O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlarni ahamiyati Reja: kiris


O’zbek milliy harakatli o’yinlari milliy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida



Download 2,88 Mb.
bet4/27
Sana18.07.2022
Hajmi2,88 Mb.
#821558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlarni ahamiyati

1.2 O’zbek milliy harakatli o’yinlari milliy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida
O’zbekiston Respublikasi o’z taraqqiyotining ulug’ davrini boshidan kechirmoqda. Hayotimizda yuz berayotgan ijobiy o’zgarishlar, xalqimiz kunglidagi ko’tarinki kayfiyatni kundan-kunga ko’tarmoqda, ishga ijobiy yondashish va tashabbuskorlik, jismoniy va aqliy loqaydlikni yengib, faollikni, ishchanlikni oshirayotgani kundan –kunga sezilarli bo’lib yubormoqda. Jismoniy tarbiya va sport sohasi mamlakatimiz taraqqiyotiga beqiyos xayrli hissa qo’shishi mumkin. Keyingi vaqtda mustaqil yurtimizning ertangi umidi - yoshlarimizning ma’naviy komil, axloqan yetuk, jismonan baquvvat va ruhan tetik kishilar bo’lib, ulg’ayishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Inson kuch va qobiliyatlarining jismoniy, aqliy va axloqiy kabi uch tomoni ma’lum. Shunga qarab insonning kuch qobiliyatlarining taraqqiyoti, yuksalishni ta’min etishga xizmat qiluvchi tarbiya ham uch qismga ajraladi: badan tarbiyasi katta ahamiyatga egadir. Birinchidan, hayotda har kimning mukammal sog’-salomatlikka, kuch quvvatli badanga ega bo’lish ehtiyoji bordir. Ikkinchidan, sog’lom badanning fikr va axloq bilan uzviy aloqasi oshkordir, fikr va axloq bilan uzviy aloqasi oshkordir, fikr va axloq bilan mijoz va sog’lomlik orasida chambarchas bog’lanish mavjud.
Hayotda eng buyuk saodat quvvatli bir vujudga ega bo’lishdir. Bu saodatga qanday yeta olamiz? Buni anglash, hayotning sog’likka tegishli shartlarini o’rganish va uni amalga oshirish- badan tarbiyasining eng dolzarb mavzularini tashkil etadi. Shunga ko’ra, badan tarbiyasi bilan sog’likni saqlash orasida kuchli bir munosabat bordir.
Sog’lom badan tarbiyasi nazariyasining asosiy g’oyasi butun badan a’zolarining o’z vazifalarini muntazam bajarishlarini ta’min etishdir. A’zomizdan ba’zisini quvvatlantirib, ba’zisini esa quvvatsiz holda qoldirish maqsadni ta’min etishga kifoya etmaydi. Badan a’zolarining turli harakatlardan iborat bo’lgan gimnastika usullari, ot minish, suvda suzish, to’p o’yinlari kabi turli mashqlar badan tarbiyasi uchun ahamiyatlidir. Badan tarbiyasida, xususan bolalar uchun eng yaxshi vosita o’yindir. O’yinlar ko’ngil ochish uchun erkin ravishda ijro etiladigan harakatlardir. Bu esa gimnastikaning eng foydali qismidir. O’yinda badan harakatlarining har xili takror etilib turadi va bundan butun badan a’zolari foydalanadi, o’yin fikrning uyg’onishiga va oydinlashuviga xizmat etadi. O’yinlarning foyda etkazishlari uchun ma’lum qat’iy tartibga bo’ysundirilishi lozimdir. Sog’liqqa xilof bo’lgan o’yinlar foyda emas, zarar etkazadi.
Buyuk sharqning yoxud badan tarbiyasi haqida bizga yozib qoldirgan pand-nasihatlari-yu va amaliyotda qo’llash uchun tavsiya qilgan maslahatlari hozirgi zamon jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilm-fan uchun katta ahamiyatga egadir. Ana shunday tabarruk insonlardan biri Abdulla Avloniy o’z davrining yetuk ma’rifatparvari, usta murabbiysi, boshlang’ich o’zbek ta’limiga salmoqli hissa qo’shgan va birinchilardan bo’lib axloq, ta’lim- tarbiya masalalariga oid o’ziga xos «Qobusnoma» ni yozib qoldirdi.
Bu asar 1913-yilda yozilib, 1917-yilda ikkinchi bor nashr qilingan bo’lib, «Turkiy guliston yoxud axloq» deb nomlanadi.Abdulla Avloniy o’z ijtimoiy va axloqiy, ta’limiy qarashlarini bayon etgan holda umuman «Tarbiya» sarlavhasi ostida uning turlari va hususiyatlari haqida fikr – mulohaza yuritib uni to’rt turkumga : «Tarbiyaning zamoni», «Badan tarbiyasi» , «Fikr tarbiyasi» va «Axloq tarbiyasi»ga bo’ladi.
Insonni tarbiyalashda bu to’rt masala g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Muallif va shu to’rt asosiy omillar orasida «Badan tarbiya»sini ikkinchi o’ringa qo’yganligi, hamda «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida bayon etilgan insonlarga xos ijobiy va salbiy fazilatlar orasida eng asosiy xususiyatlardan biri hisoblanishi bejiz emas. Bola tarbiyasida muallif bola yashab turgan sharoit, atrof-muhit va kattalarning roli salmokli ekanini ko’rsatadi va bu sohada oila, maktab sharoitini ham nazar-e’tibordan chetda qoldirmaydi. Tarbiya bolaning axloqliligi, xulq- atvoriga kuchli ta’sir etishi e’tirof qilindi va ota-onalarni o’z bolalarini har tomonlama (ma’naviy, jismoniy va axloqiy)tarbiya qilishga undaydi, ta’lim badan tarbiya bilan bog’lik bir butun jarayon ekanligini ta’kidlaydi. Abdulla Avloniy fikricha, sog’lom fikr, yahshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo’lish uchun badanni har tomonlama tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va baquvvat bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadir, chunki yaxshi o’qimoq, o’qitmoq va o’rganmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir»-deydi.
Muallif bolani sog’lom qilib tarbiyalashda dastlab oilaga, ota-onaga murojaat qiladi, bolaning sog’ligi zaiflashgan kasal bo’lgan, taqdirda tabib yoki shifokorga ko’rsatishni taklif qiladi, sog’lom badanga ega bo’lish uchun alloma kishining jismoniy tomoniga zarar keltiradigan narsalardan saqlanishni tavsiya qiladi.
Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sihat-salomat qilib o’stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani tomondan tarbiyalashda ustoz, o’qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor qaratadi.
Dunyoga kelishdan maqsad yashashdir, yashashdan maqsad esa xalqimiz uchun foydali mehnat, xizmat qilishdan iborat. Chindan ham qo’hna dunyoda mehnatsiz turmushning vaxshiylik ekanligini insoniyat hayotida sinab ko’rilgan xalqimiz azaldan o’z ma’naviy qadriyatlari va diniy e’tiqodini qadrlab kelgan, shuning uchun u eng mushkul damlarda ham o’zligini yo’qotmagan. Hazrat Bahouiddin Naqshband o’gitlari har bir insonni doimo Xudoni dilga jo qilgan holda, uni doim o’ziga madadkor deb bilib, kasb o’rganishga , o’z ishining puxtasi bo’lishga , mehnat qilishga undagan. Tarbiyalash ustoz-o’qituvchilar pedagogik faoliyatining asosiy ko’rinishi bo’lib, o’qitish va o’rganishga qaraganda ancha keng va murakkab jarayondir, jismoniy tarbiya , aqliy tarbiya bilan uzviy bog’liq holda mavjuddir, jismoniy salomatlikning o’zi tugal aqliy faoliyatning zarur shartidir. Jismoniy tarbiya jarayonida shug’ullanuvchilar uning biologik, psixologik, pedagogik va madaniy qonuniyatlari bilan tanishadilar, bu esa talabalar aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari sport bilan muntazam shug’ullanish talabi kun tartibiga qat’iy rioya qilishga va uni samarali tashkil qilishga o’rgatadi, bularning hammasi o’quvchining aqliy faoliyati turg’unligiga sabab bo’ladi. Ta’kidlab o’tish kerakki, hozirgi zamon O’QUV dasturini egallash juda katta kuch va psixologik mustahkamlikni talab qiladi. Barchaga barobar bo’lgan talab va majburiyatlarni shaxsiy istaklar va xoxishlarni o’rgangan holda, omma uchun mos keladigan tartibdagina amalga oshirish mumkin, buning uchun milliy yo’nalishdagi tarbiyaga ham e’tibor berish zarur.
Chunki bunday tarbiya urf-odatlar sifatida har bir tabaqa uchun asosiy bo’lib, avloddan-avlodga o’tayotgan muqaddas tuyg’u asosida har bir inson qalbida yashaydi. Yoshlarni jismonan baquvvat va ma’naviy jihatdan yetuk, o’z qadriyatlariga hurmat bilan qaraydigan, milliy g’urur va vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash g’oyalari Prezidentimiz va hukumatimiz rahbarlari olib borayotgan ichki va tashqi siyosatning ustuvor yo’nalishlarda o’z ifodasini topgan.
Respublika ichki ishlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko’ra 2011-yilda 5624 ta maktab yoshidagi bola giyohvandlik tufayli hisobga olingan, yoki bo’lmasa 2011-yil yakuni bo’yicha o’smirlar ishtirok etgan jinoyatlar 4432 taga yetgan. Chunki, ularning bo’sh vaqtlari foydali to’garaklarga, sport o’yinlariga jalb etilmagan. Ommaviy sportga qiziqishni hosil qilishda Respublika xalq ta’limi, Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirliklari, O’zbekiston sport qo’mitasi o’rtasida o’zaro hamkorlik bo’lishi shart, ular o’zaro kelishgan holda ommaviy sportni rivojlantirishda hissa qo’shmoqlari lozim, ana shundagina ijobiy natijalarga erishi mumkin. Bizning Olloh in’om etgan tabiiy iqlim sharoitimizning o’zi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishmizda ko’p imkoniyatlar yaratgandir, uddaburon sport murabbiylari ochiq havodagi maydonlarda imkoniyatlardan keng foydalangan holda jismoniy mashqlarni o’tkazishi mumkin. Har bir talaba, har bir murabbiy, qolaversa, rahbarlar ota-onalar xalqimizning milliy o’yinlarini qanchalik yaxshi bilsa, unga mehr-muhabbatli bo’lsa, shunchalik sport o’yinlari ommalashib har bir xonadonga korxonalarga, o’quv muassasalariga kirib boradi va mukamalashadi.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish