O'razalieva Lobar “Jahon tarixi” fanidan tayyorlagan Mavzu


Mavzuning davriy chegarasi



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana06.07.2022
Hajmi0,92 Mb.
#750719
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5242311178826291957

Mavzuning davriy chegarasi
.Kurs ishi mavzusi Angilya davalatiga tegeishli 
bo’lgani uchun mavzuning davriy chegarasi XVII asr o’rtalaridan XVIII asr 
oxirlarigacha bo’lgan davirlarni o’z ichiga qamrab oladi. 
Kurs ishining maqsadi
. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi Angilyaning tashkil 
topishi va uning ichki , tashqi siyosati va unda bolgan ko’lab urushlarni ilmiy taxlil 
qilish va umumlashtirish. 
Kurs ishining metodlari
. Mazkur tadqiqod ishi bir qator umumiy va xususiy ilmiy 
metodlardan foydalanildi .qiyosiy taxlil , kontet tahlil va umumlashtirish shular 
jumlasidandir. 
Kurs ishining tuzilishi
.Kurs ishi kirish , ikkita bob, to’rtta paragirif , xulosa va 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. 



I bob ХVII asrning ikkinchi yarmida Angliyaning iqtisodiy rivojlanishi. 
1.1
 
Angliya tiklanish davrida: siyosiy jarayonlar. 
Angliya ХVII asrning o'rtalariga kelib agrar malakat edi. Aholining ko'pchiligi 
qishloqlarda yashar va qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanardi. Iqtisodiyotda o'rta asr 
tartiblari saqlanib qolingan bo'lsa ham, ular anchagina emirilgan edi. Angliyada 
keng ko'lamli tus olgan g'ov tutish jarayonlari iqtisodiyotda o'rta asrlardan qolgan 
munosabatlar tizimining sindirilishiga olib bordi. Dvoryanlar tabaqasida ham 
o'zgarishlar ro'y berdi. Ko'plab dvoryanlar savdo, tijorat, sanoat kabi sohalarga 
sarmoyalarini kiritdilar. Shu bilan bir paytda, savdogarlar, manufakturachilar, 
davlat xizmatchilari va boshqa fuqarolar er sotib olishga va dvoryanlik darajasiga 
ega bo'lishga intildilar. Shunday qilib yangi dvoryanlar qatlami o'sib bordi va 
kuchaydi. Sex tizimining emirilishi va manufakturalarning keng tarqalishi ХВИИ 
asrning birinchi o'ttiz yilligida ingliz sanoatining barcha tarmoqlarining o'sishiga 
olib keldi. Bunday o'sish ayniqsa movut ishlab chiqarish va tog'-kon sanoatlarida 
ko'zga tashlandi. Ishlab chiqarishning o'sishi savdo sohasiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. 
Ichki iqtisodiy aloqalarning kengayishi mamlakat ichki bozorining sig'imini oshirdi. 
Tashqi savdo undan ham muvaffaqiyatli rivojlandi va ulkan daromadlar keltirar 
edi. Tayyor sanoat mollarini eksport qiluvchi mamlakat sifatida Angliyaning 
mavqei o'sdi. Yirik savdo kompaniyalari vujudga keldi: Ost-Indiya kompaniyasi 
(1600 y.), London-Virginiya va Plimut -Virginiya kompaniyalari (1606 y.), 
“savdogarlar-avantYuristlarning yangi kompaniyasi” (1614 y.). Angliya turli 
yo'nalishlarda 

Irlandiya, Hindiston, 
Amerika, 
Afrika-mustamlakachilik 
ekspansiyasini olib bordi
1
. ХVII asrning 60-yillariga kelib Angliya absolyutik davlat 
edi. Parlament tabaqaviy tizimga ega edi. Manufakturachilar, savdogarlar, yangi 
dvoryanlar siyosatda ularning manfaatlari inobatga olishni talab qila boshladilar. 
Lekin absolYutizmning ko'plab cheklashlar bilan olib borgan siyosati bu 
1
Бугашев С.И. Уильям Питт Старший: политическая биография. – СПб., 1998.



doiralarning tadbirkorlikiga to'sqinlik qilar edi. AbsolYutizmga qarshi kayfiyatlar 
parlamentda-uning quyi palatasida kuchayib bordi. Aynan jamoalar palatasida 
(yoki umum palata) iqtisodiy Yuksalgan djentri (yangi dvoryanlar) o'z manfaatlarini 
mujassam etardi. Lordlar palatasi umuman absolYutizm tayanchi edi. Ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy siljishlar puritanizmning keng tarqalishi bilan bir paytda bo'lib 
o'tardi. Puritanizm davlat anglikan cherkoviga qarshi chiqar edi. Iqtisodiyotning 
barcha sohalardagi o'sishi Evropa davlatlari qatorida Angliyaning mavqeini 
Yuksaltirdi. Angliya Gollandiya, Fransiya, Ispaniya kabi kuchli davlatga aylana 
boshladi. Lekin iqtisodiyotdagi yangicha munosabatlarning o'sishiga asosiy to'siq-
absolYutizm edi. Ijtimoiy, siyosiy va diniy ziddiyatlar to'planib bordi va inqilobiy 
portlashni muqarrar qilib qo'ydi. Parlamentdagi muxolifat tadbirkorlik erkinligini 
ochiq talab qila boshladi. Quyi palata butun mamlakat miqyosidagi muxolifat 
kuchlarning markaziga aylandi. AbsolYutizm namoyondalari StYuartlar sulalasidan 
bo'lmish Yakov I (1603-1625) va Karl I (1625-1649) o'z ichki va tashqi siyosatini 
djentri va savdo-sanoat doiralarning manfaatlariga zid olib borardilar. Asosiy 
ziddiyatlar uch yo'nalish bo'yicha mujassamlandi: diniy, moliyaviy va tashqi 
siyosiy. Moliyaviy sohada ko'plab soliqlar va to'lovlarning kiritilishi, diniy va tashqi 
siyosiy sohalarda Ispaniya, Fransiya kabi katolik davlatlari bilan yaqinlashuv va 
puritanizmni ta'qib qilish mamlakatda noroziliklarning kuchayishiga olib 
keldi.Muxolifat qiroldan parlament bilan «birgalikda va muvofiq» holda 
mamlakatni boshqarishni talab qilardi. Styuartlar esa absolYutizmning 
mustahkamlanishiga va parlamentdan mustaqilligiga intilardilar. Muxolifat 
mamlakat aholisining ko'pchiligi absolYutizmda noroziligiga tayanardi. Noroziliklar 
ochiq qo'zg'olonlarga aylanar edi.11 yillik parlamentsiz boshqaruv (1629-1640) 
repressiyalar siyosati bilan ifodalandi. yuqori doiralardagi siyosiy inqiroz mamlakat 
bo'ylab xalq chiqishlarini kuchaytirib yubordi.Shotlandiyaliklarning hujumi 1640 yil 
noyabrida absolYutizmning ahvolini yanada keskinlashtirdi. Qirol yana 
parlamentni chaqirishga majbur bo'ldi. Bu muxolifatning haqiqiy g'alabasi edi. 



Itoatsiz parlament o'zini doimiy faoliyat ko'rsatuvchi deb e'lon qilib, 1653 ilgacha 
ish olib bordi. Shu sababli, bu parlament Uzoq parlament nomini oldi. Bu voqealar 
parlamentning qirolga ochiq bo'yso'nmaslik edi va Ingliz inqilobining boshlanishi 
edi. Boshlanib ketgan inqilobda ikki lager to'qnashdi. Agar inqilobiy lagerga 
aholining turli qatlamlari kirgan bo'lsa, feodal-absolYutik lagerga asosan qirol 
atrofida to'plangan saroy zodagonlari, konservativ dvoryanlar va anglikan (ingliz) 
cherkovining ruhoniylari kirdi.Uzoq parlamentda yangi dvoryanlar tabaqasidan 
chiqqan er egalari ko'pchilikni tashkil qilar edi. Siti moliyachilari, Yuristlar va yirik 
savdogarlar ham parlamentda bor edi
2
. Muxolifatning etakchisi djentridan 
chiqqan Dj.Pim edi.Aholining turli qatlamlari parlamentni qo'llab-quvatlardi. O'z 
navbatida parlament mamlakatdagi oliy hokimiyatni-ham qonunchilik, ham 
ijroyani asta-sekinlik bilan o'z qo'liga oldi. Parlament tomonidan amalga oshirilgan 
o'zgarishlar yakdillik bilan qabul qilindi. Lekin keyinchalik bu yakdillik yo'qola 
boshladi. Ommalarning o'ta faolligi dvoryanlarni tashvishga sola boshladi. Qirol 
«remonstrasiyani» imzolashdan bosh tortdi va aksilinqilobiy to'ntarish 
uYushtirmoqchi bo'ldi. Lekin buning ustudan chiqaolmadi. Londonga etib kelgan 
minglab xalq ommalari parlamentni saqlab qoldilar. 1642 y. yanvarida qirol unga 
sodiq bo'lgan shimolga jo'nab ketdi va parlamentga urush e'lon qildi. 1641 yilning 
bahorida parlamentda ko'pchilikning yakdilligi buzildi. Ayniqsa bu holat 2-4 
banddan iborat «Buyuk remonstrasiyani» muhokama qilish paytida ko'zga 
tashlandi. Bu xujjatning asosiy maqsadi mamlakatda konstitusion monarxiya 
tartiblarini o'rnatish edi. Muxolifat tarafdorlarining ko'plari bu hujjatni qabul 
qilishga qarshi edilar. Lekin shunga qaramay, 1641 yil noyabrida «Buyuk 
remonstrasiya» qabul qilindi. Bu xujjat chop etildi va mamlakat bo'ylab tarqatildi. 
2
История дипломатии в 5-ти томах. М.: Наука, 1959-1960. 




Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish