Jamiyatda aholi huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasining yuksakligi huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Mamlakatimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog‘liqdir. SHaxsning siyosiy-huquqiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga nisbatan daxldorlik xissi davlatimiz uz oldiga qo‘ygan buyuk maqsadlarga erishishining muhim omilidir.
Huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda fuqarolarning qonunlarga va normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat xissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir.
Bunda g‘oyat muhim jihat jamoatchilikka davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari faoliyati haqida ma’lumot berish, davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlardan, birinchi navbatda, inson huquq va erkinliklari. fuqarolarning qonuniy manfaatlariga doir qarorlardan aholini keng xabardor qilib borish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq,.
Bugungi globallashuv zamonida jahon jamoatchiligini, xalq,imizni hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan yangilik va o‘zgarishlardan uz vaqtida xabardor qilish, ayniqsa, fuqarolarning huquqiy axborotlar olishini keng ta’minlash, shu yo‘l bilan davlat va jamiyatga bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini xolis va xaqqoniy aks ettirish talab etiladi.
Ayniqsa, yoshlarning huquqiy axborotga bo‘lgan extiyojini kondirishda zamonaviy axborot vositalari imkoniyatidan keng foydalanish zarurligini inobatga olgan xolda, huquqiy yo‘nalishdagi axborot tizimlari soni va sifatini oshirish, ularning foydalanish uchun qulayligi masalalari muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim va tarbiya tizimi, ma’naviyat va ma’rifat bilan bog‘liq; barcha muassasalar uz faoliyatlarini sof axloqiy, yuksak ma’naviy qadriyatlarni qaror toptirish va omma ongiga singdirish va eng muhimi fuqarolarning jamiyat hayotining barcha sohalari, xususan, huquqiy masalalar doirasida ham faolligini oshirish vazifasiga safarbar etishlari lozim.
24--Жиноятчиликка қарши курашиш ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш борасидаги
фаолиятни мувофиқлаштиришнинг самарадорлигини оширишда алоҳида эьтибор қаратиш лозим булган жиҳатлар.
25--Жиноятчилик ва судланганлик ҳолатининг жиноятчиликка қарши курашни кучайтириш чора-тадбирларини ишлаб чиқишда қандай аҳамият касб этишини изоҳланг.
26--Бугунги кунда мамлакатимизда диний экстремизм, терроризм ва уюшган жиноятчиликнинг бошқа шаклларига қарши курашишга қаратилган қонун ҳужжатлари хусусида фикр билдиринг.
27--Диний экстремизм, терроризм ва уюшган жиноятчиликнинг бошқа шаклларига қарши курашишга оид комплекс профилактик-тушунтириш тадбирлари ва уларни амалга оширишнинг мазмун-мохиятини таҳлил қилинг.
Javob: Diniy ekstrimizm terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo’yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni kuchaytrish.Hozirgi kunda terrorizm va diniy ekstrimizm xavfidan hech qaysi davlat,jumladan,eng rivojlangan davlatlar ham kafolatlanmagan.Jahonda yuz berayotgan turli ko’ngilsiz voqealar ,qon to’kishlar,jumladan,Iroq va Suriyada faoliyat yuritayotgan terrorchi guruh 2014 yilda o’zini ISHID (Iroq va SHom islom davlati) deb atab,islom dinidan niqob ostida foydalanib, siyosiy va boshqa tajovuskor maqsadlarda turli og’ir va o’ta og’ir jinoyatlarni sodir etmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda diniy ekstrimizm,terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish borasida yetarli tajriba va huquqiy baza shakllangan.Jumladan,Uzb Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi ‘’Terrorizmga qarshi kurashish to’g’ risida’’gi qonuni ,2004 yil 26 avgustdagi 66011-son ‘’Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallshtirishga va terrorizmni moliyalshtrishga qarshi kurashish to’g’risida’’gi qonuni qabul qilindi,shuningdek,mamlakatimizda BMT ning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.Diniy ekstrimizm,terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ushbu sohadagi jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha samarali usullarni ishlab chiqish imkonini beradi.
28--Ҳуқуқбузарлик содир этишга мойил бўлган шахсни аниқлаилда профилактик тадбирларнинг аҳамияти.
Javob:Huquqbuzrlik sodir etishga moyil bo’lgan shaxs-o’zining g’ayriijtimoiy xulq-atvori xavfliligi tufayli huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli holatida bo’lgan jismoniy shaxs.
Huquqbuzarlik profilaktikasining asosiy ahamiyatli belgilari va vazifalari:
SHaxsning huquqlari,erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
Huquqbuzarlik sodir etilish sabablarini va ularga imkon berayotgan shart- sharoitlarni aniqlash,o’rganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rish;
Huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni,huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo’lgan,huquqbuzarlik sodir etgan,shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ishtimoiy reabilitatsiya qilish va ishtimoiy moslashtrish;
Jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish;
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining o’zaro hamkorligini ta’minlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtrish.
29--Ҳуқуқбузарликлар профилактикасини самарали ташкил қилишда хукуқни муҳофаза
қилувчи органлар ва назорат идоралари билан жамоат ташкилотларининг ўзаро ҳамкорлиги.
Javob:Huquqni muhofaza qilish organlari-qonuniylik va huquqtartibotni muhofaza qilish,inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash,jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurash bilan shug’ullanuvchi idoralar.OZBda ularning faoliyati tegishli qonunlar asosida tartibga solingan.OZBda huquqni muhofaza qilish organlariga quyidagilar kiradi:Ichki ishlar ,Prokatura,sudlar (O’Z RES kons sudi,Oliy sudga bo’ysunuvchi umumiy yurisdiksiyadagi sudlar);sudlarning faoliyatini tashkiliy va moddiy- texnik jihatdan ta’minlashni amalga oshiradigan organlar;O’ZB Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo’yicha oily malaka komissiyasi,Adliya vazirligi va boshqa bir qancha organlar kiradi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan jamoat tashkilotlarining o’zaro aloqalari jud yaxshi rivojlangan.Bu borada 1-Prezidentimiz I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilingan ‘’Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yenada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi’’da jamoatchilik nazorati to’g’risidagi qonunni qabul qilish zarurligi alohida ta’kidlandi:
‘’Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan ‘’O’zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to’g’risida’’gi Qonuni qabul qilindi.
30--Суд-хукук тизимида конунийликни янада мустахкамлаш.
JAVOB.
Do'stlaringiz bilan baham: |