Ko`rgazmalilik didaktik tamoyillari asosida
Ta’lim vositalaridan vositalaridan foydalanishda ko`rgazmalilik didaktik tamoyili muhim o`rin tutadi.
Natural (tabiiy) ob’ektlar. Tabiiy ob’ektlarga sirasiga jonli va jonsiz tabiat ob’ektlari kiradi, ta’lim oluvchilar ular bilan mashg´ulotlarda tarqatma yoki namoyish qilinadigan materiallar shaklida tanishadilar. Ko`rgazmalilik - tabiiy ob’ektlarni tanlab olish yoki tabiiy ob’ektlarni o`z ichiga tarkibiy qism qilib kiritgan turli qo`llanmalarni loyihalashga qo`yiladigan asosiy talablardan biri. Shu maqsadda o`rganilayotgan tushunchalarning mazmunini ochib berish uchun kerak bo`lgan ayrim tipik belgilarni aniq ifodalashga yordam beradigan ob’ektlar ajratib olinadi. Natural ob’ektlarning qo`lyozmaligini kuchaytirish uchun turli kodlash usullari qo`llaniladi: rangli, raqamli, harfli. Tabiiy ob’ektlarni o`qitish jarayonida ular bilan ishlash uslublaridan asosiylari kuzatish va tajriba o`tkazish hisoblanadi. Ko`rgazmali qo`llan-malar sifatida ishlatiladigan tabiiy ob’ektlar avvalo uning jihoz va moslamalariga maxsus ishlov berish zarur.
O`quv modellari, mulyajlar, maketlar. Modellar tabiiy ob’ektlarning sun’iy ko`-rinishi bo`lib, ularning muhim sifatlari, aloqalari va munosabatlarini qayta takrorlaydigan o`quv ko`rgazmali qo`llanmalar hisoblanadn. Haqiqiy ob’ekt (mikro va makro ob’ektlar) xususiyatlarini ko`rsatishda shartlilik (ramziylik)ka amal qilinadi, o`lchamni kattalashtirish yoki kengaytirish orqali ob’ekt qurilmasi sxema tarzida aks ettiriladi. Modellarning eng keng tarqalgan tipik turlari bu moddiy (predmet) modellardir. Modellar o`z hajmiga ega yoki tekis modellarga bo`linadi. Ularning oraligida relef jadvallar joylashgan. Hajmga ega modellar tarkibiy qismlarga bo`linishi mumkin. Ha-jmga ega bo`lgan modellar sirasiga mulyaj va maketlar kiradi. Mulyaj (maket)lar moddiy ob’ektlarga aynan o`xshatib yaratilgan qo`llanmalardir.
Mulyaj va maketlar atrof-muhit hodisalarning tashqi belgi va xususiyatlarini o`r-ganishda qo`llaniladi. Modellar o`rganilayotgan ob’ektlarning ichki qurilmasi va hara-katlanish tamoyili, mashina va mexanizmlarning kinematikasini o`rganilayotgan vaziyat-larda boshqa aloqalar va munosabatlar mazmunining ham o`rganilishiga imkoniyat beradi.
Ta’lim oluvchilarga ta’lim etiladigan model va mulyaj (maketlar)lar ham xuddi tabiiy ob’ektlar singari tarqatma qo`llanmalarga bo`linadi. Turli xil modellarni loyihalashtirishda bu turdagi o`qitish vositalarining funktsiya va didaktik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda umumiy pedagogik-ergonomik talablarni ilgari surish mumkin, yani axborotlashgan, o`quv jadvalini faoliyatning aniq usullariga adekvantlik (o`rganish, qabul qilish, plakat, sxema, diagramma, grafik va boshqalar) aniq bir tu-shuncha, ko`nikma va bilimlarni shakllantirishda qo`llaniladigan tekis moddiy o`qitish vositasidir. O`quv jadvali aniq va ko`rgazmali holda o`rganilayotgan ob’ekt haqida ilmiy axborot beradi. Jadvallar turli xil bo`ladi.
Kompozitsion - rasm va fotosuratlar;
Grafikli: (chizma, diagramma, sxema va boshqalar);
Belgili - ramziy formula, harf va so`zlar bilan ifodalanuvchi. So`nggi paytda elektrlashgan jadvallar keng qo`llanilmoqda, yani, stendlar, xavfsizlikka oid texnikalar.
O`qitish vositalari orasida oxirgi paytda eng ko`p qo`llanilayotgan vositalar - bu plakatlardir. Plakatlar - quyidagi talablarga javob berishi shart.
Plakatning mazmuni o`rganilayotgan mavzuga oid bo`lishi; plakatda ifoda etilgan chizma etarli darajada katta va uzoqdan ham ko`ra olish imkonini berishi kerak; plakatdagi ob’ektlar tabiiy holatlarida ko`rsatishi shart; plakatda tasvirlangan chizmalarning qismlari masshtab asosida berilishi kerak; eng e’tiborga loyiq qismlar alohida (boshqa) rang bilan ajratib ko`rsatilishi lozim.
Ekran va ekran - tovushlik o`qitish vositalari
Hozirgi zamonda juda keng tarqalgan o`qitish vositalaridandir. Bu o`qitish vosi-talariga qo`yilgan talablar eng avvalo ularning mavzuga oid, ikkinchidan, sifatli bo`li-shidir.
Diopozitiv (slayd) - bu harakatlanmaydigan o`qitish ekran vositasi. Diopozitiv aks etgan chizma va rasmlar odatda plakatdagidan yaxshi qabul qilinadi.
Diopozitiv bu juda qulay o`qitish vositasi, chunki o`qituvchi yordamida materialning qismini, yoki bir kadrni alohida ko`rsatish mumkin. Har bir kadr to`liq bir informatsiyaga ega. Diofilm ham harakatlanmaydigan ekran vositasidir. Bu qo`llanmalarning uslubiy g´oyasi mualliflarining kadrlar ketma-ketligini taminlanishiga e’tibor berishlaridir. Kadrlarning ketma-ketligi o`zgarsa informatsiyaning qabul qilinishida mazmun buzilishi ro`y beradi. Diafilmlarni qo`llashdagi qiyinchilik - ulardagi axbo-rotning ko`pligi va ularning qabul qilib olish uchun vaqtning etmasligidir. Bu qiyin-chilik darsda diafilmlarning ayrim fragmentlarini (bo`laklarini) ko`rsatish orqali engillashtiriladi.
O`quv binosi yaqindagina eng samarali o`qitish vositasi deb etirof etilgandi. Uning ko`rgazmalikligi quyidagi juda boy didaktik immoniyatlaridan kelib chiqadi; katta hajmli informatsiyaning ixchamlantirilishi, fan va texnika tarixiga sayohat qilish, jarayonni tezlatish yoki sekinlashtirish, nihoyat, uni to`xtatish, modellashtirish, moslama va apparatlarining ichki tuzilishini kuzatish, yangi texnologiyasini boshqarish bilan tanishtirish, fan arboblari faoliyati haqida ma’lumot berish, ilmiy-tekshirish laboratoriyasiga «kirish», turli vazifalarni qo`yish, ularni ijobiy hal etish, hamda qi-yoslash o`quv filmlari yordamida amalga oshar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |