Mashinaning ip tashlab tikishi. Nina kurt, qiyshiq yoki nomeri to`g`ri tanlanmagan bo`lsa, mashina ip tashlab tikadi. Nina mokiga nisbatan to`g`ri qo`yilmasa xomutik vinti orqali nina cterjenini ko`tarish yoki tushirish kerak. Ninaning uchi moki ilmog`idan 2 sm pastda turishi lozim.Biriktiruvchi zvenolarni mahkamlab qo`yish zarur.
Gazlamaning yomon surilishi. Surgich mexanizmidagi mahkamlovchi vint bo`shab qolsa, surgichning holati o`zgaradi.Yoki surgichni tishchasi singan bo`lsa, gazlama yomon suriladi. Gazlamani tortib tiksa ham baxya har xil uzunlikda tikiladi.
Ninaning sinishi. Nina noto`g`ri o`rnatilsa, tepki bo`shab qolsa, tikishda gazlamani qattiqroq tortib yuborilsa, nina kurt bo`lsa, uning va ipning yo`g`on ingichkaligi gazlamaning qalin yupqaligiga mos bo`lmasa, nina sinadi.
Ustki ipning uzilishi. Ustki ipning tarangligi ko`p bo`lsa, uning yo`g`on ingichkaligi nina va gazlamaga mos kelmasa yoki o`zi sifatsiz bo`lsa, u uziladi. Ip hamma yo`naltirgichlardan ravon o`tishi kerak.
Ostki ipning uzilishi. Ostki ipning uzilishi kamroq bo`ladi. Chunki bu ip kamroq detallarga ishqalanadi va uning sifati saqlanadi.Agar naycha qiyshiq bo`lsa, undan ip tekis chiqmaydi.Shuning uchun ham ip uziladi.Mokidagi ipning yo`nalishi tepadan pastga qaratib o`rnatilmasa ham ip uziladi.
Sifatsiz baxyaqator tikilashi. Chalishayotgan ip tikilayotgan gazlamalar orasida bo`lishi kerak.Iplar gazlamaning ustida yoki tagida bo`sh chalishsa, ipning tarangligini sozlash kerak.
O`tilgan mavzuni “Muammoli vaziyat” metodidan foydalanib mustahkamlash.
“Muammoli vaziyat” texnologiyasini dars jarayonida turli muommolarni hal etishga, ularning kelib chiqish sabablari, tuzatish yo`llarini topishga, o`quvchilarni esa mustaqil izlanishga, fikrlashga, o`z fikrlarini isbotlash va turli vaziyatlardan chiqishga o`rgatadi.
Sinf o`quvchilari kichik guruhlarga bo`linishadi va har bir guruh uchun “Muammoli vaziyat” beriladi. 10 daqiqadan so`ng har bir guruh sardori o`z fikrini ifodalashadi.
Guruh uchun “Muammoli vaziyat”
Guruh uchun “Muammoli vaziyat”
“Muammoli” vaziyat turi
|
“Muammoli” vaziyatning sabablari
|
Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari
|
Gazlamaning yomon surilishi
|
|
|
3-Guruh uchun “Muammoli vaziyat”
“Muammoli” vaziyat turi
|
“Muammoli” vaziyatning sabablari
|
Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari
|
4-Guruh uchun “Muammoli vaziyat”
“Muammoli” vaziyat turi
|
“Muammoli” vaziyatning sabablari
|
Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari
|
Ustki ipning uzilishi
|
|
|
5-Guruh uchun “Muammoli vaziyat”
“Muammoli” vaziyat turi
|
“Muammoli” vaziyatning sabablari
|
Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari
|
Ostki ipning uzilishi.
|
|
|
Guruh uchun “Muammoli vaziyat”niing javobi quyidagicha bo`lib , taqdimotdan so`ng slayd orqali namoyish etiladi. Agar xatolikka yo`l qo`yilgan bo`lsa u bartaraf etiladi.
Darsni yakunlash va baholash: guruhlarning dars davomidagi yig`ilgan ballari o`rganib chiqiladi va besh balli sistema asosida baholanadi.
Uyga vazifa: elektr tikuv mashinasini ishga tayyorlashni o`rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |