O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlarni ahamiyati Reja: kiris



Download 2,88 Mb.
bet7/27
Sana18.07.2022
Hajmi2,88 Mb.
#821558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlarni ahamiyati

Gardish poylash. O’yinda bir necha kishi qatnashadi. Bolalarning bir devor, taxta yoki bino burchagi orqasiga yashirinib, taxtadan (temirdan, plastindan) moslangan kichik elak kattaligidagi gardishni chirpirak qilib tepaga ketma-ket otib turadi. Bunda gardish merganlarga qulay qilib otilishi lozim. Merganlar chirpirab uchayotgan gardishni muljalga olib tosh yoki kesak otadilar. Kim gardishga ko’proq tosh tekkiza olsa u yutgan hisoblanadi. Bolalar bu o’yinni odamlardan chetroqda uynashlari lozim.
Don tuyish. Bolalar milliy taomlar tayyorlash uchun don tuyish (yanchish) da bahslashadilar. Bahs uchun tayyorlangan og’irlar va tuyishga ajratilgan donlarning sifati va miqdori bir xil bo’lishi lozim. Bunda keksa momolar, tajribali kelinlar ishboshi bo’ladilar. G’oliblarni aniqlashda ham ular hakamlik qiladilar. Ovqat pishirish, bahor oylarida sumalak, halim singari milliy taomlarni tayyorlashda kelida don tuyish asosiy ish hisoblanadi. Ajratilgan donni kelida tez tuygan bola bahsda g’olib chiqadi.
Bu bahsda bola foydali mehnatga o’rganadi. Lekin bu mehnatning og’irligi yuk, chunki bu musobaqa tarzida o’tkaziladi. Bajarilgan ish qatnashuvchiga quvnoqlik, xursandchilik, yaxshi kayfiyat bag’ishlaydi. Kelida don tuyishni yaxshi uddalagan o’g’il-qizdan uning ota-onasi ham mamnun bo’ladi.
Yog’och kesish. Yogoch kesish bahslari o’smirlar o’rtasida katta qiziqish uyg’otadi. Buning uchun qatnashuvchilar soniga qarab guruhlarga bo’linadilar. Ularning ixtiyoriga bir xil kattalikdagi arralar beriladi. Ularning o’tkirligi ham nisbatan bir xil bo’lishi kerak. Ular signal bilan yo’g’onligi bir hil bo’lgan harilarni arralashga tushadilar. Harilarni oldin arralab bo’lgan bolalar yutgan hisoblanadi. Bu baho yogochni tez kesishga – foydali mehnatga o’rgatadi. Natijada bolalar ro’zgor uchun yog’och kesish ishlarini bajarishga intiladilar.
Zuv-zuv.1-variant.Yugurish chizig’i oldida o’pkani to’ldirib nafas olinadi va «Zuv –v-v-v» deb ovoz chiqargan holda yuguriladi. G’alaba bir nafas olib eng uzoq masofga yugurganga beriladi.
2-variant.Bir sportchi ikkinchisini elkasiga utirib oladi va «zuv-v-v-v» deyishni boshlashi bilanoq uni ko’tarib olgan sportchi oldinga yuguradi. Bir nafas olishda eng uzoq masofaga yugurgan juft bolalar g’olib chiqqan hisoblanadilar.
Kuyov sinash. Asosiy ko’pchilikni tashkil qilgan mashqlar qatori kuyov sinash ham odamning ish qobiliyatini, bardoshini, kuchni oshirishga o’rgatadi. Qizning otasi yigitni kuyov qilishga moyil bo’lsa unga darahtlari kesilib to’nkasi qolgan maydonni ko’rsatadi va shu to’nkalarning ma’lum qismini tagi bilan kovlab, ko’chirishni va uni sarjin qilib tahlashni shart qilib qo’yadi. To’nka kovlash ham, uni yorib o’tin qilish ham abjirlik, chin ishbilarmonlik talab qiladi.


Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish