Angliyaga qaram bo'lib qoldilar. Fransiya 
esa Hindistonda beshta punktni, uni ham mustahkamlamaslik sharti bilan 
qo'lda ushlab qoldi.Shunday qilib, ХVIII asrning 60-yillaridayoq Buyuk 
Britaniya qo'pgina mustamlakalarga ega bo'ldi: Shimoliy Amerikada 13 ta 
shtat, Kanada, Nyufaundlend oroli, Karib dengizidagi orollar, Hindistonning 
bir qismi va Afrikadagi faktoriyalar shular jumlasidan edi. Shu tariqa BuYuk 
Britaniya mustamlakachilik imperiyasiga asos solindi
3
. Angliya «dengiz 
hukmroni»-ga aylandi.ХIХ asrning o'rtalariga kelib Angliyada sanoat 
to'ntarilishi yakunlandi. Texnik ixtirolar va turli mashinalar ingliz sanoatining 
barcha tarmoqlarida qo'llanardi. To'qimachilik va ip-gazlama sanoati ilg'or 
3
Кертман Л.Г. География, история и культура Англии. М.: Высшая школа, 1979. 



sanoatlardan edi. Lekin, 30-40-yillarda og'ir sanoati va ayniqsa uning Yuragi 
bo'lmish mashinasozlik jadal rivojlanardi. Angliya boshqa davlatlarga turli 
mashinalarni eksport qila boshladi.Mamlakatda temir yo'llar qurilishi ham 
rivojlandi. Parovoz 1814 yili Dj.Stivenson tomonidan ixtiro qilindi. Dunyodagi 
birinchi temir yo'li Stokton-Darlington yo'nalishi bo'yicha 1825 yilda qurib 
bitkazildi. 1849 yilga kelib mamlakatdagi temir yo'llar uzunligi 9,5 ming km. 
tashkil etdi.Amerikalik R.Fulton tomonidan paroxod (bo'g' kemalari) ixtiro 
qilinishi (1807 y.) kanallardan transport yo'llari sifatida keng foydalanishga 
imkoniyat yaratdi.
Ishlab chiqarishdagi Yutuqlar tashqi eksportning o'sishiga 
olib keldi. To'qimachilik mollari bilan birgalikda og'ir sanoat mahsulotining 
eksporti o'sdi. Iqtisodiy o'sish fan rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq 
edi.Asr o'rtalariga kelib Angliya aholisi 21 mln. kishini tashkil etardi. 
Aholining 43% sanoat aholisi tashkil qilardi.Sanoat doiralarning kuchayib 
borishiga qaramasdan davlat hokimiyatida er egaliklarga ega bo'lgan 
zodagonlar (aristokratiya) hukmronlik qilar edilar. Bu ikki kuchning 
manfaatlari to'qnashib kelardi.Tori hokimiyat tepasida 1830-yilgacha qoldi. 
Robert Liverpul (1812-1827) hukumati Pittning polisiyachi siyosatini davom 
ettirardi. Tashqi siyosatda Robert Kaslri Muqaddas Ittifoq yo'lidan 
borardi.1815 yil agrar inqirozi, keyinchalik 1816 va 1819 yillardagi iqtisodiy 
inqirozlar ingliz jamiyatini larzaga keltirdi. Xalq noroziligi kuchaydi. Bu 
vaziyatda demokratik harakatlar yangi kuch bilan faoliyat olib bordilar. So'l 
radikal demokratlarga Genri Xant, Uilyam Kobbetlar boshchilik qilsa, o'ng 
mo''tadil radikallarning rahbarlari F.Berlett, Dj.Kartrayt-lar edi
4

Xalq harakati ayniqsa 1819 yili yuksaklarga chiqdi. Kurash markazi asta-
sekinlik bilan Londondan Manchesterga ko'chardi. Hukumatga qarshi 
harakatga vigilar ham qo'shildilar.Hukumat tomonidan o'tkazilgan 
repressiyalar, iqtisodiy inqirozning so'nib borishi norozilik harakatlarning 
pasayishiga olib keldi.Savdo-sanoat va moliya doiralarning siyosiy 
4
Бугашев С.И. Уильям Питт Старший: политическая биография. – СПб., 1998.


10 
qudratining o'sishi, vigi partiyasining jadal faoliyati, qolaversa tori partiyasi 
ichida «liberal» a'zolarning paydo bo'lishi (Dj.Kanning, Pil, Palmerston) 
mamlakatdagi siyosiy vaziyatni o'zgartirdi. Islohotlar o'tkazish talablari 
qat'iylik bilan qo'yilar edi.1825, 1827 yillardagi iqtisodiy inqirozlar va 1832 
yilgacha davom etgan depressiya aholining turmush darajasini juda 
pasaytirdi. Bu xalq noroziligining yana ko'tarilishiga olib keldi. Ishchilar 
stachkalar o'tkazishgan bo'lsa, qishloqlarda «suing» harakati tarqaldi.Savdo-
sanoat doiralari fritred (erkin savdo) shiori ostida proteksionizm va «non 
qonunlariga» qarshi chiqar edilar. 
1830 yili Georg IV (1820-1830) o'limi sababli o'tkazilgan favqulodda 
saylovlarda vigilar g'olib chiqishdi. Charlz Grey hukumati saylov tizimi islohoti 
qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu loyiha 15 oylik siyosiy kurashdan so'ng 
parlamentdan o'tdi. 1832 yili saylov islohoti qo'lga kiritildi.
Islohotlarning 
mohiyati «cho'ntak», «chirigan» saylov okruglarning ko'pchiligini yo'qotish 
edi. Bo'shab qolgan parlamentdagi 143 joy sanoat shaharlarga, zij aholisiga 
ega qishloq hududlarga, Shotlandiya va Irlandiyaga berildi. Saylov tizimida 
mulkiy senz saqlansa ham saylovchilarning soni ikki barobar ortdi. 1832 yil 
islohoti parlament tizimining ijtimoiy bazasini kengaytirdi.Isloh etilgan 
parlament 1834 yili kambag'allar foydasiga to'lanadigan soliqni bekor qildi. 
Bundan tashqari, ish kunini qisqartirish to'g'risidagi qonunni rad etdi. 
Bunday harakatlar ishchilarning noroziligini kuchaytirdi. 1824 yili qonun yo'li 
bilan ruhsat etilgan tred-Yunionlarning soni ortib bordi va ular mamlakat 
miqyosida birlashishga urindilar
5
. 1834 yili Robert Ouen (1771-1858) 
ko'magida ishlab chiqarishlarning BuYuk ittifoqi tuzildi.Hukumatning 
ishchilar manfaatlariga qarshi olib borgan siyosati ishchilarni iqtisodiy kurash 
doiralardan chiqishga majbur etdi. 
5
Бондарчук В.С., Кирсанова Н.В., Медяков А.С. и др. История стран Европы и Америки в Новое время. В 2 
частях. Часть 1. - М., 2011. 


11 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish