O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik


N atijalar tahlili. Ijobiy javoblar sonini hisoblang



Download 0,6 Mb.
bet34/71
Sana25.05.2023
Hajmi0,6 Mb.
#943363
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
8 11 sinf o‘quvchilari uchun korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar

N atijalar tahlili. Ijobiy javoblar sonini hisoblang.
0-9 ball – motivasiya past, bunda ishga qiziqishi to‘liq befarqlikdan ishga bo‘lgan qiziqishining yo‘qlik darajasigacha pasayganligi, bu esa har qanday kasbiy faoliyatni samarali bajarishni qiyinlashtiradi.
10-20 ball-motivasiyaning o‘rtacha darajasi. Har qanday kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun optimal daraja hisoblanadi, chunki u muvaffaqiyatli ishlaganda samaradorlikni saqlab qolishga imkon beradi.
21-30 ball - motivasiyaning yuqori darajasi (supermotivasiya) mukammallikka intilish va intensiv ishlashga tayyorlikka intilishni ko‘rsatadi, ammo psixoyemosional holat va salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

8-Mavzu:
Shaxslararo munosibatlar samaradorligi” (Soft skills)

Mashg‘ulot maqsadi:
O‘quvchilar oladigan ko‘nikmalar:
•Shaxslararo samaradorlikning asosiy elementlari bilan tanishish
•"Chegaralar" haqida tasavvurga ega bo‘lish va o‘ziga xos shaxsiy chegaralarni o‘rganish
•"Yo‘q" javobini berishning turli xil usullarini qo‘llash va sog‘lom chegaralarni o‘rnatish uchun "yo‘q" so‘zini mashq qilish
Zarur bo‘lgan jihozlar:
•Guruh qoidalari aniq yozilgan plakat.
Mashg‘ulotning borishi:
O‘quvchilarni qutlang va bugungi mavzu “Tinglash ko‘nikmalari” tushunchasiga bag‘ishlanishini ayting Guruhning asosiy qoidalariga qisqacha murojaat qiling (qoidalar aniq yozilgan plakatlarga ishora qiling):
•Hurmatga asoslangan muloqot va munosabatdan foydalaning
•Guruhda barchaning ishtiroki muhimdir
•Bir-biringizni tinglang
•Boshqalarga ham fikr bildirish uchun teng imkoniyat bering
•Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang
•Mashg‘ulot vaqtida oshkor qilingan har qanday shaxsiy ma’lumotlar qat’iy sir saqlanadi
•Og‘zaki tahqirlash yoki zo‘ravonlik ta’qiqlanadi
1 Mashq.” Shaxslararo samaradorlik”.
1.Shaxslararo samaradorlik ko‘nikmalarini o‘rganish "mukammal natijalar"ga erishishga qaratilmagan.” Shaxslararo samaradorlik ko‘nikmalaridan foydalanish juda mushkul bo‘lib, bu ko‘nikmalar boshqa odamlar bilan muloqotni talab etadi va biz boshqalarning harakatlarini nazorat qila olmaymiz. Biz munosabatlarning faqatgina bizga tegishli qisminigina nazorat qila olamiz. Bu degani, biz shaxslararo samaradorlik ko‘nikmalaridan foydalangan holda, biz o‘zimiz istagan natijaga erisha olmaymiz. Yakuniy natija siz kutgandek bo‘lmaganida, o‘zingiz yoki boshqalardan achchiqlanmaslik juda muhimdir.
2.Shaxslararo samaradorlik ko‘nikmalarini o‘zingizga bo‘lgan munosabat o‘rnatishda qo‘llashingiz mumkin. Shaxslararo ko‘nikmalardan Intrashaxsiy ko‘nikmalar sifatida ham foydalanish mumkin. Intrashaxsiy degada, sizning o‘zingiz bilan qanday munosabatda bo‘lishingizni anglatadi. Sizning hayotingizdagi eng uzoq va yaqin munosabatlar bu o‘zingiz bilan bo‘lgan munosabatlardir, shuning uchun bu shakldagi munosabatlar juda muhimdir.
3.Shaxslararo samaradorlik ko‘nikmalari, tashqi ko‘rinishda juda farqlanadigan odamlarni hurmat qilishni va ularni qadrlashni talab etadi. Shaxslararo samaradorlik ko‘nikmalaridan foydalanish sizdan o‘zgacha hayotiy voqealar, tarix va qadriyatlarga ega bo‘lgan boshqalarni hurmat qilishni talab qiladi. Bunga turli xil siyosiy qarashlar, e’tiqod, millat va jinsga mansub odamlar kiradi. Shaxslararo samaradorlik barcha odamlar turlicha ekanligi va hayotda yashashning muayyan belgilangan yo‘li yo‘qligini qabul qilishni talab qiladi. Bu siz duch keladigan barcha hayot tarzlarini qabul qilishingiz shartligini anglatmay, bunda siz boshqalarni boshqarish, “boshqacha” bo‘lganliklari uchun haqorat qilish yoki ularga qanday yashash kerakligi haqida o‘rgatishni to‘xtatishingizga to‘g‘r keladi. Boshqalarning fikrini hurmat qilish (agar ular hech kimga zarar qilmasa yoki zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymasa) va zo‘ravonliksiz muloqot ishda, uyda va jamoada muvaffaqiyatga erishishdagi muhim ko‘nikmalardir.
4.Barcha insonlarning o‘ziga xos ehtiyojlari va istaklari bor. Barcha insonlarning o‘z ehtiyojlari va istaklari bor - bu insonlarga hos jihatdir. Siz o‘zingizdan va boshqalardan nimani istatyotganingizni so‘rashga haqingiz bor (hatto ular “yo‘q” deyishsa ham). Xuddi shunday, o‘z ehtiyojlaringizni qondirishingiz va xavfsizlikda bo‘lishingiz uchun boshqalarga "yo‘q" deb aytishingiz mumkin. Siz o‘z fikringizni bildirishingiz va baribir yaxshi odam bo‘lishingiz mumkin. Yo‘q deyish mushkul va qo‘rqinchli bo‘lishi mumkin, ammo bu sizning haqingiz. Ehtimol siz o‘zingizga yaqin bo‘lgan odamlarni hafa qilishni istamasligingiz mumkin, ammo ularning ko‘ngliga doimo ham qarashingiz shart emas.
5.Boshqalardan farq qilish yaxshi. Garchi ular sizning oilangiz yoki do‘stlaringiznikidan farq qilsa ham, o‘z qiziqishlaringiz va yaxshi ko‘rgan mashg‘ulotlaringiz bo‘lgani juda yaxshidir. O‘zgalar bilan murosada yashash yaxshi albatta, ammo o‘zlgingizni ham unutmang.
Keyin guruhdan so‘rang:
-Ushbu fikrlardan qaysi birini sizni hayratda qoldirdi? Nima uchun? Sizningcha, qaysi biri siz uchun eng muhimdir?

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish