Оралиқ ва якуний назорат саволлари



Download 335,14 Kb.
bet23/37
Sana02.08.2021
Hajmi335,14 Kb.
#136454
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
Nazorat SAVOLLARI 11

Jinoyatchilikka qarshi ko‘rashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasndagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4850-son Farmoniga ko‘ra, faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda e’tiborni avvalo huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish masalasi belgilab berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilikka qarshi ko‘rashish va huquqbuzarliklarning oldini olishta mas’ul organlar uz vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil xolda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradilar.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyatchilikka qarshi ko‘rash choralarini samarali bajarish va asosiy faoliyat yo‘nalishlarini kelishish asosida ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi ko‘rash borasidagi faoliyatini muvofiqdashtirish deganda tezkorkidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlarning jinoyatchilikka qarshi ko‘rash borasidagi faoliyatini muvofiqdashtirish nazarda tutiladi.

SHu ma’noda, mazkur vazifani bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi va jinoyatchilikka qarshi ko‘rashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini muvofiqlashtirishning tartibi va mexanizmlari aniq belgilab beriladi.

Jinoyatchilikka qarshi ko‘rash borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning mohiyati, maqsadi nimalardan iborat? Uning qanday shakllari mavjud? Muvofiqlashtirish bilan hamkorlikning farki bormi?

• Muvofiqlashtirishning mohiyati. Umumiy maqsadga erishish yo‘lida jinoyatchilikka qarshi ko‘rashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini tartibga solish, samaradorligini yanada oshirish yo‘lida o‘zaro kelishib harakat qilish muvofiqdashtirishning mohiyatini belgilaydi. Modomiki, maqsad umumiy, ya’ni jinoyatchilikka qarshi ko‘rashish ekan, demak, shu faoliyatni amalga oshiradigan organlar ishini muvofiqlashtirish shartmi? X,ammasi ham yagona va umumiy maqsadga xizmat qiladiku? To‘g‘ri, lekin ularning har biri mustaqil xolda uz vakolati doirasidagina uzlariga xos shakl va usullar bilan jinoyatchilikka qarshi ko‘rashadi. Afsuski, jinoyat turlari shu darajada xilmaxilki, ularga qarshi samarali ko‘rashish, oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik mavjud butun imkoniyatni bevosita ishga solishni, barcha kuchlarni birlashtirishni talab qiladi. Aynan ana shu talabni jinoyatchilikka qarshi ko‘rashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini muvofiqlashtirish orqaligina amalga oshirish mumkin.

Ana shu tamoyillarga va asosiy yo‘nalishlarga rioya qilgan xolda, jinoyatchilikka qarshi ko‘rash samaradorligini ta’minlash maqsadida tezkorkidiruv faoliyati, surishtiruv hamda dastlabki tergovni amalga oshirish organlarining faoliyati muvofiqlashtirilib, huquqni himoya qiluvchi va nazorat organlari hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi, davriy hamda uzok muddatga mo‘ljallangan hamkorlikdagi chora-tadbirlar dasturlari, aniq yo‘naltirilgan rejalar tizimi ishlab chiqiladi, ularning to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlashga qaratilgan muvofiqlashtiruvchi kengash qabul qilgan qarorlar ijrosiga jiddiy e’tibor qaratiladi va ijrosi ta’minlanadi. Har olti oyda tezkorkidiruv va izlov ishlarining axvoli, natijalari muvofiqlashtirish kengashlarida muhokama qilinib, faoliyatning samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi ta’minlab boriladi.

• Muvofiqlashtirishning maqsadi jinoyatchilikka qarshi ko‘rash samaradorligini oshirishdir. Bu umumiy maqsad, tabiiy ravishda, barcha kuchlarni birlashtirishni, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi ko‘rash faoliyatida bir-birini takrorlamaslikni, biri boshqasining funksiyasini bajarmasligini, muayyan aniq maqsad yo‘lida kuch hamda imkoniyatlarni birlashtirishni, ayni paytda har biri qonunchilikka kattik rioya etgani xolda qonun doirasida o‘z vazifasini malakali bajarishini taqozo etadi.

SHundan kelib chiqib, muvofiqlashtirishning asosiy maqsadi jinoyatchilikka qarshi ko‘rashuvchi tuzilmalarning o‘zaro bog‘liq va hamkorlikda harakat qilishini ta’minlash, jinoyatlarni tez, to‘la va har tomonlama aniqlash, tergov olib borish, jinoyatni ochish hamda vakolatli organlarga uning yuzaga kelish sabab va sharoitlarining oldini olishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish hisoblanadi.

• jinoyatchilikka qarshi ko‘rashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish.

• Muvofiqlashtirishning qayd etilgan shakllari jinoyatchilikka qarshi hamkorlikda ko‘rashishning boshqa shakllari kabi bevosita huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada chuqurlashtirishga, muvofiqlashtirish shakllarini takomillashtirishga, jinoyatchilikka qarshi ko‘rashda tegishli organlarning huquqiy maqomini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bularning hammasi, o‘z navbatida, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlari hamda jinoyatchilikka qarshi ko‘rashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirishga qaratilgandir.




Download 335,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish