23.Bel chigali: hosil bo’lishi, topografiyasi va innervatsiya soxalari
Javob: Bel chigali - plexus lumbalis XII ko‘krak segmentining oldingi tarmog‘i, I—IV bel segmentining oldingi tarmoqlaridan hosil bo’ladi. Bel umurtqalari sohasidagi bu chigal m. psoas major - katta bel mushagi ichidan o ‘tadi. Bel chigali tarmoqlari:1. Rami muscularis bel sohasidagi mushaklar: m. psoas major et minor, m. quadratus lumborum, m. intertransversarei laterales lumborum ni innervatsiya qiladi. 2. N. iliohypogastricus - aralash tarmoqlardan hosil boladi. Harakatlantiruvchi tarmoqlar qorinning ko‘ndalang va qiyshiq mushaklari - m. transversus abdominis, m. obliquus externus abdominis, m. obli-quus internus abdominis, m. pvrami-dalis ni innervatsiya qiladi. Nervning sezuvchi tarmoqlari dum ba sohasining yuqori terisida, chov kanali va qorin terisida
tarqaladi. Bu nerv qorinning oldingi devorida lateral - r.cutaneus lateralis va oldingi - r. cutaneus anterior teri shoxlariga ajraladi. 3. N. ilioinguinalis - aralash nerv tolalarini saqlaydi. Bu nervning harakatlantiruvchi tolalari qorin mushaklarida tarqaladi va m. obliquus extern us abdominis, m. transversus abdominis, m. obliquus internus abdominis, m. pyraniidalis larni innervatsiya etadi. Uning sezuvchi tolalari chov kanali ostidagi terida, qov sohasi, yorgboq yoki katta uyatli lablar terisida tarqaladi. Erkaklarda yorg‘oq terisi nervi - n.n. scrotales anteriores, ayollarda esa n.n. labiales anteriores deyiladi. 4. N. genitofemoralis - aralash nerv tolalaridan iborat. Bu nervning harakatlantiruvchi tolalari moyakniko‘taruvchi mushak - m. creniaster ni innervatsiyalaydi. Nervning sezuvchi tolalari ikki tarmoqqa ajraladi: ramus femoralis tarmog‘i son old yuzasining chov boylami osti terisini innervatsiyalasa, ramus genitalis tarmog‘i esa tashqi jinsiy a ’zolar terisida tarqaladi. 5. N. cutaneus femoris lateralis - sezuvchi tarmoqlardan hosil bo‘lib, sonning lateral terisini innervatsiya etadi. 6. N. femoralis - son nervi aralash tarm oqlami saqlaydi. Bu nerv chanoqdan son sohasiga m. iliopsoas bilan birgalikda mushak tirqishi - lacuna musculorum orqali o ‘tadi. Rami muscularis tarmog‘i sonning oldingi guruh mushaklari - m. quadriceps femoris, m. sartorius, qisman m. pectineus lami innervatsiya etadi. Rami cutanei anteriores tarmog‘i esa son oldingi yuzasining terisini innervatsiya etadi. Sezuv tarmoqlarining yana biri n. saphenus deb atalib, bu nerv canalis adductorius orqali o ‘tadi va tizza sohasining terisi hamda boldim ing oldingi medial terisini innervatsiya etadi, shuningdek, r. infrapatellis hamda r.r. cutanei cruris mediates shoxlariga bo‘linadi. 7. N. obturatorius - yophich nervi shu nomli kanaldan o ‘tib, aralash nerv tolalaridan hosil bo‘ladi. Bu nervning harakat tolalari sonning medial guruh mushaklari: m. adductor longus, blevis, magnus; m. gracilis va qisman m. pectineus ni innervatsiya etadi. Nervning sezuvchi tarmoqlari esa sonning medial soha terisini innervatsiya qiladi. Yopqich nervi oldingi - ramus anterior va orqa - ramus posterior shoxlarga ajraladi. Oldingi shoxdan r. cutaneus va r.r. muscularis tarmoqlari, orqa shoxdan r.r. musculares va r. articularis - tizza bo‘g‘imiga tarmoqlar ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |