Boshlovchi uchun eslatma. Ishtirokchilarga kasb – bu ma’lum bir mutaxassislik, ijtimoiy mavqe esa – bu uy bekasi, oilaning boshi, ko’p bolali ayol, nafaqaxo’r ekanligini tushuntirish kerak. Har ikkalasini ham tanlash mumkin.
“To’siqlar” mashqi
Maqsad. Vaziyatni tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish
Mazmuni. Har bir ishtirokchi o’zi tanlagan kasbi yoki ijtimoiy mavqeyida qanday to’siqlarga uchrashi, maqsadlariga erishish uchun nimalar qilishi haqida o’ylashi va yozishi kerak. Keyin hammaga quyidagi savolga javob berish taklif qilinadi: qaysi biri qiyinroq: to’siqlarni ko’rishmi yoki ko’zlangan maqsadga erishish yo’llarini izlashmi?
Ijobiy tarbiya tamoyillari.
1. Bola o’ziga doimiy ehtiyoj borligini va yaxshi ko’rishlarini his qilishi kerakligini tushunib oling.
2. O’zaro hurmat ("Men sizga qanday munosabatda bo’lishni istasam, sizga ham shunday munosabatda bo’laman").
3. Bolani qanday bo’lsa, shunday yaxshi ko’ring va qabul qiling (nima bo’lishidan qat’iy nazar, qanday xatoga yo’l qo’ysa ham siz uni doim yaxshi ko’rishingizni bilishi kerak).
4. Tarbiya ta’sirining ketma-ketligi ("yo’q" har doim "yo’q" bo’lishi kerak. Tarbiya bilan shug’ullanadigan barcha kattalar ushbu qoidalarga rioya qilishlari kerak).
5. Shaxslararo to’g’ri tuzilgan munosabatlar (ishonchli munosabatlar).
6. Muloqotda tez-tez yoqimli iboralardan foydalaning (“Seni ko’rganimdan xursandman”, “Kelganing yaxshi bo’ldi”, “Menga sening shu xislating yoqadi.”, “Seni sog’indim”, “Sen albatta bunga qodirsan”, “Seni borliging biz uchun baxt”, “Sen bilan faxrlanaman”)
7. Bolani kuniga kamida 4 marta (yaxshisi undan ham ko’proq) o’pib quchoqlang, erkalang.
“Oila rasmi” metodikasi
Tadqiqot uchun - oq qog’oz (21 x 29sm hajmdagi), 6 xil rangli qalam (qora, qizil, ko’k, yashil, sariq, jigarrang), o’chirg’ich zarur. Bolaga qo’yidagicha ko’rsatma beriladi: “Iltimos, o’z oilang rasmini chiz”. Bunda “oila” so’zining ma’nosini tushuntirish ta’qiqlanadi. Agar bola nima chizish kerakligini so’rasa, psixolog ko’rsatmani qayta takrorlashi zarur. Vazifani bajarish vaqti chegaralanmagan (ko’pincha 35 daqiqadan oshmaydi).
Vazifa bajarib bo’lingach, psixolog verbal yo’l bilan iloji boricha ko’proq ma’lumot olishga harakat qilishi lozim. Odatda quyidagi savol bilan murojaat qilinadi:
1. Ayt-chi, bu yerda kim tasvirlangan?
2. Ular qaerda tasvirlangan?
3. Ular nima qilishayapti7
4. Buni kim o’ylab topdi?
5. Rasmda chizilganlarning eng baxtlisi kim? Nima uchun?
6. Ulardan eng baxtsizi kim? Nima uchun?
Oxirgi ikkita savolga agar bola javob bergisi kelmasa, uni majburlash mumkin emas. Chunki u hissiyotlar bilan bog’liq.
Suhbat davomida psixolog bola chizgan rasmning mazmunini aniqlashga harakat qilishi zarur:
- agar oila a’zolaridan biri tasvirlanmagan bo’lsa unga nisbatan hissiyotlarini;
- uning sabablarini; rasmdagi alohida detallar (hayvonchalar, qushchalar) bola uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini bilish muhimdir. Ammo bunda iloji boricha, to’g’ri, bevosita savollarga murojaat qilmaslik zarurki, bu bolada tashvishlanish, himoya reaktsiyalarini keltirib chiqarishi mumkin. Ko’pincha bunday hollarda proyektiv savollarga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir (masalan, «agar qushcha o’rniga odam rasmi chizilgan bo’lsa, u kim bo’lishi mumkin?”, “Akang bilan musobaqalashsang kim yutgan bo’lardi?”, “Biror yerga bormoqchi bo’lsa, akang o’zi bilan kimni olib ketar edi?”).
Suhbatdan so’ng bolaga 6 turdagi vaziyatni hal qilish taklif qilinadi: ulardan uchtasi oila a’zolariga nisbatan negativ hissiyotlarni, uchtasi ijobiy munosabatni aniqlashga qaratilgan:
1. Tasavvur qilaylik, tsirkka 2ta chiptang bor. Kimni o’zing bilan birga tsirkka taklif qilar eding?
2. Tasavvur qilaylik, oilangiz mehmonga borishi kerak. Biroq kimdir kasal bo’lib uyda qoladi. U kim?
3. Konstruktordan uy yasayapsan, lekin uning uddasidan chiqa olmayapsan. Kimni yordamga chaqirasan?
4. Senda qiziqarli filьmga bir necha chiptalar bor, lekin u oila a’zolarining sonidan 1taga kam. Uyda kim qoladi?
5. Tasavvur qilaylik, sen kimsasiz orolga tushib qolding, u yerda kim bilan yashashni xohlarding?
6. Senda qiziqarli loto o’yini bor. Oila a’zolaring bilan uni o’ynamoqchisizlar. Ammo bitta odam ortiqchalik qilayapti. Kim loto o’ynamaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |