Орқа мия: топографияси, ташқи тузилиши, ўровчи пардалар


Бош ва орқа мия ўтказувчи йўллари, клиник аҳамияти. Харакатлантирувчи ўтказув йўллар (мисол)



Download 71,67 Kb.
bet17/40
Sana27.06.2021
Hajmi71,67 Kb.
#102722
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
18. Бош ва орқа мия ўтказувчи йўллари, клиник аҳамияти. Харакатлантирувчи ўтказув йўллар (мисол).

Harakatlantiruvchi o'tkazuv yo'llar bosh miyaning turli markazlaridan harakat va sekretor a’zolaiga impulslami olib boradi. Harakatlantiruvchi o'tkazuv yo'llar ikki neyrondan iborat. Ular qisqa va uzun yo'llarga bo'linadi. Qisqa harakatlantiruvchi o'tkazuv yo'llar yarimsharlar po'stlog'i bilan bosh miyaning bazal o'zaklari va so'g'on qismlarini bog'lab turadi. Ulaiga: ko'ruv yo'lining bir qismi bo'lgan, ko'ruv analizatorining ko'ruv bo'rtig'i bilan bog'lovchi (tractus corticothalamicus) peshona va tepa bo'lagi po'stlog'ini targ'il tana bilan bog'lovchi (tractus corticostriatus) ko'ruv bo'rtig'i yostiqchasi bilan dumli o'zak, targ'il tanava gipotalamik soha o'rtasidagi bog'lanishlar kiradi. Uzun harakatlantiruvchi yo'llanga bosh miya po'stlog'i hujayralari va ekstrapiramida tizimi o'zaklaridan boshlanib, bosh miya pog'onasi va orqa miyada tugaydigan piramida va ekstrapiramida yo'llari kiradi. 1.Po'stloq-orqa miya yo'li - tractus corticospinalis I neyron miya po'stloqning harakat zonasi markaz oldi pushtasi, markaz yon bo'lagi va peshona pushtalarining orqa qismi po'stlog'ining beshinchi qavatida joylashgan yirik piramida hujayralardan iborat. Ulaming aksonlari ichki kapsulaning orqa oyoqchasining oldingi 2/3 qismidan o'tadi. So'ngra po'stloq-orqa miya yo'li miya oyoqchasi asosining o'rtasi, ko'prikning ventral qismi va uzunchoq miyaning piramidasidan o'tadi. Uzunchoq miyaning pastki qismida orqa miyaga kirishdan oldin piramida yo'li ikki dastaga bo'linadi. Katta qismi tolalari kesishib, piramida kesishmasini (decussatio pyramidium) hosil qiladi. Qolgan qismi kesishmasdan orqa miyaga o'tib ketadi. Kesishgan tolalar orqa miyaning yon tizimchasiga o'tib, lateral po'stloq-orqa miya yo'lini (tractus corticospinalis lateralis) hosil qiladi va shu tomondagi oldingi shoxda tugaydi. II neyron oldingi shoxning harakat hujayralari. Ulaming aksonlari oldingi ildiz, 118-rasm. Tractus corticospinalis. 1-I-neyron; 2-tractus cortico-spinalis anterior; 3-tractus corticospinalis lateralis; 4-II-neyron. so'ng orqa miya neivlari tarkibida skelet mushaklariga boradi. Lateral piramida yo'li asosan qo‘l va oyoq, qisman tana mushaklarini innervatsiya qiladi. b) kesishmagan tolalar orqa miyaning oldingi tizimchasiga o'tib oldingi po'stloq-orqa miya yo'lini (tractus corticospinalis anterior) hosil qiladi. Bu yo'l bo'yin va ko'krak qismlarda har bir segmentda kesishib, qarama-qarshi tomondagi oldingi shoxga o'tib harakatlantiruvchi hujayralarda tugaydi. II neyron oldingi shoxning harakat hujayralari aksonlari orqa miya nervlari tarkibida mushaklaiga boradi. Piramida yo'li po'stloqdan mushaklarga boruvchi ixtiyoriy harakat impulslarini o'tkazadi. Piramida yo'li targ'il tana, ko'prik va to'r formatsiya hujayralari bilan bog'langan. To'r formatsiya ixtiyoriy haiakatlardagi shartsiz reflekslarga tormozlovchi ta’sir ko'rsatadi. Piramida yo'li paralichi paylar va suyak usti parda reflekslarini oshishi va mushaklar gipertoniyasi bilan kechadi. Harakat markazlari va piramida yo'lining kesishmasigacha bo'lgan sohada shikastlanish ro'y bersa, tananing qaramaqarshi tomonda paralich ro'y beradi. Orqa miyaning oldingi tizimchasi shikastlansa, qo‘l-oyoqlar va tana mushaklarida palaj ro'y bermaydi, chunki harakat lateral piramida yo'li hisobiga boshqarib turiladi. Barcha po'stloq orqa miya yo'li kesishgan bo'lib, har bir yarimshaming po'stlog'i qarama-qarshi tomon mushaklari faoliyatini boshqaradi. II. Miya po'stlog'i bilan miya o'zaklari o'rtasidagi yo'l - tractus corticonuclearis. I neyron markaz oldi pushtaning pastki qismi po'stlog'ini V qavati piramida hujayralari, ulaming aksonlari ichki xaltaning tizzasi, miya oyoqchalarining asosidan o'tadi. Yo'lning bir qismi kesishib Silviy suv yo'li atrofidagi o'zaklar (nucleus n.oculomotorius va nucleus n.trochlearis) tugaydi. Yo'lning bir qismi tolalari o'z tomonidagi shu nomli o'zaklarda tugaydi. Shu o'zak hujayralari ikkinchi neyronni hosil qilib n.oculomotorius tarkibida ko'zning ustki, pastki, ichki to'g'ri, pastki qiyshiq va yuqori qovoqni ko'taruvchi mushaklarga, n.trochlearis tarkibida esa yuqori qiyshiq mushakka boradi. Kortiko-bulbar yo'lning bir qismi kesishib ko'prik sohasida V,VI,VII juft bosh miya nervlaming harakatlantiruvchi zaklarida tugaydi. Bu o'zaklar hujayralaridan boshlangan ikkinchi neyron uch shoxli nerv tarkibida ichki va tashqi qanotsimon, chakka, chaynov, jag'-til osti, tanglay chodirini, hamda nog'ora pardani taranglovchi va ikki qorinli mushakning oldingi qorinchasiga boradi. Uzoqlashtiruvchi nerv tarkibida ko'zning lateral 4-lll-qjsmi; 5- Il-neyron! to'g'ri mushagiga. Yuz nervi tarkibida ikki qorinli 119-rasm.Tractus corticonuclearis. 1-I-neyron; mushakning orqa qorinchasiga, bigiz-til, uzangi, mimika mushaklari va bo'yinning teri osti mushagiga boradi. Kortiko-bulbar yo'lning bir qismi uzunchoq miyaga borib kesishadi va IX, X, XI, XII juft bosh miya nervlarining harakatlantiruvchi o'zaklarida tugaydi. Ikkinchi neyron shu o'zaklar hujayralaridan boshlanib, til-yutqin nervi tarkibida bigizsimon-halqum mushagiga, Kortiko-bulbar yo'lning buzilishi odatda markaziy palaj yoki parez holatida uchraydi. Agarda bosh miya nervlaming o'zaklarida yoki nervlaridajarohatlanish ro'y bersa, periferik palaj yoki farez holati yuz beradi.


  1. Download 71,67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish