Sport tehnikasi yuqori samaradorligi bilan ajralib tu-ruvchi harakatli vazifalarni echish usullaridir. Samarasiz harakatlar sportchiga maksimal natijalarga erishishga yo’l qo’y-maydi. Harakatli vazifalar sportda turli hildagi hususiyatga ega bo’lgani kabi, tehnikaga talab ham shunchalik turli-tumandir. Ko’pincha sportchining harakatlari tejamkor bo’lishi, ya’ni berilgan tezlik bilan harakatlanishda minimum quvvat ketkazilishni (energotrat) ta’minlashi lozim (suzish, uzoq masofalarga yugurish va boshqalarda). Boshqa holatlarda harakatlar aniqligi va jozibadorligi tehnikaga bo’lgan asosiy bosh talab hisoblanadi. Ko’pincha birinchi o’rinda maqsad sari tehnikani musobaqali holat bilan uzviy bog’liq holda, samaradorlikni kamaytirmasdan to’g’ri yo’l ga qo’yish zarurligi turadi va raqib holatini, harakatini maksimal darajada murakkablashtiradi (sport o’yinlari va bellashuvlarda).
Umumiy va mahsus tehnik tayyorgarlikning turli sport turlaridagi o’rni birday emas va asosan musobaqali mashqlarning soni, turli-tumanligi, yaqinlik darajalariga bog’liq. Masalan, akrobat yoki gandbolchining tehnik tayyorgar-ligiga engil atletikachi (uzoq masofaga yuguruvchi)dan ko’ra ko’proq vaqg ajratiladi. Ayniqsa, sportchining o’zlashtirishiga osonroq bo’lishi uchun katta hajmdagi turli harakatlardan faqat qanchadir qismini tanlashga to’g’ri keladigan, murakkab vazifalarni echadigan shunday sport turidagi murabbiylarga qiyin (kurashning turli turlarida). Bunday hollarda, o’zlashtirilgan usullar soni, har birini bajarishda ustalik darajasi musobaqa imkoniyatining tuzilishiga va kattaligiga ta’sir ko’rsatadi, bu esa sport natijasiga turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkin (1- rasmga qarang).
Tehnik tayyorgarlik jarayonining tuzilishi harakatli holatlarni o’rganish jarayonidan unchalik katta farq qilmaydi. Biroq, maksimal natijaga erishish uchun intilish tayyorgarlikning bu turiga spestifik talablar qo’yadi. Bunda muhim jihat — harakatlarga o’rgatishga to’liq tayyor bo’lishlikni ta’minlashdan iborat. Agar sportchining jismoniy tayyor-garligi etarli bo’lmasa, unda tehnikasida muammolar ko’payadi. Masalan, yosh voleybolchining tezkor-kuch tayyorgarligi juda kam (sakrovchanlik), hujumkor zarba berish tehnikasini o’rganishda qiynaladi, buning natijasida sportchiga qaytadan o’rgatish kerak bo’ladi.
Tehnik tayyorgarlik hususiyatlaridan yana biri — hatolarni zudlik bilan topish va ularni bartaraf etishdir. Uchrab turadigan hatolarni to’g’rilash faqatgina vaqtni oladigan murakkab jarayon emas. Sportchi murakkab musobaqa jarayonida charchab, emostional toliqqanda doimo harakatlarida o’sha-o’sha hatolarga yo’l qo’yish havfi tug’iladi, natijada sport ko’rsatkichlari pasayadi. Shuning uchun, harakatli uquvni (boshlang’ich o’qitish bosqichida) va bilimni (chuqurlashtirilgan bosqichda) shakllantirish albatta to’g’ri harakatlanishning nazorati bilan birga olib borilishi kerak.
Sport mashg’uloti uchun spestifik bosqich — sport poydevorini mustahkamlash va rivojlantirish bosqichi hisoblanadi, ya’ni harakatli uquvni shakllantirish paytidan boshlab to butun sport faoliyati davrigacha davom etadi. Musobaqa mashqlari va ularning mashg’ulot shakllari tehnik tayyorgarlik vositalari bo’lib hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |