Agressiv bolalar bilan olib borilgan ishlar natijasi turg’un bo’lishi uchun, korreksion ishlar tizimli, kompleks tarzda olib borilishi lozim. Korreksion ish yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
Bolaning xarakterologik o’ziga xosligi
|
Korreksion ish yo’nalishlari
|
Terapevtik ta’sirlarning metodlari va texnikalari
|
Shaxsiy xavotirlanishning yuqori darajasi. O’ziga nisbatan salbiy munosabatga yuqori ta’sirchanlik.
|
Shaxsiy xavotirlanish darajasini pasaytirish
|
relaksatsion texnikalar: chuqur nafas olish, vizual obrazlar, muskullarni bo’shashtirish, musiqa sadosi ostida erkin harakat;
qo’rquv bilan ishlash;
rolli o’yinlar.
|
Shaxsiy emotsional dunyosini anglashning sustligi.
|
O’z emotsiyalarini va boshqa odamlarning his‑tuyg’ularini anglashni shakllantirish, empatiyani rivojlantirish.
|
1) turli xil emotsional holatlarni ifodalovchi rasmlar bilan ishlash;
2) emotsional holatning sababini ochuvchi voqealarni o’ylab topish (ko’proq sababini topish);
3) emotsiyalarni chizish, yasash;
4) emotsiyalarni plastik ifodalash;
5)sensor kanallar orqali emotsiya bilan ishlash;
6) tabiatdagi turli predmet va hodisalarni ifodalash, ularning nomidan hikoyalar tuzish;
7) turli xil emotsional holatlarni ifodalovchi sahna ko’rinishlarini (etyud) ijro etish;
8)metodika‑“men xafaman (xursandman va x.k.lar) qachonki.....”
|
Noadekvat (past ko’pincha) baho berish. Atrofdagilar tomonidan salbiy qabul qilinishiga o’zini oldindan yo’naltirish.
|
O’z‑o’ziga ijobiy baho berishni rivojlantirish.
|
1) “Men” obrazini ijobiy qabul qilishga yo’naltirilgan mashqlar, o’z‑o’zini anglashni faollashtirish; “men holatini” dolzarblashtirish.
2) mavjud va ro’y beradigan yutuqlar uchun rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish.(“muvaffaqiyatlar alьbomi”, medallar, olqish, qarsak va x.k.lar.)
3) bolani turli sektsiyalar, studiyalar, to’garaklarga yo’naltirish, qabul qilish (qiziqishlariga qarab)
|
Hozir ro’y berayotgan vaziyatlarda emotsional “qotib qolish”. O’zining xatti- harakatlarini oqibatini oldindan ko’ra bilmaslik.
|
Bolani o’zining g’azabini imkonli bo’lgan, o’zi va atrofdagilar uchun xavfsiz ifodalash usullariga, shuningdek salbiy vaziyatga munosabat bildirishga o’rgatishga yo’naltirilgan korreksion ish yo’nalishi.
|
1) G’azabni xavfsiz usulda namoyon etish;
2) G’azabni plastik ifodalash, xatti‑harakatlar bilan ifodalash;
3) G’azabni chizish, shuningdek g’azabni plastilin yoki loydan yasash, bunday g’azabni qanday vaziyatlarda his etishini muhokama etish (agar bolaning o’zi istasa)
4) “g’azabga xat”;
5) “salbiy portretlar galereyasi”;
6) his tuyg’ularni to’liq ifodalash va ijobiyga aylantirish uchun art-terapiya, geshtalьt-terapiya, emotsional‑obrazli terapiya usullarini qo’llash.
|
O’z emotsiyalari ustidan sust nazorat.
|
Bolaga o’z g’azabini boshqarishni o’rgatishga yo’naltirilgan korreksion ish yo’nalishi.
|
1) Relaksatsion texnikalar‑muskullarni bo’shashtirish+ chuqur nafas olish + vaziyatlarni vizuallashtirish;
2) Destruktiv xatti‑harakatlarni verbal rejaga ko’chirish (“to’xta va o’ylab ko’r, nima qilishni xohlaysan”)
3) Qoida kiritish: “harakatga kirishishdan avval 10 gacha sana”.
4) Nazorat ko’nikmalarini mustahkamlash uchun o’zida provokatsion vaziyatni ifodalovchi rolli o’yin;
5) O’z g’azabi nomidan hikoya tuzish va his‑tuyg’uni harakatlari bilan ifodalash;
6) O’z g’azabini sensor kanallar orqali anglash. (g’azabing nimaga o’xshaydi? Uni rangi qanday? Qanday eshitiladi, mazasi, ushlab ko’rganda qanday?)
7) O’z g’azabini tana sezgilari orqali anglash (og’riqni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan muskullarni qisqarishi -yuz, bo’yin, qo’llar, ko’krak qafasi, qorin muskullari.)
|
Muammoli vaziyatlarda xulq-atvorning cheklangan reaktsiyalari to’plami, destruktiv xulq‑atvor kamayishi.
|
Muammoli vaziyatlarda xulq-atvor reaktsiyalari spektirini kengaytirishga va xulq-atvordagi destruktiv
elementlarni bartaraf etishga qaratilgan xulq‑atvorlar terapiyasi.
|
1) Muammoli vaziyatlarni ifodalovchi rasmlar bilan ishlash (rasm bo’yicha hikoyalarning turli variantlarini o’ylab topish).
2) O’ylab topilgan nizoli vaziyatlarni ifodalovchi sahna ko’rinishlarini ijro etish.
3) O’zida raqobat elementlarini ifodalovchi o’yinlarni qo’llash.
4) Hamkorlikka yo’naltirilgan o’yinlarni qo’llash.
5) Muammoli vaziyatlarda turli xil xulq‑atvor reaktsiyalarini oqibatini bola bilan muhokama qilish, ijobiysini tanlash va uni rolli o’yinda mustahkamlash.
6) Mashg’ulotlarga rag’batlantiruvchi tizim bilan qo’llanuvchi aniq xulq‑atvor qoidalarini kiritish va ularga rioya qilish holatida imtiyozlar berish (sovrin, mukofot, medal, olqish.)
7) O’z‑o’zini kuzatish va o’z xulq‑atvorini nazorat qilishga o’rgatish uchun bolaga kundalik tuttirish.
8) O’qituvchilar (ota‑onalar) bilan birgalikda bola tomonidan xulq-atvor kartalarini tutilishi, (har bir bola uchun shaxsiy xulq-atvor qoidalarini ifodalovchi) masalan, “qo’llaringa erk berma”, “kattalarni hurmat qil”, ularga rioya etilgan vaziyatda mukofot va imtiyoz berish.
9) Bolani guruhli sport o’yinlariga qo’shish (agressiyani chiqarish yo’llari, jamoada o’zaro harakat qilish, aniq qoidalarga rioya etish.
|
Ota‑ona va pedagoglar bilan ishlash
|
Bolada agressiv xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga yo’naltirilgan ota‑onalar va pedagoglar bilan maslahat va korreksion ishlar.
|
1) Pedagog va ota‑onalarga agressiv bolalarning individual‑psixologik xususiyatlari xaqida ma’lumot berish;
2) Agressiv bolalar bilan muloqotda kelib chiquvchi o’zining salbiy emotsional holatini bilishga, shuningdek psixik muvozanatni boshqarish usullarini o’rgatish;
3) Pedagog va ota‑onalarni “taziyqsiz” muloqot- “faol” tinglash ko’nikmalariga o’rgatish; muloqotda baholashdan qochish; “sen‑ma’lumot” o’rniga “men‑ma’lumot”ni qo’llash; qo’rqitish va buyruqlardan voz kechish, intonatsiyalar ustida ishlash;
4) Agressiv bolalar bilan ijobiy o’zaro munosabat ko’nikmalarini rolli o’yinlar yordamida mustahkamlash;
5) Yagona talablar va tarbiya qoidalarini ishlab chiqishda oilaga yordam berish;
6) Tarbiyaning asosiy metodi sifatidagi jazolashdan voz kechish, ishontirish va rag’batlantirish, imtiyoz metodlariga o’tish;
7) Bolani qiziqishlariga ko’ra turli sektsiya, to’garak va studiyalarga berish.
|