O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish nazariyasi va metodlari
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
O’quvchilarni kasbga yo’naltirishning nazariy asoslari.
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish metodlari.
Ko`rgazmalilik didaktik tamoyillari asosida
Ta’limda o`quv-ishlab chiqarish vositalari
Zamonaviy ta’lim vositalarining turlari va tavsifi
Ta’lim vositalarining rivojlanish istiqbollari
III. Xulosa
IV. Foydalanilgana adabiyotlar
I. Kirish
Kasb-hunarga yo’naltirishdan maqsad o’sib kelayotgan yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdir. Ularni kasb hunarga yo’naltirish orqali, bo’lajak kasbiy qarorlarni shakillantirish, kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun kasb –hunarga yo’naltirish ishlariga mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu tizim orqali har bir o’quvchi shaxsini kasbga yo’naltirishda individual xusuyatlarni ham xalq xo’jaligi manfaatlari nuqtai nazardan mehnat reurslarini to’laqonli ta’minlash zaruratini hisobga olish kerak. Lekin bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarni kasbga yo’naltirishning ilmiy amaliy tizimi yetarlicha ishlab chiqilmagan, ilmiy pedagogic asoslari talab darajasida yaratilmagan. Bundan tashqari hozirgi kun talablari asosidagi tezkor yangiliklar, zamonaviy texnologik o’quv qo’llanmalar, dars ishlanmalari, ko’rgazmali vositalarning kamligi, kasb tanlash mezon va me’yorining belgilanganligi, kasb tanlash bo’yicha tezkor aloqning o’rnatilmaganligi kabi muammolar dolzarb masalardan biridir. Kasb tanlash uchun o’quvchi o’z imkonoyatlarini baxolay olish ko’nikmasiga, ya’ni qiziqishi mos kasblar bo’yicha ma’lumotga ega bo’lishi, bu kasblarning imkoniyatlari, kelajagi haqida axbort va yangiliklardan habrdor bo’lishi zarur.
Yoshlarga ta’lim –tarbiya beruvchi o’qtuvchi, ustoz, murabbiy, ta’lim hodim, mutaxassis, raxbar nafaqat bilimdon, balki eng avvalo, yuksak insoniy sifatlar soxibi bo’lishi lozim. Darhaqiqat o’quvchi yoshlarning fanga qiziqishi yoki kasb-hunar tanlashni, uni o`rnganish, malakali mutaxasis bo`lib yetishishiga talim-tarbiya beruvchilarning ma`lakali mutaxasis bo`lib yetishida ta`lim-tarbiya beruvchilarning ma`naviyasi axloqiy fazilati bilimda maxorati mehnat sevarligi fidoiyligi bir so`z bilan aytganda, ijtimoiy-madaniy komolati muhim ahamatga ega. Shuningdek ularning kasb madaniyati ham alohida o`rin tutadi. Zero mutaxassis hodimning maxoati yoki kasb madanyati qanchalik yuksak bo`lsa, uning faoliyati shunchalik samarali bo`ladi.
Ma`lumki, hamma kasblar uchun bir xilda ta`luqli bo`lgan odob-qoidalar yoki madaniyat mavjud. Masalan, o`qituvchining kasb madaniyati ham o`ziga xos xususiyatlarga ega. Ta`lim-tarbiya beradigan o`qituvchi nafaqat bilimdon, balki tarbiyalangan, ya`ni madaniyatli ham bo`lishi lozim.Demak, mamlakatimizning buyuk kelajakini yaratuvchi yoshlarni tarbiyalovchi mutaxassis xodimlar, eng avvalo, insoniy sifatlar sohibi bo`lishi, kasb madaniyatini mukammal egallashlari lozim.
Pedagog kadrlarni kasb mahoratini oshirishni, kasb madaniyatini yuksaltirishni hayotning o`zi taqozo etmoqda. Buning uchun esa o`quv tarbiya muassalarda o`qituvchining kasb mahorati va kasb madaniyati haqida tez-tez kengash va suhbatlar o`tkazib turish ma`ruzalar o`qish foydadan holi bo`lmaydi. O`qituvchilar zamon talablaridan kelib chiqqan holda o`z faoliyati va bilimlarini nazorat qilish va baholash,xatolarini tahlil qilish, o`ziga o`qituvchilik sifatlarini rivojlantirish, o`z-o`zini qayta tayyorlash va tarbiyalash imkoniyatlariga duch keladi. Hozirgi vaqtda ta`lim-tarbiya ishi nafaqat vatanimiz kelajaki bo`lishi yoshlar hayotida, balki har bir kishi faoliyatida, umuman jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tizimda o`ta ahamiyatlidir. Ta`lim-tarbiyasiz kelajakda o`z samaralarini beruvchi islohat yo`q. Axloq va madaniyatni yuksaltiruvchi vosita ta`lim-tarbiyadir madaniyatsizlik esa illat. Ijtimoiy hayotni takomillashtirish uchun insonning o`zi axloqiy jihatdan komol topishi lozim inson butun hayoti orqali butun umri mobaynida tarbiyalanadi.Inson o’z umrining har bir davri, yani bolalik, o’smirlik, yoshlik, yetuklik, qarilik chog’ida o’ziga xos axloqiy olamga ega bo’ladi. Buni yaxshi tushunmagan kishi turli yoshdagi odamlar bilan muloqat qilishda qiyinchiliklarga duch keladi. Kasb madaniyati yuksak insongina turli yoshdagi kishilar ko’ngliga to’g’ri yo’l topa oladi, samarali yutuqlarga erishadi. Kasb madaniyatining rivojlnishi shaxs va ijod erkinligiga umumiy madaniyatdagi izchillik va an’anaviylikka bog’liq.
Aks holda kasb madaniyati rivojlanmaydi, inqirozga yuz tutadi. Qanchadan qancha madaniyat nomoyondalari ko’plab ijod axli kasb madaniyati yaratish huquqidan ma’lum bo’ladi. Chunki ma’naviy ishlab chiqarish ijod qilish yaraqtish ham mafkuralashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |