Nazariy yo’nalish sportchini bellashuv jarayonida to’g’ri qarorlar qabul qilishida muhim va zaruriy bilimlarni o’zlashtiriщiga bog’liqdir. Bunda adabiyotlar o’rganiladi, etakchi mutahassislar ma’ruzalari tinglanadi, video-magnitafon yordamida musobaqa faoliyati yoki mahsus blankalarda kuzatuvlar natijasini yozib borish (sport razvedkasi) o’rganiladi. Sportchining bunday oldindan ma’lumotlarga ega bo’lishi, odatda musobaqa jarayonida uni tezroq va ancha to’g’ri qarorlar qabul qilishiga, yutuqqa erishishiga imkon yaratib beradi, sport mashg’uloti sharoitlarida taktikani o’zlash-tirishni tezlashtiradi.
Amaliy yo’nalish musobakali mashqlarni bajarish paytida qarorlar qabul qilishda sportchining bilim va uquvini shakllantirishga yordam beradi. Bunda mashg’ulot sharoitlarini soddalashtirish, engillashtirish (himoya taktikasini o’rganishda oldiniga hujum variantlari sonini cheklash lozim), sharoitlarni murakkablashtirish (charchoqning ortishi yoki raqiblar sonining ortishi va h.klar hisobiga) va mashg’ulotni kelgusi musobaqa sharoitlariga yaqinlashtirish, shu bilan birgalikda „raqibni o’rganish" ishlatiladi. Bularga yana musobaqa amaliyotida qarorlar qabul qilish tajribasini egallashni ham kiritishimiz mumkin. Undan tashqari, sportchini taktik tayyorlashda musobaqali holatlarni ifodalovchi (ekranda) mahsus trenajyorlar keng ishlatilmoqsta, ularga qarab sportchi iloji boricha tezroq qaror kabul qilishi, bir necha tugmachalardan bi-rini bosish bilan ma’lumot berishi mumkin.
Ruhiy tayyorgarlik. Sportchining ruhiy tayyorgarligi keng vazifalarning echimiga, ya’ni fikriy, aqliy, vatanpar-varlik, axloqiy tarbiya va musobaqa hamda mashg’ulot sharoit-larida samarali harakat qilish uchun uning psihikasini tayyorlashga bog’liq.
Avval aytib o’tilganidek, sportning e’tiborli jihatlaridan biri — uning tarbiyaviy jihatidir. Bu, eng avvalo, fikriy va akliy tarbiyaning samarali amalga oshirilishida namoyon bo’ladi.
Sportning mahsus hususiyati (spestifikasi) sportchidan eng avvalo sport axloqiga (etikasiga) rioya qilishni talab qiladi, ya’ni raqiblar, hakamlar, sheriklar, murabbiylar bilan aloqalar jamlanmasining me’yorlari, qaysiki, sport turining rasmiy qonun-qoidalari chegarasidan chiqib ketadi. Sport axloqi musobaqani halol olib borish, man etilgan harakatlarga yo’l qo’ymaslik, sport harakatining barcha ishtirokchilariga bo’lgan hurmatni, shu jumladan, raqibni ham nazarda tutadi. Ushbu masalaning dolzarbligi sport tomoshalarida katta ahami-yatga ega, ya’ni har bir qo’pollik, axloqsizlik, yutuqqa erishish uchun yolg’on harakat va qonun-qoidalarga amal qilmaslik muhlislarda salbiy munosabatni uyg’otadi.
Ruhiy tayyorgarlik umumiy va mahsus tayyorgarlikka ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |