O‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida Oqqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabida’’ Ona yurtim maskanalari urf-odatlari , udumlari va qadriyatlar ” mavzusida o‘tkazilgan tadbir
B A Yo N N O M A S I
30.03.2023 yil Xosildor MFY
Rais : Oqqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori U.Xudaynazarova
Qatnashdi: Direktorning barcha o‘rinbosarlari , pedagog xodimlar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari , 210 nafar o‘quvchi yoshlar.
K U N T A R T I B I :
1.Yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarni o‘rni va urf-odatlar
hamda an’analarni shakllantirish.
So‘zga chiqdi ; Kabs-hunar maktabi direktori tadbirni ochib berarkan, o‘z so‘zlarida quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi. Xalqimizning asrlar davomida yaratgan oltin xazinasi –milliy urf odatlarimizni qayta tiklash va yoshlar ongiga singdirish bugungi kunning asosiy masalalariga aylangan .O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan boshlab, milliy - diniy qadriyatlarimiz xalqqa qaytgan bir davrda milliy urf –odatlarimizning tiklanishi istiqlolimizning buyuk ne’matidir, chunki milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz negizidir. Har bir millat o‘zining tili, urf-odati, an’anasi, madaniyati, tarixi bilan millat hisoblanadi.Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni milliy tariximiz ko‘zgusi bo‘lgan qadriyat va an’analarga xurmat ruhini , yoshlar qalbini milliy va oilaviy qadriyatlarni ardoqlash hamda yoshlarning kiyinish madaniyatini shakllantirish , shu bilan birga turli xil salbiy xolatlardan asrash, yoshlarimizni ma’naviyatli insonlar qilib tarbiyalash maqsadida o‘tkazilayotganini takidlab davrani ochib berdi.
Rasm qo‘yiladi.
Tadbir albatta tabiat qo‘ynida sayl shaklida o‘tkazildi . Bunda o‘quvchilar tomonida milliy taomlarimiz bo‘lgan ’’ ko‘k somsa va ko‘k chuchvara ’’, ’’ qatlama’’, ’’ qozon patir ’’ va milliy taomlarimizdan hisoblangan ’’osh ’’ damlandi. Qolversa yigitlar o‘rtasida arqon tortish va kurash milliy musobaqalari o‘tkazildi. O‘quvchi qizlarimiz tomonidan laparlar, aytishuvlar va milliy raqslar, kuy qo‘shiqlar ijro etildi. Har bir xalqning o‘ziga yarasha urf odatlari bo‘ladi.Bu odatlar mazkur xalqning millati, dini, milliyligi, madaniyati va ilm –ma’rifatidan habar beradi. Shuning uchun ham turli xalqlarning urflari har xildir. Shu jumladan o‘quvchi qizlarimiz ishtirokida urf odatlarimizga suyangan holda ’’ kelin salom ’’ kabi chiqishlri ijro etildi. O‘zbek milliy taomlarining ya’ni palov, manti va boshqa taomlarning tayyorlanishi bir qancha Osiyo davlatlarida tayyorlanadigan taomlarga o‘xshash . Ammo, O‘zbekistonda ushbu taomlarni tayyorlashda o‘zining alohida xususiyatlariga ega. Shu jumladan mazkur ta’lim muassasasining o‘quvchi yoshlari , ta’lim berib kelayotgan pedagog ishlab chiqarish ta’limi ustalri ishtirokida milliy taomlar tayyorlash musobaqalari o‘tkazildi. Bundan kelib chiqib, biz yoshlarimizni qay darajada pazandalik qobiliyatiga ega ekanligini bir bora guvohi bo‘ldik.
Q A R O R Q I L A D I.
Yoshlar o‘rtasida ma’naviy va madaniy me’rosimizga, milliy qadriyatimiz, urf – odatlarimizga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaytirilsin .
Oqqo‘rg‘on tuman 2-son
khm direktori : U.I.Xudaynazarova .
Kotiba D.Qosimova.
Do'stlaringiz bilan baham: |