2-sessiya. Asosiy qism
“Munosib javob” mashqi
maqsad. Nizoli vaziyatlardan konstruktiv chiqish malakalarini shakllantirish.
ishning borishi. Barcha ishtirokchilar aylana bo‘lib o‘tiradilar. Har bir ishtirokchi trenerdan kartochka oladi, unda biror ishtirokchining tashqi ko‘rinishi yoki xulqiga oid e’tirozli gap yozilgan bo‘ladi. Har bir ishtirokchi navbati bilan yonidagi qo‘shnisining ko‘zlariga qarab kartochkadagi gapni aytadi. Qo‘shnisining vazifasi bu “tashlanishga” munosib javob qaytarishdir. Keyin javob bergan ishtirokchi o‘ng tomonidagi qo‘shnisiga o‘z qo‘lidagi jumlani aytadi. hamma topshiriqni bajarib bo‘lgach, ya’ni har bir ishtirokchi ham “xujumchi”, ham “qurbon” rolida bo‘lib ko‘rgach, guruh muhokamaga kirishadi.
Sen o‘zing haqingda juda yuqori fikrdasan. Buni barcha xodimlar aytadi.
Sen sinfni boshqarishni bilmaysan.
Sen xodimlarni boshqarishni bilmaysan.
Sen doim ayol xodimlarni (o‘qituvchilarni) yig‘lashgacha olib borasan.
Sening sinfing (maktabing) eng janjalkash hisoblanadi.
Sen umuman xodimlar bilan gaplashishni bilmaysan.
Sen umuman ota-onalar bilan gaplashishni bilmaysan.
Sen umuman bolalar bilan gaplashishni bilmaysan.
Nega barcha o‘quvchilarga bo‘ridek qaraysan?
Sen bilan xech qanday ish munosabatlarini o‘rnatib bo‘lmaydi.
Sen juda muhim loyihani pachavasini chiqarding.
Majlisda sen nutq so‘zlayotganingda hammani uxlatadi.
Sen bilan xech narsaga kelishib bo‘lmaydi.
Sen baribir va’da qilinganni muddatida bajarmaysan.
Sening ovozing chiyillaganligidan bolalarning asabiga tegadi.
Sen ish vaqtida juda ko‘p telefonda gaplashasan.
Nega doim hammaga baqirasan?
Sen umuman xazilni tushunmaysan.
Sen dars berishni umuman bilmaysan.
Sen o‘z kasbiy vazifalaringizni bajarmaysan.
Sen doim ishga kech qolib kelasan.
Muhokama. Trener ishtirokchilardan topshiriqni bajarish qay darajada oson bo‘lganligini, o‘zlari haqida yaxshi bo‘lmagan gaplarni yurakka yaqin oldilarmi-yo‘qmi, so‘raydi. Odatda ishtirokchilar, qo‘pol aytilgan gaplar ularni unchalik ham ta’sirlantirmaganligini, chunki aynan o‘zlariga qarata aytilgan, deya qabul qilmaganliklarini aytadilar. So‘ngra real hayotiy vaziyatlarda ham xuddi shu kabi negativ axbortga konstruktiv javob berish variantlarini ishlaydilar.
“miya tekshiruvi” mashqi
Maqsad: ushbu mashq ishtirokchilarga o'zlarining his-tuyg'ularini tushunish va miyaning o'ng va chap yarim sharlarini integratsiya qilish va muvozanatlash uchun ijodiy tasavvurlaridan foydalanish imkonini beradi.
Ko'rsatma: qisqa stress foydali. U miyani safarbar qiladi, vazifaga tezda e'tibor berishga, musobaqalarda eng yaxshi natijalarni ko'rsatishga, omma oldida nutq so'zlashga yordam beradi. Ammo stress surunkali bo'lib qolsa, ijobiy tomoni haqida gapirishning hojati yo'q. Miya kuchli havotirlar paytida bor kuchi bilan ishlaydi va bu kuchlanish unga qiyinchilik tug'diradi. Keling, miyamizga yordam beradigan mashq bilan tanishaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |