Yomon xayollardan qutulish ancha qiyin bo‘ladi. Bu diqqatni bir joyga to‘plash va mashqlar bajarishni talab qiladi. Lekin ijobiy fikrlashga yo‘naltirishga yordam beruvchi bir necha usullar bor.
Miya bizga yomon xotiralarni va og‘ir tajribani unutishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu bilan u bizni o‘tmishdagi xatolarni takrorlashdan himoya qilmoqchi bo‘ladi. Lekin salbiy fikrlar yaxshi narsalarni ko‘rishga, har bir kun uchun quvonishga va baxtli yashashga imkon bermaydi. Ijobiy fikrlashga o‘rganish uchun quyidagi usullarni sinab ko‘ring.
O‘zingizni salbiy fikrlar boshqarishiga yo‘l qo‘ymang o‘z salbiy hissiyotlaringizni ozod qiling. Unga kuch-qudratingizni to‘xtatib turishiga va sizni pastga tortishiga yo‘l bermang. O‘z aqlingizni nazorat qiling. O‘zingizning qayg‘uli holatingizni va salbiy fikrlayotganingizni sezsangiz, diqqatingizni boshqa yaxshiroq narsalarga yo‘naltiring. Sizga quvonch bag‘ishlaydigan narsalarni eslang.
Evaziga ko‘proq olish uchun ko‘proq fido qiling
Biz boshqalarga qanchalik marhamatli bo‘lsak, o‘zimiz shunchalik baxtliroq bo‘lamiz. Kimgadir unchalik katta bo‘lmagan sovg‘a bering yoki uni maqtang, begona kishiga bir piyola choy sotib oling yoki yordam bering. Odamlar sizdan minnatdor bo‘lishadi va bu sizga quvvat bag‘ishlaydi.
Ayni lahzalardan zavqlaning
Fikrlarni butunlay qayta dasturlash uchun har bir kuningizni ijobiy hissiyotlarga to‘ldirish kerak. Shu yerda va bugungi kun bilan yashang. O‘tmish bilan emas. Ertangi kun bilan emas. Va hatto oldinda turgan ta’til bilan ham emas.
Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling:
Hozirning o‘zida nimadan minnatdorman?
Hozirning o‘zida quvonchliroq va quvnoqroq bo‘lish uchun men nima qila olaman?
Hozirning o‘zida o‘z sevgim va minnatdorchiligimni qanday namoyish qila olaman?
Hozirning o‘zida boshqa odamni qanday baxtli qila olaman?
Siz o‘z fikrlaringizni nazorat qilishni o‘rganishingiz bilan miya bunga ko‘nikadi, shunda ijobiy fikrlash siz uchun tabiiy holatga aylanadi.