O’quvchilarga masalalarni algebraik va arifmetik usulda yechish qoidalarining o’ziga xos hususiyatlari xurboyev Ziyoiddin



Download 0,49 Mb.
bet2/10
Sana29.12.2021
Hajmi0,49 Mb.
#77631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ziyoiddin Xurboyev.(Ilmiy maqolasi.)

Shavkat MIRZIYOYEV
Matematikaning hayotimizdagi tutgan beqiyos o’rni inobatga olingan holda mazkur fan birinchi sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo’lib, yurtimizda barcha aniq fanlar qatori matematika ta’limini zamon talablari asosida takomillashtirib borish, uni o’qitishda eng so’nggi pedagogik va innovatsion usullar, multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, o’quv fanini akademik bilim berishdan ko’ra ko’proq hayot bilan bog’lash, amaliy misol va masalalarni yechish, o’quvchilarni mustaqil izlanish, o’qib-o’rganishga jalb etishning ahamiyati beqiyos. Dars jarayonida o’quvchi o’zini partaga mixlab qo’yilgandek his etmasligi, aksincha, mashg’ulotlarda katta ishtiyoq, kuchli xohish bilan qatnashishiga erilishi lozim.

2020 yil mamlakatimizda Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e'lon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. Yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi.

Bu borada davlatimiz rahbari O'zbekistonning matematika fani bo'yicha salohiyati dunyo miqyosida tan olinganini, funksional tahlil va differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va algebra yo'nalishlari bo'yicha nufuzli maktablarimiz shakllanib faoliyat yuritayotganini, etti nafar matematik olim Butunjahon fanlar akademiyasi a'zosi ekanini alohida ta'kidladi. Ko'plab хorijiy ilm-fan markazlari, хususan, Bonn, Kembrij, Parij, Seul kabi yirik shaharlardagi etakchi ilm dargohlari bilan birgalikda qo'shma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi matematika ta'limi va fanlarini yanada rivojlantirishga oid qarorining ijrosi doirasida poytaхtimizdagi Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining Matematika instituti uchun zamonaviy talablar asosida yangi bino barpo etilmoqda.

Mutaxasislarning ta’kidlashlaricha, matematikani yaxshi o’zlashtirgan o’quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo’ladi. U nafaqat misol va masalalar yechishda, balki hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish, muhokama va muzokara olib borish, ishlarni bosqichma-bosqich bajarish qobiliyatlarini o’zida shakllantiradi. Shuningdek, matematiklarga xos fikrlash uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo’lgan ishlar, tevarak-atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga olib chiqadi.

Matematik bilimlar nafaqat baxo olish uchun savol-javoblar yoki imtihonlarda, balki uyda, ish jarayonida, sport va san’at bilan shug’ullanishda, savdo-sotiq, oldi-berdi hayotning har bir lahzasida o’quvchiga naf berishini u chuqur anglab yetishi muhim. Buning uchun esa mazkur fan o’qituvchisi o’tayotgan mavzularni bevosita hayot bilan bog’lab, biror misol yoki masala, topshiriqlarni turmushdagi oddiy vaziyatlar yordamida yechishga o’rgatishi zarur.

Qadimdan matnli masalalarni yechishga hurmat bilan qaraganlar. Odamlar juda ko’p zarur amaliy, hayotiy masalalarga javob bera olganlar. «Matematika – aql gimnastikasi» deyilishi bejiz emas, albatta.

Masalani yechish bu – bu masalada bevosita yoki bilvosita mavjud bo’lgan sonlar, miqdorlar, munosabatlar ustida amallarning mantiqan to’g’ri ketme-ketligi orqali masalalarning talabini bajarish ( uning savoliga javob berish ) demakdir. Biz hozirgacha masalalar yechishning ikkita usulini bilamiz: algebraik usul (u allomalarimiz asarlarida “al-jabr val-muqobala” usuli deb atalgan ) va arifmetik usul.




Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish