Оралиқ ва якуний назорат саволлари



Download 335,14 Kb.
bet19/37
Sana02.08.2021
Hajmi335,14 Kb.
#136454
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Bog'liq
Nazorat SAVOLLARI 11

Sudning mustaqilligi va beg‘arazligi, sud protsesi tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tadbiq etish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tasdiqdangan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 2.1-bandida boshqa masalalar qatori sudyalarning mustaqilligi va beg‘arazligi prinsipining so‘zsiz amal qilishini ta’minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Xususan, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 2.1-yo‘nalishida sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba 5 yillik, keyin 10 yillik muddatini va shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash nazarda tutilgan. Bu tadbirning amalga oshirilishi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sud tizimida etuk, uz burchiga sadokatli professional sudyalar korttusini shakllantirish va sudyalar faoliyatini hokimiyatning boshqa organlari ta’siridan xoli qilish manfaatlariga xiz­mat qiladi. Bu o‘z navbatida, sud ishlarining mustaqil va beg‘araz sudya tomonidan ko‘rib chiqilishini, ishlarning adolatli va xolisona xal qilinishini ta’minlaydi.

Davlat dasturida nazarda tutilganidek, sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini belgilash sud tizimida katta hayotiy va kasbiy tajribaga ega bo‘lgan sudyalarni sakdab qolish va ularning salohiyatidan yosh sudyalarni tarbiyalash hamda kasbga o‘rgatish jarayonida keng foydalanish orqali odil sudlovni amalga oshirish sifatini yanada ko‘tarish va sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish bu kengash faoliyatida sudyalarning faol ishtirok etishi, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash manfaatlariga xiz­mat qiladi. Bu, o‘z navbatida, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish borasidagi sud raislari vakolatlarining bekor qilinishiga olib kelib, natijada sudyaning sud raislari tazyiqisiz ishlarni xal qilishi va muayyan ishlarni mazmunan ko‘rib chiqishda chinakam mustaqil bo‘lishiga olib keladi.

Sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlardan ma’lumotlar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumot va maslahatlarini olish tartibining takomillashtirilishi advokatga o‘ziga yuklatilgan vazifani samarali amalga oshirishi, o‘z himoyasida bo‘lgan shaxs yoki ishonch bildiruvchining huquqlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan barcha uslublaridan foydalanishi uchun shart-sharoit yaratadi.

31---Жамоатчилик назорати институтининг ривожланишида нодавлат-нотижорат ташкилотларининг ўрни ва роли. JAVOB.

Xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy qilish. YUrtimizda mustaqillik yillarida har bir yilni ma’lum bir maqsadda alohida nom bilan atash an’anasi shakllandi. Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.

Xalq qabulxonalarining barcha hududlarda ish boshlagani, xalq bilan keng miqyosda muloqot olib borilayotgani davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

PM.gov.uz portali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2016 yil 23 dekabrga qadar Bosh vazir) virtual qabulxonasiga jami kelib tushgan murojaatlar 2017 yil 24 yanvar holatiga ko‘ra 409 mingni tashkil etgani portalning jamiyat hayotida o‘z o‘rni borligidan dalolatdir8.

Bundan maqsad mamlakatimizdagi demokratlashtirish jarayonlari samaradorligi va sifatini tubdan yaxshilash, fuqarolarning erkinliklari, huquqlari, munosib turmush tarzi va manfaatlarini ta’minlash, bunda davlat idoralari mas’uliyatini kuchaytirish, xalq bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yishda yangi, samarali vosita va usullarni joriy etish, «Inson manfaatlari barcha narsadan ustun» shiori ostida ish olib borish hisoblanadi. Prezident SH. Mirziyoev davlat va boshqaruv, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilari faoliyatiga nisbatan ta’kidlaganidek, «Biz keyingi paytda odamlar bilan muloqot qilishni uno‘tib qo‘ydik. Ularning ichiga kirib, ochiq va samimiy gaplashish, dardini eshitish bizning faoliyatimizda, afsuski, oxirgi o‘ringa tushib qoldi»9

Harakatlar strategiyasida Prezident SH.M. Mirziyoev ilgari so‘rgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» prinsipini ijtimoiy-siyosiy hayotda amalga oshirishga doir dasturiy maqsadlar ham mujassamlashgan. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini o‘rganish va xalq bilan muloqot qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasini ishlab chiqish, unda hududlardan saylangan deputat va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib tahlil qilishi, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi, shuningdek, Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarini o‘tkazishi, Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda tutilmoqda, Agar parlamentning xalq irodasi va manfaatlari asosida faoliyat yuritishi hamda qonunlar qabul qilishi eng asosiy demokratik qadriyatlardan biri ekaniga e’tibor bersak, deputatlar va Senat a’zolarining uz saylovchilari bilan o‘zaro muloqotlari, joylardagi muammolardan xabardor bo‘lishi, ularning echimlarini topishda ishtirok etishi, mahalliy vakillik organlarining jonlanishiga ko‘maklashishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanishiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratadi. CHunki oliy vakillik organi deputati avvalambor o‘z saylov okrugidagi fuqarolarning vakili, Senat a’zosi esa o‘zi saylangan mintaqa mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakilidir. SHuning uchun ham par­lament a’zolarining xalq ichida ko‘proq faoliyat yuritishi davlatimiz barqarorligini yanada mustahkamlash omillaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.

SHu sababli, fuqarolik jamiyatining eng asosiy tamoyillaridan kelib chiqqan xolda, davlatni boshqarishda hukumat bilan xalq orasidagi muloqotni tashkil etish, fuqarolarni tashvishga solayotgan, muammolar tug‘dirayotgan savollarni vaqtida o‘rganish va ularni xal qilish maqsadida 2017 yilgi Davlat dasturining birinchi galdagi vazifalarida samarali muloqot mexanizmlarini tashkil qilish rejalashtirildi va bir vaqtning o‘zida bu rejalar amalga oshirilmoqda.

Joylarda Xalq qabulxonalarini joriy etishiing tashkiliy-amaliy, huquqiy, moddiy-texnik va moliyaviy asoslarini belgilash, fuqaro murojaatlari eng ko‘p kuzatiladigan sohalardagi byurokratik to‘siqlarni va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinishi ta’minlanmoqda. Aholiga talab katta bo‘lgan davlat xizmatlarini «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha bir muassasa orqali ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi. SHunga ko‘ra davlat organlari faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalari o‘rnini kengaytirish, «Elektron hukumat» tizimini samarali rivojlantirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Download 335,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish