1-sessiya. Kirish qismi
Videorolik.
Qadimgi tabiblardan biri avitsennaning taʼkidlashicha, vrachning kasallikni yengishi uchun uchta quroli boʼladi: soʼz, giyoh va pichoq.
Eʼtibor bering «soʼz» birinchi oʼrinda.
Parij gospitallarining birida yosh psixolog emili ki oʼz bemorlariga kuniga uch maxal 10 marotabadan xayolan va ovozini chiqargan xolda «kundan kunga men oʼzimni yaxshi xis qilayapman» deb takrorlashni odat qilgan. Gapirganda xam shunchaki mezanik tarzda emas, balki yurakdan chiqarib, chin dildan aytishgan.
Nima deb oʼylaysiz, natija qanday boʼlgan?
Bir oydan keyin bu vrachning bemorlari avval gospitalning tibbiy personallari uchun, keyincha butun fransiyaning muxokama manbaiga aylangan. Ajablanarli, ammo fakt – ogʼir bemorlarning bir oy ichida tuzalib ketgani va xattoki ularning ayrimlariga jarroxlik aralashuvlarini zarurati yoʼqolgani aniqlangan.
Xulosa: qadimgi yunon olimi paratselsning soʼzlari tasdiqlangan – «ishonch moʼjiza yaratadi».
Inson salomatligi – uning tafakkurini toʼgʼridan-toʼgʼri oqibati xisoblanadi. Yaʼni insonning ruxiy va jismoniy xolatlari oʼrtasida bevosita bogʼliqlikning mavjudligi xech kimda gumon uygʼotmaydi.
Yomon narsa haqida oʼylasang – ogʼrib qolasan.
Psixologik qonunlarning birida aytilishicha: «sevgi, simpatiya va qoyil qolishni soʼz orqali ifodalash, u kimga yoʼnaltirilgan boʼlsa, shu insonning hayotiy energiyasini kuchaytiradi». Qaxrli va yovuz soʼzlar esa tinglovchining energiyasini kamaytiradi.
Yomon fikrlar bilan bogʼliq kasalliklarning umumiy soni kundan-kunga oʼsib bormoqda.
Ularga qarshi turish uchun, qadimgi donishmandlar maslaxatiga quloq tutish kerak. Yaʼni, qanchalik ogʼir boʼlmasin xayotdan quvonish kerak. Shunday qilib, inson sogʼligʼi, xayoti va taqdiri uning fikrlari bilan bevosita bogʼlangan.
Yaxshilikni oʼylasang – yaxshilikni kut.
Yomonlikni oʼylasang-oʼylaganingni olasan.
Inson doimo oʼylab yuradigan narsalar ishonchga aylanib, shu narsa sodir boʼlishi kerakligiga zamin yaratiladi va bu eʼtiqod amalga oshadi.
Shunday ekan bugundan boshlab, yaxshilik xaqida oʼylang, va yaxshi narsalarga umid qiling. Arzimagan narsalarga qaygʼurmang.
yurak infarkti va yetishmovchiligini profilaktika qilish boʼyicha mutaxassis amerikalik kardiolog robert eliotning ikkita oltin qoidasini keltirib oʼtamiz:
Birinchi qoida: ahamiyatsiz narsalar uchun qaygʼurmang.
Ikkinchi qoida: hamma narsa ahamiyatsiz.
Quyida mavuga oid xayotiy misol keltiramiz.
- bir bolakay uyiga kelib onasiga: "bu xatni maktabdagi oʼqituvchim berib yubordilar"- deydi. Onasi xatni oʼqib koʼz yoshlarini zoʼrgʼa tutib turdi. Uni bolasiga baland ovozda oʼqib berdi: «sizning oʼgʼlingiz daho! Maktabimiz uning qobiliyatiga kichiklik qiladi. Shuning uchun siz bolangizga uyingizda taʼlim bering!». Oradan yillar oʼtdi. Insoniyat tarixiga ulkan ixtiro kashf qilgan inson edisonning onasi vafot etdi. Kunlarning birida u onasining javonini koʼzdan
Kechirayotib qutidagi xatga koʼzi tushdi: «sizning oʼgʼlingiz kaltafahm, tentak. Erta tongdan boshlab uni maktabga kiritmaymiz!». Buni oʼqigan edison rossa yigʼladi va oʼzining xotira daftariga ushbu bitiklarni bitib qoʼydi:
- «edison tentak bola boʼlgan. Lekin aqlli onasining tadbiri ila dahoga aylandi!». Onaning hayotdagi oʼrni shunday, u oʼgʼlini olim darajasiga yetishishiga ishontira olgan, oʼgʼlini ijobiy fikrlar bilan sugʼora olgan!!!
Bizning «baxt gormonlar»imiz miqdorini oshirib kayfiyatimizga taʼsir etishning oddiy usullari mavjud.
Bizni nima baxtli qilishi mumkinligi haqida oʼzimizdan soʼraganimizda odatda shart-sharoitlar, mol-mulk yoki hayotimizdagi odamlar haqida oʼylaymiz. Biroq, aslida baxtni his etish kimyoga bogʼliq. Miya ishlab chiqaradigan toʼrt asosiy modda baxt bilan bogʼliq boʼlgan tuygʼu va hissiyotlarni yaratishga masʼuldir. Bu juda yaxshi yangilik-a, toʼgʼrimi? Bu deganiki, shart-sharoit, boylik yoki hayotimizdagi odamlarsiz ham baxt gormonlarimizni oshirib kayfiyatimizga taʼsir etishimiz mumkin.
Endorfin. Endorfinlar jismoniy ogʼriqlarni yengish uchun markaziy asab tizimidan ishlab chiqariladi. Ularni ishlab chiqarishning zararsiz yoʼli – bu jismoniy mashqlar bilan shugʼullanish. Bir tadqiqotga koʼra, 10 kun davomida 30 minut yugurish yoʼlakchasida yurish klinik depressiyani sezilarli tarzda kamaytirishga yordam berarkan.
Serotonin. Ehtimol, eng mashhur «baxt kimyosi». Bu neyromediator tabiiy ravishda biz har kunlik bajaradigan baʼzi narsalardan kelib chiqadi. Uni miqdorini oshirishning yoʼli: quyosh nurida boʼlish. Jismoniy mashq va pozitiv fikrlash ham uni ishlab chiqarishda stimul beradi.
Dofamin. Uni koʼpincha «mukofot kimyosi» deb atashadi. Maqsadingizga erishganingizda yoki istagingiz amalga oshganida – yaxshi ishlaganingizni anglab siz dopaminning yoqimli dozasini olasiz. Yana bir yoʼli siz uni odamlarga yaxshi munosabatda boʼlib ham his etishingiz mumkin. Volyontyorlik dofamin gormonini oshiradi. Kimnidir sevish va u haqidagi yoqimli oʼylar ham bu gormonni ishlab chiqaradi.
Oksitotsin. Bu gormon bilan onalarimiz yaxshi tanishlar. Bu gormon tugʼruq va emizish vaqtida ishlab chiqariladi. U asosan mehribonlik, gʼamxoʼrlik va yaqin munosabatlar bilan bogʼliq. Oksitotsin gormoni koʼp boʼlishini istaysizmi? Kimnidir quchoqlang – mushukcha boʼlsa ham mayli.
Baʼzan, baxt uzoq, yetib boʼlmas orzu kabi koʼrinishi mumkin. Yaxshiyamki, bizning tanamizda doimo murakkab kimyoviy jarayonlar mavjud boʼlib, ular bizning kundalik harakatlarimizga taʼsir qiladi. Bizning gormonlarimiz va neyrotransmitterlarimiz qanday ishlashini tushunganimizda, biz ularni oʼylaganimizdan ham koʼra osonroq «ishga tushirishimiz» mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |