Оралиқ ва якуний назорат саволлари



Download 335,14 Kb.
bet2/37
Sana02.08.2021
Hajmi335,14 Kb.
#136454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Nazorat SAVOLLARI 11

Davlat xizmati davlat organlari tomonidan boshqaruvning qadrlar funksiyasini amalga oshirish, davlat organlari apparatida doimiy yoki vaqtincha mansabni egallab turgan hamda davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanuvchi shaxslarning faoliyatidir. Davlat xizmati davlat apparatini boshqarishni tashkil etish va huquqiy tartibga solish bo‘yicha davlat faoliyatining asosiy turlaridan biri bo‘lib, davlat oldida turgan vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga asoslanib, davlat funksiyalarini amalga oshirish, uning vazifalarini bajarish, jamiyat va fuqarolarning manfaatlariga xizmat qilishdan iboratdir.

Biz yangicha mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, ilg‘or boshqaruv usullarini puxta o‘zlashtirgan, xalol, o‘z Vatani va xalqiga sodiq qadrlarni tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yaratish ustida jiddiy ishlaymiz.

Fuqarolarning murojaatlarini ko‘­rib chiqishda davlat xizmatchilari o‘rtasida sansalorlik va mas’uliyatsizlik holatlariga butunlay barham berish uchun biz qat’iy ko‘rash olib boramiz.

Rahbarlar faoliyatiga, ularga bo‘lgan ishonch va aholini uylantirayotgan muammolarni samarali xal etish darajasidan kelib chiqqan holda, xalqning o‘zi baho beradi.

Fikrimizcha, davlat xizmatining umumiy jihatlarini tartibga solish uchun «O‘zbekiston Respublikasining davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonunda davlat xizmatini o‘tash haqidagi bob kiritilib, alohida moddalar bo‘yicha davlat xizmatiga kirish tartibi, davlat xizmatchilarining attestatsiyasi, ularni rag‘batlantirish, davlat xizmatchilarining javobgarligi masalalari belgilab qo‘yilishi lozim bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoev lavozimga kirishish tantanali majlisidagi nutqida quyidagilarni ta’kidladi: «Oldimizga qo‘ygan maqsad-muddaolarga etish uchun qadrlarning amaliy zahirasini shakllantirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashning muhim masalalarini o‘z ichiga oladigan maqsadli dasturni ishlab chiqish vaqti keldi, deb o‘ylayman.

Asosiy vazifa bu yuqori kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega, puxta o‘ylangan, har tomonlama to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, belgilangan maqsadlarga erishadigan rahbarlar va mansabdor shaxslarning yangi tarkibini shakllantirishdan iborat.

Bu borada hududiy boshqaruv organlari, eng avvalo, mamlakatimiz tuman va shaharlari hokimliklari uchun malakali qadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish zarur»5.

SHunday qilib, Harakatlar strategiyasida davlat xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish davlat xizmati faoliyatining to‘g‘ri va samarali faoliyat yuritishida katta ahamiyatga ega ekani ta’kidlab o‘tiladi.

Demokratik yangilanishlar jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini xal etishga qaratilgan 250 dan ziyod qonunlar, yuzlab farmonlar va hukumat qarorlari qabul qilindi. Ushbu keng ko‘lamli huquqiy baza bu tashkilotlarning davlat organlari bilan teng muloqot olib borishi, huquqiy munosabatlarda kafolatli ishtirok etishining zamini bo‘ldi.

Davlat bilan xususiy sektor tuzilmalari hamkorligining markazida inson va fuqaroning iqtisodiy hamda ijtimoiy sohadagi manfaatlarini ta’minlash masalasi turadi.

Nodavlat va jamoat tashkilotlari fuqarolarning ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, ij­timoiy ta’minot tizimidan foydalanish, buzilgan huquqlarini tiklash kabi qator sohalarda huquq va erkinliklarini ta’minlashda davlat organlari bilan bo‘ladigan munosabatlarda vositachi va ko‘makchi vazifasini o‘tamoqda.

Bu yo‘nalishdagi faoliyatning huquqiy negizlarini yanada mustahkamlash maqsadida 2014 yilda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi, shuningdek, gumanitar muammolarini xal etish, aholi turli qatlamlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat tuzilmalarining davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatlarining aniq chegaralarini belgilash bo‘yicha huquqiy mexanizmlarini yaratadi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish. Davlat boshqaruvi idoralarining aholi bilan aloqalarini kuchaytirish, hamkorlik mexanizm­larini yaratish muhim. Bir tomondan, aholini davlat boshqaruv organlari faoliyatidan muntazam ravishda xabardor qilib turish, ikkinchi tomondan, mahalliy davlat boshqaruv organlari qarorlarini qabul qilishga (qarorlar loyihasining muhokamasiga, mahalliy referendumlarga) keng jalb etishni yo‘lga qo‘yish davr talabi. SHuningdek, davlat boshqaruvi bilan korporativ boshqaruvni yaqinlashtirish, ular nisbatining oqilona mezonlarini belgilashda muhim o‘rin tutadi.

Inson va fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqlarini kafolatlashning tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli normalarida mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, Konstitutsiyaning 29-moddasiga binoan: «Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir»6.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash masalalari ular faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan xolda amalga oshirilishi bugungi kunga kelib eng maqbul yo‘l sifatida baholanmoqda. Amalda mavjud bo‘lgan davlat xizmatlarini fuqarolarga, yuridik shaxslarga va davlat organlarining o‘ziga ko‘rsatishning yangicha tizimini amalga oshirish har qanday zamonaviy demokratik davlatning asosiy strategik yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.

2014 yil 5 mayda «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini, ular faoliyati haqidagi axborotlardan ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, aholining (axborotdan foydalanuvchilarning) keng foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.

7--Референдум фуқароларнинг давлат ишларини бошқаришнинг муҳим ўзаги сифатида.

Referendum (lotincha: referendium) bu fuqarolarningg davlat, viloyat yoki mahalliy koʻlamda eng muhim masalalar boʻyicha ovoz berish yoʻli orqali oʻz fikrlarini bevosita bildirishlaridir.

Referendum (lot. referendum — bildirilishi kerak boʻlgan) — umumxalq ovoz berish yoʻli bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi. R.ning saylovlardan asosiy farqi shundaki, R. oʻtkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar roʻyxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakatxalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qoʻyiladi. Saylov natijalari majoritar tizim boʻyicha ham, proporsional tizim boʻyicha ham aniqlanishi mumkin boʻlsa, R. natijalari faqat majoritarizm (mutlaq koʻpchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanishi mumkin. R. ning oʻziga xos shakli plebissit hisoblanadi. Ayrim mamlakatlar (Mas, Fransiya)da plebissit R.ga nisbatan birmuncha kengroq tushuncha hisoblanadi. Baʼzi mamlakatlar (Mas, AQSH)da esa plebissit bilan R.ni farqlamaydilar. Hozirgi zamon davlatlarining konstitutsiyaviy huquqi R. va uni oʻtkazishning turli xil koʻrinishlarini nazarda tutadi. R.lar butun davlat hududida oʻtkaziladigan umumilliy R. va alohida federatsiya subʼyektlari yoki maʼmuriyhududiy birliklarda oʻtkaziladigan mahalliy R.ga boʻlinadi. Konstitutsiyaga yoki qonunlarga taallukdi R. oʻtkazilishi mumkin. Birinchi holda yangi konstitutsiya loyihasi yoki konstitutsiyaga qilinadigan oʻzgartirish va tuzatishlar boʻyicha R. oʻtkazilsa, ikkinchi holatda qonun loyihasi yoki kuchga kirgan qonun boʻyicha R. oʻtkaziladi. Huquqiy ahamiyati jiqatdan maslahat R.lari (xalq soʻrovi deb ham ataladi) va hal qiluvchi R.lar boʻladi. Maslahat R.lari biron bir masala yuzasidan saylovchilarning irodasini aniqlab olish boʻyicha oʻtkazilib, ana shu asosida davlatning boshqa organlari qaror chiqaradi (bunday R.lar Shveysariya, Ispaniyada oʻtkaziladi). Hal qiluvchi R.larda biron-bir masala uzilkesil qaror chiqarish uchun saylovchilar ovoziga qoʻyiladi. Shuningdek, majburiy va fakultativ R.lar boʻladi. R.lar oʻtkazish zarurati konstitutsiya yoki boshqa konstitutsiyaviyhuquqiy hujjatda koʻrsatilgan boʻlsa (Mas, konstitutsiya oʻzgartiriladigan holda) majburiy R. oʻtkaziladi. Fakultativ R.lar tegishli davlat organi yoki saylov korpusi irodasiga bogʻliqholda oʻtkaziladi.

"Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrsida"gi qonun (dastlab 1991 y. 18 noyabrda qabul qilingan, 2001 y. 30 avg .da yangi tahrirda qabul qilingan)ga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining R.i Oʻzbekiston Respublikasining krnunlarini va boshqa qarorlarini qabul qilish maqsadlarda jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. R.da qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega boʻladi va faqat R. yoʻli bilan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. R. Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida oʻtkaziladi. R.ni oʻtkazish tashabbusi bilan: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta chiqishi mumkin. R.da ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan (18 yoshga toʻlgan) Oʻzbekiston fuqarolari umumiy sonining kamida 5 foizini tashkil etgan fuqarolar imzosi toʻplangan (bunda imzo chekkan fuqarolar miqdori har bir maʼmuriyhududiy tuzilma boʻyicha bir tekis va mutanosib ravishda taqsimlangan) boʻlsa; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari aʼzolarining uchdan ikki qismining ovozi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining asoslantirilgan talabi bilan R. oʻtkazilishi mumkin. Kuyidagi masalalar R. predmeti boʻlishi mumkin emas: Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini oʻzgartirish; Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti va soliklar; amnistiya va afv etish; jamoat tartibini, aholi sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar oʻtkazish; Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish; mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish. R. yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi tarixida 1marta 1991 y. 29 dek.da R. boʻlgan. Bu R.da "Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida" UzR Oliy Kengashining 1991 y. 31 avg .dagi Konstitutsiyaviy qonuni toʻgʻri qabul qilinganligini Oʻzbekiston xalqi bir ovozdan maʼqulladi. 2002 y. 27 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasida 2 palatalik parlamentni shakllantirish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga oʻzgartirishga bagʻishlangan R. boʻlib oʻtdi. Bu R.lar Oʻzbekistonda demokratiya mustahkamlanib borayotganini koʻrsatadi.

8--Стратегия тушунчаси ва унинг моҳияти.

Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga koʻra, har bir xalq oʻz oldiga ulugʻ va istiqbol maqsadlarni qoʻyishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallaydi. Bugun Oʻzbekiston ham oʻz tarixining ana shunday masʼuliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy gʻoyaga aylanmoqda.

Xoʻsh, strategiya nima? U xalqning maqsadlarini qanday taʼminlaydi? Tanlagan maqsadlarning istiqbollari nimalarda namoyon boʻladi?

Strategiya — bu taʼlimotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi boʻlib, u izchillik bilan va toʻliq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni taʼminlaydi.

XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan oʻzaro bogʻliq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi koʻplab tushunchalarda ifodalanadi.

Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat.Siyosat, strategiya va taktika — strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bogʻliq uchta mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan boʻlsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayogʻiga aylanadi. Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi boʻyicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat — bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir.

Koʻrib turganimizdek, strategiyaning asl mohiyatida xalqimizning orzu-umidlari yoʻgʻrilgan gʻoyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi. Mafkuradan nusxa olib boʻlmaganidek, davlatning strategik maqsadlarini ham boshqa davlat va xalqlarning tarixiy tajribasidan oʻzlashtirib yoxud nusxa olib boʻlmaydi. Zero, har bir xalqning oʻziga xos siyosiy-ijtimoiy, demografik, iqtisodiy, madaniy tarixi, tabiiy resurslari mavjud boʻladi. Aynan shu omillar maʼlum ijtimoiy sharoit va imkoniyatlarni vujudga keltiradi.

Strategiyani amalga oshirish eng masʼuliyatli jarayon. Agar u real vaziyatni toʻliq qamrab olgan yaxlit va bir butun reja boʻlsa, uning muvaffaqiyati taʼminlanadi. Mabodo teskari boʻlsa, unda turgʻunlik yuzaga keladi. Bunga sabab, notoʻgʻri tahliliy maʼlumotlar, xulosalar, kutilmagan sharoitlar, resurslardan oqilona foydalana olmaslikdir. Strategiyani baholash va nazorat qilish strategik rejalashtirishni mantiqiy yakunlovchi omili boʻlib hisoblanadi. U hodisalarning qayta aloqalanishini taʼminlash jarayonida strukturaviy boʻgʻinlardagi bogʻlanish imkoniyatlarini tahlil qiladi, baholaydi, aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Zaruratda strategik rejalarni oʻzgartiradi.

Davlat strategik rejalari aniq va oʻzgarmas tamoyillarga boʻysundirilishi muhim. Ular islohotlarning bir maromda, izchil yoʻnalishini taʼminlashga xizmat qiladi. Jumladan, rahbar oʻz vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi maʼlumotlar va xulosalar bilan qurollanmogʻi, bundan tashqari, improvizatsiya qilmogʻi, quyilgan vazifalar yechimini topishda individual va kreativ yondashuvlarni tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan qarorni oʻzgartirish ehtimoli yoki oʻzgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqish imkoniyatini berishi zarur.

Strategik dastur va rejaning uygʻunligi hamda turli darajadagi qarorlarning mustahkam bogʻliqligi muvaffaqiyatning kafolati. Mazkur birlik davlat organlarning strukturaviy boʻgʻinlarida strategik harakatlarni birlashtirish, barcha funksional boʻlim rejalarining kelishuvi bilan taʼminlanadi. Ayni paytda strategiyani amalga oshirish imkoniyatlarini tugʻdiradi.

Strategik boshqaruv jarayonida dastur va rejani amalga oshirish uchun tashkiliy va huquqiy sharoitlar yaratilishi lozim.

Mazkur tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past surʼatlariga, shaxsiy masʼuliyatsizligiga barham beradi, kadrlar layoqati darajasini oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini sodda hamda tezkor yondashuvlar bilan oʻzgartirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, strategik yoʻnalishlarni belgilashning mavhum va nomaʼlum jihatlarini oydinlashtirish orqali tartiblashtirishga erishiladi

9--“Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармоннинг қабул қилиниши ва унинг тарихий аҳамияти.

O‘zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturida ma’lum qilindi,

Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e’lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o‘tdi.

Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi.

2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi (quyida — yanada batafsil) davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;

qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;

iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;

ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

Farmon bilan 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya, shuningdek ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etildi. Milliy komissiyaga Prezidentning o‘zi boshchilik qiladi.
Hujjatda harakatlar strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo‘nalishi hisoblanishi belgilangan.

Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish topshirildi.

Farmonda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda byurokratik to‘siq va g‘ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo‘l qo‘ymasligi qayd etildi. Bundan tashqari, davlat dasturi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishini ta’minlash belgilangan.

10--Ҳаракатлар стратегиясининг жамият ва давлат тараққиётидаги ўрни.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi.

2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” degan tamoyil va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyaning, eng avvalo, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi.

Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 30 dan ortiq qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirishning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari, shuningdek, har bir davlat organida tashkil etilgan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha maxsus bo‘linmalar aholi bilan ishlashning sifat jihatidan yangi samarali tizimini shakllantirishga xizmat qildi.

O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi davlat boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, “Elektron hukumat” va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, iqtisodiyotga ma’muriy ta’sirni qisqartirish hamda boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, sog‘lom raqobat muhiti va qulay investitsiya iqlimini yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Sud-huquq tizimida sudlarning haqqoniy mustaqilligini ta’minlash, sud kadrlarini tanlab olishning demokratik va shaffof mexanizmini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Joylarda ma’muriy va iqtisodiy sudlarning tashkil etilganligi odil sudlovga erishish darajasini oshirish imkonini berdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimini isloh qilish, huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktika qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatda jinoyatchilikning umumiy ko‘rsatkichi 15,7 foizga kamayishiga erishildi, 1,2 ming mahallalarda birorta jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Ilgari, asosan xavfsizlikka xavf-xatar va tahdidlar oqibatlariga qarshi kurashish bilan cheklangan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga yondashuvlar konseptual qayta ko‘rib chiqildi. Mazkur muammolarni hal qilishda, birinchi navbatda, yoshlarning huquqiy madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish orqali odamlarning ongi uchun kurashish ustuvor vazifa etib belgilandi.

O‘z taqdirini O‘zbekiston bilan bog‘lagan, mamlakatimiz farovonligi yo‘lida halol va vijdonan mehnat qilayotgan, o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga aylanib qolgan fuqarolarning hayotiy muhim masalalarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan davrda 1 243 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.

Iqtisodiy sohada keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi, eng avvalo, O‘zbekistonning o‘z majburiyatlarini bajarish va chet el hamkorlarining daromadlarini repatriatsiya qilish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi milliy valyuta erkin konvertatsiyasining joriy etilganligi bu borada muhim qadam bo‘ldi.

Davlat byudjetini shakllantirishning tamomila yangi prinsiplari va mexanizmlari joriy etildi, uning daromad va xarajatlari shaffofligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat aktivlarini boshqarishning samaradorligini oshirish va byudjetning daromad qismini ko‘paytirishga qaratilgan ishga solinmagan zaxiralardan foydalanish choralari ko‘rildi. Birinchi bosqichda – uzoq muddatli (10-15 yilga mo‘ljallangan) tarmoq, hududiy va maqsadli rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash, ikkinchi bosqichda – tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfellarini tuzish, uchinchi bosqichda – rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishning mutlaqo yangi tartibi tasdiqlandi. Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar, birinchi navbatda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lig‘ini saqlashni kuchaytirish, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, fuqarolarning bandligi va real daromadlarini oshirish, arzon ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Shaharlar va qishloqlarda umumiy turar joy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunaviy va ko‘p qavatli uylar qurildi. Turar joy qurilishi hajmlari 2010-yilga nisbatan 3,5 baravarga oshdi. Xalq bilan muloqot natijalari bo‘yicha 11 yillik umumiy o‘rta ta’limni qayta tiklash haqida qaror qabul qilindi, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning shaffof mexanizmlari joriy etildi

va kvotalar jiddiy ravishda oshirildi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi.

Millatlararo tinchlik va totuvlikni, puxta o‘ylangan va o‘zaro manfaatli tashqi siyosat amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarko‘rilganligi natijasida qo‘shni davlatlar bilan ishonchli munosabatlar yo‘lga qo‘yildi, Markaziy Osiyo hududida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratildi.

Faqat o‘tgan yilda 21 ta oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi, 60 ta davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, 400 dan ortiq kelishuvlarga erishildi, 60 milliard AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi bitimlar imzolandi.

Shu bilan birga, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yakunlari hamda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida o‘tkazilgan ishlarning tanqidiy tahlili aholi farovonligining real o‘sishiga va joylarda ishlar holatining tubdan yaxshilanishiga to‘sqinlik qiluvchi qator muammolarni ko‘rsatib berdi.

Harakatlar strategiyasi ijrosini ta’minlash yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida – davlat xizmatining nufuzi va samaradorligini oshirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari vazifa va tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish, vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining mustaqilligini oshirish, markaziy organlarning ayrim vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazish, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini, ularning sifati va tezkorligini tubdan oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida – fuqarolar shaxsiy hayoti daxlsizligining konstitutsiyaviy kafolatlarini, shu jumladan, tintuv va telefon orqali so‘zlashuvlarni eshitib turishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish, Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha komissiyani tashkil etish orqali yanada mustahkamlash, milliy xavfsizlik organlari tizimini tubdan isloh qilish, vaqtincha saqlash, tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videokameralar bilan ta’minlash, patrul

xizmatining statsionar postlari sonini optimallashtirish;

iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida – faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlar yaratish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini va ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish mexanizmlarini, soliq va bojxona siyosatini, bank-moliya sohasini yanada takomillashtirish, agrar sektorni isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga imtiyozlar taqdim qilgan holda individual imtiyozlar berishdan voz kechish, hududlarni faol rivojlantirish;

ijtimoiy sohani rivojlantirish sohasida – ijtimoiy himoya qilish va fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy dorixonalarning rivojlangan tarmog‘ini yaratish, aholi bandligi va fuqarolarning real daromadlarini oshirish, “iste’mol savatchasi”ni aniqlash, ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash;xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida – O‘zbekiston Respublikasining yangi Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qabul qilish, xorijiy sheriklar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, terrorizm, ekstremizm va axborot tahdidlariga qarshi kurashish, millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik vakolatxonalar faoliyatini tubdan isloh qilish, xorijda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli tashqi siyosatni davom ettirish, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish

11--Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish




Davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish.
 O‘zbekistonda haqiqiy demokratik prinsiplar va milliy manfaatlar asosida faoliyat yuritadigan ikki palatali professional parlament faqat mustaqillik davriga kelib shakllandi. Keyingi o‘n yillikda, bosqichma-bosqich ravishda parlamentga yangidan-yangi vakolatlarning berib borilishi, xalqimizning huquqiy madaniyatini o‘sishi, siyosiy partiyalarning demokratik qadriyatlar negizida rivojlanishi natijasi o‘laroq qonun chiqaruvchi hokimiyat rivojlangan mamlakatlardagi parlamentlarga xos sifat va belgilarni o‘zida mujassamlashtirib bormoqda.

Konstitutsiya va qonunlarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyatining mustaqil va demokratik tamoyillar asosida kechishini ta’minlay oladigan darajada belgilandi. Konstitutsiya va qonunlar qabul qilish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, O‘zbekiston Res­publikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, davlatning strategik dasturlarini qabul qilish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimi va vakolatlarini belgilash, boshqaruv tarkibida yangi davlat tuzilmalarini tashkil qilish va ularni tugatish haqidagi qarorlarni tasdiqlash, boj, valyuta va kre­dit, ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish va boshqalar shular jumlasidandir.

O‘zbekiston Respublikasi chegaralarini o‘zgartirish, Vazirlar Mahkamasi taqdimiga binoan respublika byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh Vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarini, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimlaridan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash. Prezident taqdimiga binoan Markaziy bank boshqaruvi raisini tayinlash va lavozimidan ozod etish, Prezidentning vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish va tugatish, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash, xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish, davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish, tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, nomlarini o‘zgartirish va ularning chegaralarini o‘zgartirish, Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish ham Oliy Majlis vakolatiga kiradi.

Mamlakatimizda Parlament islohotlarini yanada chuqurlashtirish natijasida ikki palatali parlament tashkil etildi, O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi hokimiyati huquqiy davlat talablariga javob beradigan darajada faoliyat yurita boshladi. Eng muhimi, garchand endi qonunchilik jarayoni ancha murakkablashgan bo‘lsada, qabul qilingan qonunlarning sifati ancha oshdi. Qonunlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchaydi. Qonun loyihalarini partiya fraksiyalarida oldindan ko‘rib chiqish, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda bu fraksiyalarning fikrlarini e’tiborga olish amaliyoti shakllandi.

2016 yil 11 apreldan boshlab kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasiga binoan mamlakatda quyidagi parla­ment nazorati shakllari o‘rnatildi: navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlarini hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini (bundan buyon matnda Davlat byudjeti deb yuritiladi) qabul qilish, shuningdek, Davlat byudjeti ijrosining borishini ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish; Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) hisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining hisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish; parlament so‘rovi; Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovi; Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish; qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘mitalari tomonidan o‘rganilishi va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringning amalga oshirilishi; parlament tekshiruvi.

Parlamentga berilgan nazorat huquqlarining salmog‘idan ko‘rinib turibdiki, mamlakatda bir vaqtning o‘zida ham oliy vakillik, ham qonunlar yaratish, ham parlament nazoratini olib borishga qodir bo‘lgan, huquqiy davlat sifatlariga mos qonun chiqaruvchi hokimiyat shakllandi. Parlament nafaqat qonunlar va davlat byudjeti ijrosi yuzasidan hukumat va uning organlari faoliyatini bemalol nazorat qila oladigan, balki jamiyatning konstitutsiyaviy huquqiy asoslar va qonunlarga rioya etgan xolda yashashini ta’minlaydigan oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat idorasiga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanganini anglatadi. Ushbu hujjatda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida (keyingi o‘rinlarda  Harakatlar strategiyasi) mujassamlashgan bo‘lib, ularning birinchisi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida ifodalaydi. Bu yo‘nalishning dastlabki vazifasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida «davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni xal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish»ga doir strategik vazifa qo‘yildi.

Mazkur vazifa mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga qaratildi. Harakatlar dasturida Oliy Majlisning hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga asosan boshqa hokimiyat tarmoqlari bilan muvozanatni va o‘zaro bir-birini tiyib turishni ta’minlash, uning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish maqsadida «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, loyihada Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati va Senat a’zosi tomonidan parlament nazorati shakli sifatida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilish hamda uning natijalari bo‘yicha tegishli choralar qurish, Oliy Majlisning tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman)ni (bundan keyin  biznes ombudsman) parlament nazorati sub’ekti sifatida belgilanishi ko‘rsatildi.

Harakatlar strategiyasida Prezident Sh.M. Mirziyoyev ilgari so‘rgan  «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» prinsipini ijtimoiy-siyosiy hayotda amalga oshirishga doir dasturiy maqsadlar ham mujassamlashgan. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini o‘rganish va xalq bilan muloqot qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasini ishlab chiqish, unda hududlardan saylangan deputat va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati or­ganlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishi, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi, shuningdek Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xalq, deputatlari Kengashlari sessiyalarini o‘tkazish, Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputat­lari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Agar parlamentning xalq irodasi va manfaatlari asosida faoliyat yuritishi hamda qonunlar qabul qilishi eng asosiy demokratii qadriyatlardan biri ekaniga e’tibor bersak, deputatlar va Senat a’zolarining o‘z saylovchilari bilan o‘zaro muloqotlari, joylardagi muammolardan xabardor bo‘lishi, ularning echimlarini topishda ishtirok etishi, mahalliy vakillik organlarining jonlanishiga ko‘maklashishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratadi. CHunki, oliy vakillik organi deputati avvalambor o‘z saylov okrugidagi fuqarolarning vakili, Senat a’zosi esa o‘zi saylangan mintaqa mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakilidir. Shuning uchun ham parlament a’zolarining xalq ichida ko‘proq faoliyat yuritishi davlatimiz barqarorligini yanada mustahkamlash omillaridan biridir.

Qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan xolda tubdan oshirish. Harakatlar strategiyasi doirasida 2017 yil 30 avgustda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida»gi (biznes ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi qonuni ishlab chiqildi, unda yangi tashkil etiladigan ombudsmanga quyidagi vakolatlarni berish nazarda tutildi: tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; tadbirkorlik sub’ektla­rining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo‘llab-quvvatlash; tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganini o‘rganish; qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta’siri samaradorligini baholash; davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish va hokazo.

Harakatlar strategiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tutrisida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ishlab chiqildi, unda mazkur qonunning normalari «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonunlarga moslashtirildi, ombudsman mintaqaviy vakillarining huquqiy maqomi, vakolat va majburiyatlari belgilandi.

Bu strategik vazifalarning ilgari surilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (bundan keyin  Xalq qabulxonalari) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (bundan keyin Virtual qabulxona) vazifalari va vakolatlarining belgilanishi bilan uzviy ravishda bog‘liqdir.

Harakatlar strategiyasida davlatning tashqi siyosatini amalga oshirishda Oliy Majlis palatalarining roli va mavqeini oshirishga doir O‘zbekiston Respublikasi qonuni ishlab chiqildi, unda Oliy Majlis palatalarining davlat tashqi siyosatini amalga oshirishda ularni xalqaro huquq normalarining milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi ustidan nazorat vakolatlari bilan ta’minlash, xorijiy davlatlar parlamentlari bilan parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishini tashkil etishning huquqiy mexanizmini takomillashtirish, mamlakatning milliy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda parlament diplomatiyasidan keng foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga doir maqsadlarni ilgari surishi uchun huquqiy asoslari takomillashtirildi. Mazkur qonunning qabul qilinishi natijasida davlatimiz tashqi siyosatini yanada demokratlashtirish, dunyodagi mamlakatlar bilan tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni kuchaytirish, milliy manfaatlarni xalqaro maydonda himoya qilish, jahon integratsiyasiga yanada chuqurroq kirib borish kabi jarayonlarning huquqiy asoslari rivojlantiriladi, bu sohada parlamentning rolini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Harakatlar strategiyasida aholining senatorlar va deputatlar bilan o‘zaro munosabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan muloqotini takomillashtirish maqsadida «Elektron parlament» tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, uni qabul qilishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlash, unda milliy parlament faoliyati samaradorligi va shaffofligini oshirish, parlament faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish vositasida xalq bilan muloqotni takomillashtirish, deputatlarga saylangan saylov okruglari joylashgan mahalliy hokimiyat idoralarining qarorlarini yuborish, shuningdek mazkur hududdagi vaziyatdan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turish imkonini yaratish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni  partiya guruhlari tomonidan mahalliy xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko‘rib chiqish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarni kiritish, tuman (shahar) hokimi nomzodini viloyat hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida xulosalarni taqdim etish huquqini berish, Qonunchilik palatasi deputatlariga joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya hududiy bo‘limlarining vakillarini biriktirib qo‘yish kabi muhim faoliyat yo‘nalishlarini tartibga solish nazarda tutildi.

Mamlakatda «saylovchilar (fuqarolar)  siyosiy partiyalar  parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalari (mahalliy vakillik organlaridagi partiya guruhlari)  qonunlar, me’yoriy hujjatlar, davlat organlari qarorlari» sxemasi asosida fuqarolarning manfaatlari va irodasini davlat hokimiyati, jumladan, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida ifodalaydi. Boshqacha aytganda, mahalliy davlat boshqaruvi xalq manfaatlari asosida faoliyat yuritadigan organ sifatida namoyon bo‘ladi.

Harakatlar strategiyasi asosida partiya guruhlariga yangi huquq va vakolatlar berilishi mahalliy vakillik organlarining faoliyatini kuchaytirish, bu borada siyosiy partiyalar vositasida mahalliy deputatlarning rolini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, mahalliy vakillik organlarida shakllangan partiya guruhlari ishini faollashtirish, ularning tashkiliy jihatdan ta’sirchan kuchga aylanishi, hududdagi muammolarni ko‘tarib chiqish, ularning echimini topishga doir faoliyatini jonlantirish uchun zamin tayyorlaydi. Ayniqsa, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi o‘zaro raqobat muhiti partiya guruhlari o‘rtasida yaqqol sezilib turishiga muhim ahamiyat berish, turli dasturiy va g‘oyaviy maqsadlar o‘rtasidagi munozaralar, aholi orasida o‘z elektorati qarashlariga ta’sir etish mexanizmlarini shakllantirish sohasida tajribalarning shakllanishi fuqarolik jamiyatiga xos xususiyatlarning shakllanishiga olib keladi.

Siyosiy partiyalarning mahalliy vakillik organlarida partiya guruhlari rolini oshirishdan asosiy maqsad  muhim davlat qarorlari qabul qilishni va davlat hokimiyati organlarini shakllantirishni xalq irodasi va hoxish-istagi asosida amalga oshirishdan iboratdir. Xalqning siyosiy manfaatlari va irodasini ifoda etish, ularni himoya qilishning asosiy instituti, bu  siyosiy partiyalarni demokratik talablar darajasida rivojlantirishdir.

Harakatlar strategiyasida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi Doimiy vakili (bundan keyin  Doimiy vakil) lavozimini ta’sis etish, uning doimiy vazifasi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning qonun ijodkorligi sohasida, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etishda o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga qaratilishi ko‘rsatildi. Bu kabi Doimiy vakil instituti barcha rivojlangan davlatlarda parlament va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashning alohida bir butini sifatida o‘zini namoyon qilmoqda. Bu kabi hamkorlik ijro hokimiyatining qonunlar loyihasini takomillashtirishdagi rolini oshirishga, qonunlar ijrosi samaradorligini ta’minlashga, hukumat va parlament o‘rtasidagi aloqalarni tezkorlik bilan amalga oshirishga, qonun ijodkorligi jarayonida ijro etuvchi hokimiyat nuqtai nazariga e’tibor berilishini ta’minlaydi. 2017 yil 12 iyulda Prezidentimizning Oliy Majlis a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida parlamentimiz “haqiqiy demokratiya maktabiga, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisiga aylanishi zarurligi”ni alohida ta’kidlab, amaliy chora-tadbirlar dasturini tasdiqlagan edi. Unda Parlamentimiz sog‘liqni saqlash tizimi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda mahalliy Kengashlarda ishchanlik, o‘z-o‘zini tanqid ruhini yaratishga bosh-qosh bo‘lishi zarurligi taklif qilindi. Natijada, Senat hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishi, Qonunchilik palatasida esa sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha alohida qo‘mita tashkil qilindi.

12--Бош вазирга нисбатан ишончсизлик вотумини эълон қилиш тартиби.

Ўзбекистон Республикаси Бош вазири ва Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси ўртасида зиддиятлар доимий тус олган ҳолда Қонунчилик палатаси депутатлари умумий сонининг камида учдан бир қисми томонидан Ўзбекистон Республикаси Президенти номига расман киритилган таклиф бўйича Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг қўшма мажлиси муҳокамасига Бош вазирга нисбатан ишончсизлик вотуми билдириш ҳақидаги масала киритилади.


Бош вазирга нисбатан ишончсизлик вотуми тегишинча Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси депутатлари ва Сенати аъзолари умумий сонининг камида учдан икки қисми овоз берган тақдирда қабул қилинган ҳисобланади. Бундай ҳолатда Ўзбекистон Республикаси Президенти Бош вазирни лавозимидан озод этиш тўғрисида қарор қабул қилади. Бунда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг бутун таркиби Бош вазир билан бирга истеъфога чиқади.
Янги Бош вазир номзоди Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатасидаги барча сиёсий партиялар фракциялари билан тегишли маслаҳатлашувлар ўтказилганидан сўнг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг палаталарига кўриб чиқиш ва тасдиқлашга тақдим қилиш учун таклиф этилади.
13--Ўзбекистон Республикасида фаолият олиб бораётган сиёсий партиялар.

JAVOB: Ўзбекистон “Миллий тикланиш” демократик партияси

2008 йил 20 июнь куни Ўзбекистон “Миллий тикланиш” демократик партияси ва Ўзбекистон "Фидокорлар" миллий демократик партиясининг бирлашиш қурултойи бўлиб ўтди. Шу куни икки партия негизида янги Ўзбекистон "Миллий тикланиш" демократик партияси ташкил топди.

Ўзбекистон “Миллий тикланиш” демократик партиясининг асосий мақсад-вазифаси миллий анъаналар ва қадриятларни сақлашдан иборат. Партия ҳуқуқий-демократик давлат ва адолатли фуқаролик жамиятини барпо этиш, фан-техника тараққиётини ва Ўзбекистоннинг глобаллашиб бораётган жаҳонда муносиб ўрин эгаллашини таъминлашни ёқлайди. У биз фахрланадиган миллий анъаналар ва қадриятларимизни сақлаб қолиш тарафдори бўлган инсонлар манфаатларини ҳимоя қилишни ўз олдига мақсад қилиб қўяди. Бундай шахслар партиянинг асосий ижтимоий қатламидир. Партия мустақиллик йилларида бошланган миллий қадриятларни тиклаш, ўзликни англаш, миллий ғояларни шакллантириш ва миллий мустақиллик мафкурасини мустаҳкамлаш, халқнинг маънавий ҳаётида диний анъаналарни тиклаш каби хайрли ишларни изчил, босқичма-босқич ва тизимли равишда давом эттириш тарафдоридир. Ушбу ишни сифат жиҳатдан янги даражага кўтариш, унинг самарадорлигини ошириш зарур.

Партиянинг олий раҳбар органи партия қурултойи бўлиб, у камида беш йилда бир марта чақирилади.

Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон либерал-демократик партияси

2003 йил 15 ноябрда бўлиб ўтган таъсис съездида ташкил топган.

Партия ўз сафида 252 мингдан зиёд аъзони бирлаштирган, 10282 та бошланғич партия ташкилотига эга.

Ўзбекистон Либерал-демократик партиясининг асосий мақсадлари қуйидагилардан иборат:

Биринчи мақсад. Сиёсий куч сифатида бирлашган ҳолда тадбиркорлар, ишбилармонлар ва фермерларнинг янада кенгроқ фаолият юритишлари учун янги имкониятлар яратиш, уларнинг истиқболини ҳам назарий, ҳам амалий жиҳатдан асослаб бериш, жамиятнинг мазкур қатлами манфаатларини ҳимоялаш ва эртанги кунини таъминлаш. Шу ижтимоий тоифа номидан Ўзбекистонннинг сиёсий саҳнасига чиқиш ва ўзининг муносиб ўрнини эгаллаш.

Ўзбекистон Халқ демократик партияси

Ўзбекистон Халқ демократик партиясига (қисқача номланиши – Ўзбекистон ХДП) 1991 йил 1 ноябрдаги партиянинг Таъсис қурултойида асос солинди.

Бугунги кунда Ўзбекистон Халқ демократик партияси ушбу сайловларга ўз сафида 424.5 мингдан зиёд аъзолари билан бормоқда. Партия аъзоларини бевосита бирлаштирадиган 9955 та бошланғич ташкилот фаолият кўрсатяпти.

Ўзбекистон Халқ демократик партиясининг асосий мақсади қуйидагилардан иборат:

– Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий қўллаб-қувватлашга ва ҳимояга эҳтиёжманд фуқаролари манфаатларини ифодалайди ва ҳимоя қилади.

Ўзбекистон “Адолат” социал-демократик партияси

Ўзбекистон “Адолат” социал-демократик партияси 1995 йил 18 февралда партиянинг биринчи Таъсис Қурултойида ташкил топган.

Бугунги кунда Ўзбекистон "Адолат" СДП ўз сафида 135 мингдан ортиқ аъзони бирлаштирган 3700 дан зиёд бошланғич партия ташкилотларига эга.

Ўзбекистон "Адолат" социал-демократик партиясининг асосий мақсади:

– демократик, ҳуқуқий давлатни, ижтимоий йўналтирилган бозор иқтисодиётига асосланган кучли, адолатли фуқаролик жамиятини барпо этишда ҳамда Ўзбекистон ҳудудида яшаётган барча миллат ва элатларнинг умумий манфаатларига мос келадиган, фуқароларнинг қонун олдида тенглиги, бирдамлиги, конституциявий ҳуқуқ ва эркинликлари таъминланган маънавий жипслашган жамиятни шакллантиришда фаол иштирок этиш.


Партиянинг вазифалари:
– Ўзбекистон мустақиллигини мустаҳкамлаш борасида демократик жараёнларни жадаллаштириш;
– Ўзбекистонда ҳуқуқий-демократик давлат барпо этиш борасида Ватанга садоқатли хизмат қиладиган инсонларни тарбиялаш;
– Ўзбекистон фуқароларига ўз қонуний ҳуқуқлари, эрк ва бурчларини англашга кўмаклашиш, уларнинг сиёсий онги, маданиятининг ривожи учун курашиш;
– ўзбек халқининг миллий анъаналарига таянган ҳолда миллий қадриятларни тиклаш, бой маданий меросимизни ўрганиш асосида ёш авлодни тарбиялаш;
– миллатлараро муносабатларни мустаҳкамлаш, дўстлик ва ҳамжиҳатликни ривожлантириш, ҳар қандай миллатчилик, диний экстремизм, терроризм иллатларига қарши кураш олиб бориш, динлараро бағрикенгликни, тинчлик ва барқарорликни, миллатлараро тотувликни тарғиб қилиш;
– давлат ижроия тизимини такомиллаштириш, давлат ҳокимияти органларида иймонли, пок, ўз Ватани, халқини севадиган ва элу юртига садоқат билан хизмат қиладиган раҳбар ва мутахассис кадрларнинг ишлашига эришиш;
– республика фуқароларининг турмуш даражасини кўтариш, ижтимоий жиҳатдан муҳтож аҳолининг муҳофазасини таъминлаш борасида таклифлар ишлаб чиқиш ва уни амалга ошириш;
– Ўзбекистоннинг жаҳон миқёсида ўз ўрнини эгаллаши, дунёдаги илғор давлатлар билан халқаро ҳуқуқ талаблари асосида ўзаро манфаатли алоқаларини ривожлантириш учун фаолият кўрсатиш, миллий манфаатларига мос келадиган ташқи сиёсатни қўллаб-қувватлаш;
Ўзбекистон экологик партия
2019 йил 24 январда Адлия вазирлиги томонидан Ўзбекистон Экологик партияси давлат рўйхатидан ўтказилди.
Abdullayev Muzaffar Kurs, [20.01.21 22:01]

Янги партиянинг асосий мақсади барқарор ривожланишга, экологик хавфсизликка эришиш, ҳозирги ва келажак авлод учун табиий ресурсларни сақлаш ва қулай атроф муҳитни яратишга йўналтирилган давлат сиёсатини рўёбга чиқаришни таъминлаш, атроф муҳитни муҳофаза қилиш ва табиий ресурсларни сақлаш давлат, жамият ва мамлакат ҳар бир фуқаросининг вазифаси бўлишига эришишга кўмаклашишга қаратилган.


Ўзбекистон Республикасининг “Сиёсий партиялар тўғрисида”ги қонунининг 6-моддасига асосан экологик партия ташкил этиш бўйича мамлакат фуқароларидан иборат ташаббускорлар гуруҳи шаклланди.

«Соғлом муҳит — инсон саломатлиги» ғоясини ўзининг асосий шиори ҳисобланади

14--Демократик ислохотларни чукурлаштириш ва мамлакатни модернизация килишда сиёсий партияларнинг ўрни.

15-- Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.



Davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini, davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minoti darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish. Demokratiya tamoyillariga tayanuvchi davlat hokimiyati xalq manfaatini ifoda etib, jamiyatni boshqarish hamda rivojlantirishga xizmat qiluvchi bunyodkor kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat hokimiyati jamiyatga siyosiy rahbarlik qilib, unga yaxlitlik va barqarorlik baxsh etadi. O‘zbekistonda hokimiyat idoralarining xalq manfaatlariga bo‘ysundirilgani konstitutsiyaviy prinsip tarzida ular faoliyatining asosiy mezoniga aylandi.

Mustaqillikka erishgach, jamiyat va davlat hayotining konstitutsiyaviy huquqiy asoslarini mustahkamlash yo‘lidan borib, mamlakatimiz o‘z Konstitutsiyasini qabul qildi, uning zamirida milliy qonunchilik tizimi shakllandi. Konstitutsiya va qonunlar davlat va jamiyat qurilishini demokratlashtirish va liberallashtirishning huquqiy asoslarini tashkil etdi. Avvalo, davlat organlarini shakllantirish va faoliyat yuritishi sohasiga hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi joriy etildi: hokimiyat tuzilmalarining vakolatlari samarali konstitutsiyaviy mexanizm asosida mutanosib xolga keltirilib, ularning faoliyati inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga yo‘naltirildi.

Amalga oshirayotgan konstitutsiyaviy modernizatsiya qilish va davlat qurilishi sohasidagi izchil islohotlar natijasida ratsional davlat boshqaruvi tizimi shakllandi, hokimiyat tuzilmalari o‘rtasida vakolatlarning mutanosib taqsimlanishiga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevralda qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini takomillashti­rish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgani ayniqsa e’tiborga molik.[1] Bu tarixiy hujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari belgilab berildi. «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangai darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir kompleks masalalarni hal etish, hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi»[2].

Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati tuzilmalari (parlament, prezident, hukumat) o‘rtasidagi munosabatlarning samarali tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so‘nggi yillarda konstitutsiyaviy qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93,96 va 98moddalariga)»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo‘ldi.

“Davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga baho berishda qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari qanday himoya qilinayotgani, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatishning sifati va ochiqligi biz uchun eng asosiy mezon bo‘lishi shart. SHu borada bir fikrni yana takrorlab aytmoqchiman: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organ­lari halqimizga xizmat qilishi kerak” deb ta’kidladi prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev

Hokimiyat sub’ektlari o‘rtasida vakolatlar mutanosib taqsimlanishiga erishishda islohotlarning avvalgi bosqichida Asosiy qonunimiz 98-moddasiga kiritilgan tuzatishlar jiddiy ahamiyat kasb etdi. Konstitutsiyaviy qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan bu tuzatishlar, birinchidan, hokimiyat tarmoqlari mustaqilligining oshishiga xizmat qilsa, ikkinchidan, davlat hokimiyati tizimida o‘zaro bir-birini tiyib turish mexanizmida yangi bo‘g‘inlarni nazarda tutadi. Masalan, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish, ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzish va unga rahbarlik qilish huquqi Prezident vakolatlari doirasidan chiqarildi. Bosh vazirning Prezidentga viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish uchun taqdim qilish huquqining berilishi Bosh vazir boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat mustaqilligini va ta’sirini oshirishga xizmat qilsa, Bosh vazir nomzodini taklif etish va tasdiqlash tartibi, shuningdek, uning hisobotini tinglash va muhokama qilish tartib takomilining kiritilishi Parlament rolini yanada kuchaytirishga ko‘maklashuvchi institut bo‘ldi.

Hokimiyatlar tizimidagi yana bir demokratik institutning mazmuni quyidagicha: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan takdirda qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman yo‘naltirilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgan ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar Konstitutsiyaning 78 va 93-moddalariga ham tegishli tuzatishlarni kiritish zaruratini belgiladi. Jumladan, Konstitutsiyaning 78-moddasi 15-bandida Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari sifatida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish vakolati nazarda tutildi. Bu holat ham siyosiy partiyalar, ham parlament roli va ta’sirining oshirilishiga, Oliy Majlisning qonunlar ijro etilishi ustidan amalga oshiradigan nazorat faoliyatining yanada takomillashtirilishiga xizmat qiladi. SHuningdek, konstitutsiyaviy islohotlarning avvalgi bosqichida Hukumatni shakllantirish tartibi yanada demokratlashtirildi. Konstitutsiyaning 98-moddasiga kiritilgan qoidaga muvofiq O‘zbekis­ton Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.

YAngi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy par­tiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.

Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan takdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.[3] Ushbu norma davlat hokimiyati tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va ta’sir etish mexanizmini yanada takomillashtirdi.

SHu munosabat bilan xalq hokimiyatining eng muhim poydevori sifatida jamoatchilnk nazorati institutini kuchaytirish bo‘yicha mamlakatimiz Konstitutsiyasining 32-moddasida, shuningdek, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida», «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunlar va boshqa hujjatlarda muhrlab qo‘yilgan talablarning ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratamiz.

Konstitutsiyaning 78-moddasiga yangi 21-band kiritilib, unda parlament nazorati instituti nazarda tutildi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mustaqilligini va ayni vaqtda vakillik organi oldidagi mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida Konstitutsiyaning 103-moddasi viloyat, tuman va shahar hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etish majburiyatini belgilaydigan norma bilan to‘ldirildi. Ushbu hisobotlar bo‘yicha xalq deputatlari kengashlari tegishli qarorlar qabul qilishi orqali bu konstitutsiyaviy institut yuridik jihatdan rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida milliy saylov qonunchiligimizga tamomila yangi institutni  viloyat, tuman va shahar hokimlarini tegishli hududlardagi aholi tomonidan bevosita saylash g‘oyasini ilgari surdi. Bu ham hokimlarning xalq oldida hisobdorligini kuchaytiradi.[4]

SHuningdek, Konstitutsiyaning 117-moddasiga asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini tashkil etishning konsti­tutsiyaviy asoslarini belgilaydigan tuzatishlar kiritildi.

Konstitutsiyaga kiritilgan yana bir yangi normaga muvofiq O‘zbekiston Respublika­si Prezidenti endi mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari bo‘yicha Respublika Oliy Majlisiga murojaat etish huquqiga ega bo‘ldi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarning konstitutsiyalarida Prezident mamlakat hayotining muhim masalalari bo‘yicha parlamentga murojaat («poslanie») qilish huquqiga ega. Odatda, bunday murojaat bir yilda bir marta amalga oshirilib, unda Prezident davlatning ichki va tashqi siyosatining ustuvor masalalari yuzasidan asosiy vazifalarni bayon etadi, o‘z yondashuvi va munosabatini bildiradi.


Download 335,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish